O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.46K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#korgazma

30-may kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida grafik rassom Aleksey Dmitriyevning rus adiblari - Aleksandr Pushkin, Ivan Krilov va Pavel Bajov asarlari asosida yaratilgan "Katta kitoblar" nomli ko‘rgazmasi ochildi.

Mazkur rus adiblarining asarlari rassom tomonidan professional illyustratsiyalar bilan boyitilgan. Shuning uchun kitoblar nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham faol suhbatdoshga aylanadi.

A.Dmitriyev har bir adib asari uchun individual hikoya tilini topa olgan. Ivan Kirlovning masallari uchun qo‘llangan och jigarrang va qora ranglar masalnavisning adabiy uslubini aks ettiradi. Aleksandr Pushkinning "Ruslan va Lyudmila" ertagi uchun illyustratsiyalar ko‘p qatlamli bo‘lib, nafaqat syujetni, balki voqealar muhiti va ranglarni akvarel palitrasi bilan to‘ldirilgan.

Ko‘rgazma 17-iyunga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bugun"
#30may #madaniyat

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Dinara Babayeva ijodiy ustaxonasining loyihasi doirasida “Quyoshdan rang olib” nomli ko`rgazma ochildi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT‼️

Joriy yil oktyabr oyida poytaxtimizda 10-Toshkent xalqaro zamonaviy san'at biennalesi bo'lib o'tadi.

2001-yildan buyon har ikki yilda bir marta davlatimizning faol koʻmagida oʻtkazilayotgan mazkur biennale tasviriy san’at sohasida madaniy almashinuv, turli mamlakatlar zamonaviy ijodiy salohiyati bilan tanishish, zamonaviy san’atning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun ochiq maydondir.

Bu yilgi Biennale mavzusi “San’at va dunyo” deb nomlandi.
_______________

В октябре этого года в столице пройдет 10-я Ташкентская международная биеннале современного искусства.

Международная биеннале современного искусства проводится раз в два года при активной государственной поддержке, начиная с 2001 года. Она служит открытой площадкой для культурного обмена в области современного искусства, знакомства с современным творческим потенциалом разных стран, обсуждения актуальных проблем в сфере.

Тема Биеннале в 2024 году определена как "Искусство и мир".

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi jamoasi aziz bolajonlarni 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaydi!

Tinch-osuda yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi ota-onasi bag‘rida, jism-u joni salomat bo‘lib ulg‘ayishini tilaymiz.

Quvnoq ovozingiz, beg‘ubor kulgingiz har doim yangrab tursin, aziz bolajonlar!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Ofarin” mukofoti sovrindori, fotojurnalist Ravil Albekovning "Baxtli bolalik" nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasiga taklif etamiz.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 4-iyun kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Assalom,O‘zbekiston!"
#3iyun

Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Dinara Babayeva ijodiy ustaxonasining loyihasi doirasida “Quyoshdan rang olib” nomli ko`rgazma bo'lib o'tmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 1-2-iyun kunlari O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, taniqli kulol-rassom Ashurmuhammad Mamasoliyev shogirdi B.Abdukaxorov bilan birga ustoz-shogird anʼanasida jajji bolajonlarga mahorat darsi o‘tishdi.

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumani NEXT majmuasida tashkil qilingan mahorat darslarida bolajonlarga rassomchilik, badiiy kulolchilik va mayda plastika yo‘nalishlarida saboq berildi.

Unda turli viloyatlarimiz hamda Rossiya, Qozog‘iston, Hindistondan kelgan bolajonlar, yoshlar qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website