O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.47K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Bugun"
#17may #madaniyat

Samarqand shahrida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, usta-kulol Sharif Azimov ijodining 50 yilligi munosabati bilan "Afrosiyob sadolari" nomli kulolchilik asarlari ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kulolchilik sohasidagi yutuqlar va uning istiqbollari
#18may #uzbekiston24

Samarqand badiiy kulolchilik maktabi vakilaridan biri, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, usta-kulol Sharif Azimov ko‘rgazmasi ochildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#anons
#korgazma

Joriy yilning 18-24 may kunlari Korea Respublikasi Tegu shahri Chungu tumani meri Xa Yu Kyu boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi munosobati bilan poytaxtimizda Janubiy Koreya rassomlari ko‘rgazmasi tashkil qilinadi.

Janubiy Koreya rassomlari ko‘rgazmasining ochilish marosimi 20-may kuni soat 11:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
ANONS!

An'anaviy "KO'ZMUNCHOQ-2024" nomli bolalar rasmlari ko'rik-tanlovi

2024 yilning 20 may kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta ko’rgazmalar zalida an'anaviy "KO'ZMUNCHOQ-2024" nomli bolalar rasmlari ko'rik-tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kirish bepul.

🗺Manzil
: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

****

АНОНС!

Традиционна
я выставка-конкурс детского рисунка "КУЗМУНЧОК-2024"

20 мая 2024 года в 14:00
в большом выставочном зале Международного караван-сарая культуры Икуо Хираямы Академии художеств Узбекистана, состоится церемония открытия традиционной выставки-конкурса детского рисунка "КУЗМУНЧОК-2024".

Вход свободный.

🗺Адрес:
г. Ташкент, ул. Юсуф Хос Ходжиба, 37 "А".

🌍 Website Facebook Telegram
20 май, душанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:


Мавзу: Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи томонидан миллий меросимизни тарғиб этиш борасида олиб борилаётган амалий ишлар ва истиқболдаги режалар.

❇️Вақти:
14:00

❇️Иштирок
этади: Гулабза Қаршиева, Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи директори.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi taklifiga muvofiq Koreya Respublikasiga xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun, 20-may kuni Kemyong universitetida mazkur oliygoh tashkil topganining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur maʼruza qildi. Notiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kemyong universiteti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalariga to‘xtalib o‘tdi va Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari hamda universiteti jamoasini 125 yillik yubileyi bilan tabrikladi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi hamda Kemyong universiteti prezidenti Synn Ilhi janoblari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Bundan 7 yil muqaddam o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qatʼiy intilish belgisi sifatida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur tomonidan Kemyong universiteti bog‘ida daraxt ekilgan edi.

Kemyong universitetining 125 yilligi tantanasi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda Qirg‘izistondan kelgan mehmonlar ishtirokida do‘stlik va hamjihatlik ramzi bo‘lgan ushbu daraxt sug‘orildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
#tashrif

Janubiy Koreyaning kattaligi jihatdan uchinchi o‘rinda turuvchi Tegu shahrida joylashgan, 1899 yilda asos solingan Kemyong universitetida 68 yo‘nalishda saboq berilmoqda. Oliygohda 18 ta, jumladan, rassomlik fakulteti ham mavjud. Kemyong sohada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan ham izchil hamkorlik qilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi tashrifi doirasida Kemyong tarkibidagi Keisung xususiy оliy maktabи (Keisung High School)da ham bo‘ldi, taʼlim jarayoni bilan tanishdi. Mazkur oliy maktab 1906 yilda James E. Adams g‘oyasi bilan tashkil qilingan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website
Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи томонидан миллий меросимизни тарғиб этиш борасида олиб борилаётган амалий ишлар ва истиқболдаги режалар

АОКАда Камолиддин Беҳзод номидаги Шарқ миниатюра санъати музейи директори Гулабза Қаршиева иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк