O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.48K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

“Amalga oshirilgan ishlar salmoqli, istiqboldagi rejalar yanada ko‘lamli”


O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik,Koreya Respublikasining Kemyong universiteti faxriy doktori, professori  Akmal Nur va Kemyong oliygohi prezidenti Synn Ilhi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik aloqalari to‘g‘risida fikr almashildi.

Janubiy Koreyaning yetakchi xususiy oliygohlaridan biri bo‘lgan  Kemyong universiteti 1899 yilda Tegu shahrida tashkil etilgan, 32 ta bakalavriat va 13 ta magistratura fakultetlari, 34 ta ixtisoslashgan, shu jumladan, badiiy ijod bo‘yicha institutlari bor.

Kemyong — dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Kemyong universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji o‘rtasida ham hamkorlik bitimi imzolangan.

Joriy yilda esa hamkorlikda “San’at va madaniyat” mavzusida o‘zbek va koreys musavvir talaba yoshlari o‘rtasida birinchi ijodiy tanlov o‘tkazilib, "Akademiya" galereyasida ushbu tanlov ko‘rgazmasi tashkil qilindi, g‘oliblar an'anaviy Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali doirasida taqdirlandi.

Har ikki muassasaning loyihalarida ishtirokchilar soni ortib borayapti.

Shulardan kelib chiqqanda, o‘tgan davrda birgalikda qo‘l urilgan ishlar salmoqli ekani muloqotda etirof etildi, istiqbolda hamkorlik ko‘lamdor bo‘lishi ta'kidlandi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek rassomlari xayriya ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

😄 Turkiyaning Izmir shahrida shu kunlarda "Umid ranglari" deb nomlangan xalqaro xayriya badiiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

😄Turkiyaning Izmir savdo uyida By Pablo Gallery galereyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu ko‘rgazmada Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistondan 14 nafar taniqli rassomlar ijodiy ishlari taqdim etildi.

😄Ko‘rgazmada yurtimizdan O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur hamda iqtidorli rassom Sardor Allabergenov ishlari ham o‘rin oldi.

😄Insonparvarlik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan ushbu xayriya tadbirida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Sardor Allabergenov ishtirok etayapti.

😄Ahamiyatlisi shundaki, ko‘rgazmadagi asarlar namoyishi va sotuvidan tushgan mablag‘ning katta qismi leykemiyadan aziyat chekayotgan, moddiy yordamga muhtoj bolajonlarni davolashga yo‘naltiriladi.

😄Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi tasviriy sanʼatning insonparvarlik kuchini ko‘rsatishdan iborat.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Mening armiyam – mening faxrim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

😄 Batafsil

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O’rol Tansiqboyev hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlab davra suhbati hamda mahorat darsi tashkil etildi.

😄 Batafsil


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korgazma

😄 Bugun Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi - O‘zA fotomuxbirlarining “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” nomli fotoko‘rgazmasi ochildi.

Batafsil


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😄Eʼzozaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san‘at maktab-internatining Rassomlik bo‘limi, "Dastgohli rang tasvir" yo‘nalishi 8-“a” sinf o‘quvchisi Eʼzoza Isroilova poytaxtimizdagi 13- sonli bolalar musiqa va san‘at maktabida “Tasavvur” deb nomlangan ilk shaxsiy ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢 O‘qituvchi Sobirjon Komilov “Kuzgi manzaralar” nomli shaxsiy ko’rgazmasini taqdim etdi.

🟢 Batafsil


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, fotorassom Zafar Ro'ziqulov bag'rikenglik turkumida "Ko'chamizda oydin tunlar" nomli fotoasarlar to'plamini yaratdi.

🟢 Ushbu fotoasarlarni to'liq holda Toshkent fotosuratlar uyida, ijodkorning shaxsiy fotoko'rgazmasida namoyish qilish rejalashtirilgan.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari

🇺🇿🇰🇷

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurning Janubiy Koreyaga  xizmat safari davom etayapti.

➡️Rais Akmal Nur Tegu shahridagi nufuzli sanʼat muassasalariga ham taklif etilmoqda.

➡️Badiiy akademiya raisi Tegu sanʼat muzeyi rahbariyatining taklifiga muvofiq ushbu muassasaga tashrif buyurdi.

➡️Muzey direktori, janob Noh Jung-ki o‘zaro muloqotda mehmonga dastlab Tegu sanʼat muzeyi faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdi.

➡️Tegu shahriga qarashli bo‘lgan ushbu muzey 2011 yilda faoliyat boshlagan.

➡️ Direktor janob Noh Jung-ki ta'kidlashicha, muzey nafaqat koreys rassomlari ko‘rgazmalari, balki zamonaviy sanʼatda kechayotgan jarayonlar, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini tadqiq etish, qolaversa, jahon tasviriy sanʼati namoyondalari ijodini aks ettiruvchi loyihalar, akademik dasturlar hamda boshqa turli tadbirlar namoyish qiluvchi maydon sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
 
➡️Suhbat davomida Tegu sanʼat muzeyi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida madaniy almashinuv loyihalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

➡️Samimiy ruhdagi muloqot va fikr almashinuvlardan so‘ng, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Tegu sanʼat muzeyi zallarida namoyish qilinayotgan ko‘rgazmalar bilan tanishtirildi, koreys rassomlari ijodi to‘g‘risida bafurja maʼlumot berildi.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM