O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.48K subscribers
21.9K photos
2.4K videos
157 files
4.2K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#tashrif

O'zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Farg’onaga safarining ikkinchi kunida Badiiy akademiya tasarrufidagi Qo'qon ixtisoslashtirilgan san'at maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Qo'qon ISMdagi o'quv jarayonlari, tasviriy va amaliy san'at bo'limi o'quvchilarining diplom ishlari bilan tanishdi, bu borada o’z fikr-mulohazalarini bildirdi, tavsiyalar berdi.
DIQQAT, IJODIY TANLOV!!!

Miniatyura va xalq amaliy sanʼati (miniatyura sanʼati bilan uyg‘unlashgan sohalari) yo‘nalishidagi yosh ijodkorlarning milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yorqin sanʼat asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari ijodiy tanlovi eʼlon qilinadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
НИЗОМ.pdf
723.5 KB
“Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari “Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari Respublika ijodiy tanlovi NIZOMI
АНКЕТА.pdf
47.6 KB
“Kamoliddin Behzod izdoshlari” miniatyura va xalq amaliy sanʼati asarlari Respublika ijodiy tanlovi ARIZA-ANKETASI
#выставка

Сегодня в Международном караван-сарае культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана состоялось открытие уникальной выставки творческих работ студентов Национального института художеств и дизайна имени Камолиддина Бехзода.
#kõrgazma

Bugun, 9-fevral kuni Markaziy koʼrgazmalar zalida rassomlar Аleksandr Batikov va Valeriy Kuznetsovlarning shaxsiy yubiley koʼrgazmasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yil V.Kuznetsov 65 yoshga toʼldi, А.Batikov 85 yoshni qarshi oldi.

Ushbu koʼrgazmada А.Batikovning nafaqat rangtasvir asarlari, balki akvarelda ishlangan sayohat qoralamalari, zamondoshlar portretlari, shuningdek, spektakllar uchun yaratilgan sahna maketlari va libos eskizlari ham taqdim etilgan. Koʼp yillik ijodiy faoliyati davomida rassom teatrdagi doimiy ishidan tashqari, har yili plenerlarga chiqadi va u yerda oʼzgacha ilhomlanib, goʼzal asarlar yaratadi.

Valeriy Kuznetsov turli uslublar – kubizm, abstraktsionizm va boshqa yoʼnalishlarda eksperimentlar qilib ijodiy faoliyat yuritib kelmoqda.

Ekspozitsiyada ikki rassomning 300 dan ortiq rangtasvir va grafika asarlari oʼrin olgan.

Ko‘rgazma shu yilning 23-fevraliga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website