O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.46K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#taqdimot

Bugun,11-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi anjumanlar zalida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab- internatlari uchun 2022-2023-yillarda chop etilgan dastlabki o‘quv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar - Maktabgacha  va maktab taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi soha mutaxassislari, o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda jonbozlik ko‘rsatgan mualliflar va nashriyot xodimlari, mutasaddilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4688-son qarori badiiy taʼlim yo‘nalishida tub o‘zgarishlarga huquqiy asos bo‘ldi.

Zero, davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yildagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab internatlarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari o‘quv metodik qo‘llanmalar, katalog-albomlar va materiallarni tayyorlash hamda chop etish reja jadvali”ga muvofiq 2026-yilga qadar 144 nomda o‘quv adabiyotlarni yaratish va chop etish ro‘yxati tasdiqlanib, jarayonga kirishildi.

Ushbu amaliyotning muhim jihati shundaki, O‘zbekistonda tasviriy sanʼatga ixtisoslashgan maktablar uchun badiiy taʼlim yo‘nalishida birinchi marotaba mutaxassislik fanlaridan o‘quv adabiyotlari chop etila boshlandi.

Shu bois, mualliflar tarkibiga tajribali soha mutaxassislari va o‘qituvchilar bilan birga iqtidorli yosh o‘qituvchilar ham jalb qilindi.

Reja bo‘yicha mualliflar tomonidan 2022-yil uchun dastlab 17 nomdagi o‘quv qo‘llanmalar qo‘lyozmalari tayyorlanib, chop etish maqsadida tender tanloviga havola etildi.

Ulardan 4 nomdagisi “LESSONPRESS”, 13 nomdagisi “ART VERNISSAGE”  nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlandi.
O‘quv-qo‘llanmalar.pdf
177.6 KB
Nashriyotlar tomonidan chop etilgan o‘quv-qo‘llanmalar.
Tadbirda o‘quv adabiyotlari mualliflarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Badiiy akademiya tizimidagi hududiy taʼlim muassasalari rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida  mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari o‘quv metodik qo‘llanmalar muallif va nashriyot xodimlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplom va  tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
#ko'rgazma

ANONS!!!

2023-yil 12-may kuni soat 17:00
da O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida Hakim Turdiyev studiyasining "Qizg'inlik" nomli ko'rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

🌐Lokatsiya
#ko'rgazma

ANONS!!!

Joriy yil 12-may kuni soat 19:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida Ronald Klyayerning “O‘zbekiston xalqining 1000 ta portret asarlar turkumi” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

🌐Lokatsiya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun
#10may #madaniyat

Ҳайдар Алиев таваллудининг 100 йиллигига бағишланган фотокўргазма
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Poytaxt» informatsion dasturi
#10may #toshkent

Ҳайдар Алиев таваллудининг 100 йиллигига бағишланган фотокўргазма
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Информационная программа «Poytaxt»
#10may #toshkent

Мероприятия, посвящённые 100-летию со дня рождения Гейдара Алиева
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tasviriy sanʼatga ixtisoslashgan maktablar uchun yangi avlod darsliklari taqdimoti bo’lib o’tdi.
Халқаро ҳамкорлик

Ўзбекистон Бадиий академиясининг Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи ҳамда Япониянинг Аичи санъат университети ўртасида 2019 йил 25 февралда қадимий қоғоз ва миниатюра санъати ҳамда "Замонавий қўлда тайёрланадиган қоғознинг маданий ва бадиий аҳамияти тадқиқи"( Япония, Жанубий Корея, Хитой, Ўзбекистон)”- " The research for the culture of contemporary hand- made paper and artistic expression" номли илмий - амалий лойиҳаси бўйича илмий-тадқиқот лойиҳаларини амалга ошириш мақсадида ҳамкорлик Меморандуми имзоланган эди.

Ушбу Меморандумга асосан бугун,12 май куни Аичи санъат университетининг реставрация ва қоғоз таркибини текшириш лабораторияси бош мутахассиси Охянажи Ёичи ва Япониянинг нуфузли “Nikkei shinbun“ газетаси мухбири Сакаи Ко Шарқ миниатюра санъати музейига ташриф буюришди.

Мулоқотда лойиҳа доирасида амалга ошириладиган ишлар бўйича фикр алмашилди. Шундан сўнг меҳмонлар музейдаги қўлда қоғоз тайёрлаш устахонаси фаолияти билан таништирилди.