#matbuot_anjumani
🌐 Matbuot anjumanida so‘z olgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari F.Tashmuxamedov "Toshkent quvonchlari" xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo bolalariga ham quvonch bag‘ishlashini taʼkidladi.
🌐 - Xalqaro tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad – bolalarning tasviriy sanʼatga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni izlab topish va rag‘batlantirish, O‘zbekiston bolalarini dunyodagi tengdoshlari, shuning barobarida, jahon bolalarini o‘zbek tengqurlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ular o‘rtasida ijodiy muloqotni kuchaytirish, do‘stligini yanada mustahkamlashdan iborat. Mazkur biyennale kelajak egalarining intellektual salohiyati, tasavvur doirasini kengaytirish, umumjahon insoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilish bilan ham ahamiyatlidir, - dedi o‘z so‘zida rais o‘rinbosari.
🌐 Badiiy akademiya tashabbusi, Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida tashkil qilib kelinayotgan ushbu biyennalega qiziqish katta.Matbuot anjumanida biyennale direktori F.Usmonov xalqaro tadbirga kelib tushgan ijodiy ishlar haqida ommaviy axborot vositalariga batafsil maʼlumot berib o‘tdi.
🌐 -“Toshkent quvonchlari"ning yubiley 10-tadbiriga 24 ta xorijiy davlatdan 1000 ga yaqin ijodiy ish qabul qilindi. Biyennalega qizqish bildirib, asar yuborgan Italiya, Fransiya, Tailand, Yaponiya, Malayziya, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston qatorida ilk bor Meksika va Afg‘onistonni ham ko‘rish mumkin. Respublikamizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 2000 dan ortiq ijodiy ishlar biennaleda taidim etilmoqda, - dedi anjuman direktori F.Usmonov.
🌐 Tadbirda “Toshkent quvonchlari” g‘oliblarini mukofotlash uchun bitta Gran–Pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari va 30 dona esdalik tangalari ajratilishi, barcha ishtirokchilarga sertifikat taqdim etilishi maʼlum qilindi.
🌐 "Toshkent quvonchlari" 10- xalqaro bolalar rasmlari biyennalesining tantanali ochilishi marosimi 23-dekabr kuni soat 15:00 da Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida bo‘lib o‘tadi.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#anons
#korgazma
✅ Barchani O‘zbekiston Milliy axborot agentligi fotomuxbirlari олган fotosuratlardan iborat "Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari" nomli fotoko‘rgazmaga taklif etamiz.
✅ Ko‘rgazmaning ochilish marosimi 19-dekabr kuni soat 15:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
#korgazma
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xizmat_safari
🇺🇿 🇰🇷
“Amalga oshirilgan ishlar salmoqli, istiqboldagi rejalar yanada ko‘lamli”
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi, akademik,Koreya Respublikasining Kemyong universiteti faxriy doktori, professori Akmal Nur va Kemyong oliygohi prezidenti Synn Ilhi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda hamkorlik aloqalari to‘g‘risida fikr almashildi.
Janubiy Koreyaning yetakchi xususiy oliygohlaridan biri bo‘lgan Kemyong universiteti 1899 yilda Tegu shahrida tashkil etilgan, 32 ta bakalavriat va 13 ta magistratura fakultetlari, 34 ta ixtisoslashgan, shu jumladan, badiiy ijod bo‘yicha institutlari bor.
Kemyong — dunyoning ko‘plab davlatlari qatorida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bilan taʼlim sohasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy taʼlim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazi va Kemyong universiteti huzuridagi Tasviriy sanʼat kolleji o‘rtasida ham hamkorlik bitimi imzolangan.
Joriy yilda esa hamkorlikda “San’at va madaniyat” mavzusida o‘zbek va koreys musavvir talaba yoshlari o‘rtasida birinchi ijodiy tanlov o‘tkazilib, "Akademiya" galereyasida ushbu tanlov ko‘rgazmasi tashkil qilindi, g‘oliblar an'anaviy Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivali doirasida taqdirlandi.
Har ikki muassasaning loyihalarida ishtirokchilar soni ortib borayapti.
Shulardan kelib chiqqanda, o‘tgan davrda birgalikda qo‘l urilgan ishlar salmoqli ekani muloqotda etirof etildi, istiqbolda hamkorlik ko‘lamdor bo‘lishi ta'kidlandi.

O‘zbek rassomlari xayriya ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
😄 Turkiyaning Izmir shahrida shu kunlarda "Umid ranglari" deb nomlangan xalqaro xayriya badiiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
😄 Turkiyaning Izmir savdo uyida By Pablo Gallery galereyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu ko‘rgazmada Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistondan 14 nafar taniqli rassomlar ijodiy ishlari taqdim etildi.
😄 Ko‘rgazmada yurtimizdan O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nur hamda iqtidorli rassom Sardor Allabergenov ishlari ham o‘rin oldi.
😄 Insonparvarlik tuyg‘ulari bilan yo‘g‘rilgan ushbu xayriya tadbirida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi Sardor Allabergenov ishtirok etayapti.
😄 Ahamiyatlisi shundaki, ko‘rgazmadagi asarlar namoyishi va sotuvidan tushgan mablag‘ning katta qismi leykemiyadan aziyat chekayotgan, moddiy yordamga muhtoj bolajonlarni davolashga yo‘naltiriladi.
😄 Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi tasviriy sanʼatning insonparvarlik kuchini ko‘rsatishdan iborat.
📝 Telegram |📝 Facebook | 💻 Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM