Respublika Baxshichilik San'ati Markazi
892 subscribers
5.62K photos
2.26K videos
129 files
4.18K links
🇺🇿Respublika Baxshichilik san'ati markazining Rasmiy Telegram sahifasi

🇷🇺Официальный телеграм канал Республиканского центра искусства бахши

🇺🇸Official telegram channel of the Republican center of bakhshi art

Matbuot xizmati +998915887765
加入频道
💫⚡️Joriy yilning 7-fevral kuni Qashqadaryo viloyatida Respublika baxshichilik san’ati markazi va Qarshi shahar 1-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi hamkorligida "Bobosher baxshi Mengliyev"ning ustoz-shogird an’analari asosida doston kechasi va ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

🔥⭐️Tadbir davomida maktab jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etishdi. Baxshichilik sinfi o‘quvchilari bilan ochiq dars o‘tkazilib, baxshichilik san’atining sir-asrorlari yosh avlodga yetkazildi. Shuningdek, taniqli baxshilar – Qahhor Rahimov, Baxrom Rahimov, Abdimurod Rahimov, Mahmatmurod Rajabov, Boyqo‘chqor Ahmedov va Ziyodulla Ahmedovlar dostonlardan parchalar ijro etib, tadbirga alohida fayz bag‘ishladilar.

⚡️⚡️Mazkur uchrashuv baxshichilik an’analarining bardavomligini ta’minlash, yosh iste’dodlarni rag‘batlantirish va xalq og‘zaki ijodini keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

RBSM matbuot xizmati:
bakhshi.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⭐️⭐️⭐️Bugun O'zbekiston xalq baxshisi Safar Shaydilovning tavallud topgan kuni.

⚡️Sizning dostonchilik va baxshichilik an’analarini davom ettirish, yosh avlodga bu san’at sir-asrorlarini oʻrgatishdagi fidokorona mehnatingiz alohida tahsinga loyiq. Ustozning ovozi bilan yangragan dostonlar ko‘plab yuraklarni larzaga solib, milliy madaniyatimiz xazinasiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi. Uning ijodi nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalq ogʻzaki ijodini qadrlovchi har bir yurtda yuksak baholangan.

🌟💥Respublika baxshichilik san’ati markazi jamoasi nomidan Safar Shaydilov ustozimizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, bardavom ijod va shogirdlarining e’tibori va e’zozini tilaymiz! Siz yaratgan dostonlar va yuksak san’atingiz bardavom bo‘lsin, ovozingiz doimo jaranglasin!

RBSM matbuot xizmati:
bakhshi.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qahhor baxshi Rahimov:"... davradan haydamasa, shu bizning baxtimiz" Ma'naviyat ko'zgusi

RBSM matbuot xizmati:
bakhshi.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💥⚡️Bugun O'zbekiston xalq baxshisi Ochil Chorshanbiyevning tavallud topgan kuni!

Sizning boy ijodingiz, dostonchilik san'atiga qo'shgan bebaho hissangiz, baxshichilik maktabini rivojlantirish borasidagi fidokorona mehnatingiz milliy madaniyatimiz ravnaqida muhim o'rin tutadi. Dostonlarimizning o‘ziga xos ohangi, xalqona ruhi va ibratomuz mazmunini yosh avlodga yetkazishdagi xizmatlaringiz tahsinga sazovor.

💫Ushbu quvonchli kunda Sizga mustahkam sogʻliq, bardavom ijod, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Doimo dostonlaringiz yangrasin, sanʼatingiz shogirdlaringizga ilhom bersin! Baxshichilik sanʼati rivojiga qoʻshayotgan hissangiz bardavom boʻlsin!

Hurmat va ehtirom ila,
Respublika baxshichilik sanʼati markazi jamoasi

RBSM matbuot xizmati:
bakhshi.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM