O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.47K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

🔊BMT Bosh assambleyasi tomonidan 16-noyabr - Xalqaro bag‘rikenglik kuni, deb eʼlon qilingani munosabati bilan yurtimizda 11-16 noyabr kunlari Bag‘rikenglik haftaligi o‘tkazilmoqda.

🔊 Haftalik doirasida bugun,12-noyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotoko‘rgazma ochildi. Mazkur ko‘rgazma Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

💠 Ko‘rgazmadan maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka namoyish etish, shu qadriyatlarni saqlab, rivojlantirishdan iborat. 

💠 Yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjixatlik, diniy bag‘rikenglik masalalari davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

💠 Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Diniy tashkilotlar emin-erkin faoliyat yuritib kelayapti.

💠 Ular umumiy uyimiz – O‘zbekiston ravnaqi,xalqaro maydondagi obro‘-eʼtibori yuksalishi yo‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. turli millatga mansub yurtdoshlarimiz ham samarali mehnat qilmoqda va bu tinchligimiz va bag‘rikengligimiz ko‘rgazmamizda aks ettirilgan dedi.

💠 Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 60 dan ziyod fotoasarlar tomoshabinga yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik, turli millatga mansub yurtdoshlarimizning samarali mehnati haqida so‘zlaydi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdimot

Bugun, 12-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida O‘zbekiston xalq rassomi  Muxitdin Raximov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan  “O‘zbekiston badiiy kulolchiligi” nomli kitob (o‘zbek va rus tillarida)  hamda “Muxitdin Raximov” nomli hujjatli film (ssenariy muallifi Elmira Axmedova, rejissyor Bahodir Zokirov) taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

🟢Taqdimot marosimini san'atshunos Elmira Axmedova olib bordi.

🟢Ta'kidlanganidek, Muxitdin Raximov - o‘zining betakror ilmiy va ijodiy merosi, ijtimoiy faoliyati bilan mamlakatimizda amaliy sanʼat sohasini rivojlantirishga hamda Toshkent kulolchilik maktabining qayta tiklanishiga ulkan hissa qo‘shgan kulol, olim-tadqiqotchi hisoblanadi.

🟢Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston tasviriy va amaliy sanʼat ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat qilgan soha namoyondalarining boy ijodiy merosini xalqimizga to‘la yetkazish, atoqli rassom va xalq ustalari  xotirasini abadiylashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

🟢Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq 2023-yilda Muxitdin Raximov tavalludining 120 yilligi keng nishonlandi, uning yurtimiz amaliy sanʼati rivojiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlab ko‘rgazma va Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. M.Rahimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bugungi kitob va film taqdimot marosimi ham shu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatli.

🟢 O‘zbekiston kulolchiligining yirik namoyondasi M.Raximovning hayot yo‘li va ijodi haqida so‘z borar ekan, u kulolchilikning yurtimizda mavjud bo‘lgan turli maktablari tarixi va anʼanalarini o‘rganibgina qolmay, maktablarning unutilayozgan shakl va usullari, bezaklarni o‘z ijodida qayta jonlantirgani qayd etiladi. Kulol Raximovlar sulolasi 200 yillik tarixga ega bo‘lib, Muxitdin Raximov sulolaning to‘rtinchi avlod vakili hisoblanadi.

🟢 Badiiy akademiya rahbariyati, akademik rassom-ustalar, sulola vakillari, shogirdlar, san'at ixlosmandlari ishtirok etgan tadbirda M.Raximov ijodi, qoldirgan boy merosi haqida fikr-mulohazlar bildirildi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida "Sharq kitobat san'ati: tarix va bugun" deb nomlangan yangi ekspozitsiya ochildi.

💠 Bu haqda "O‘zbekiston" radiokanalining "Yetti rang" eshittirishida.


📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM