Bugun, 27-mart kuni Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi va “Hunarmand” uyushmasining faxriy aʼzosi, xattot Salimjon Badalboyev ijodiy faoliyatining 50 yilligi va pedagoglik faoliyatining 35 yilligiga bag‘ishlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.
Ko‘rgazmada asosan, qog‘oz, charm, mato, chinni, kulolchilik kabi materiallarga siyoh yordamida ishlangan 100 ga yaqin xattotlik sanʼati namunalari o‘rin olgan.
Qadimiy arab xattotligi sanʼatini asrab-avaylashda S.Badalboyevning xizmatlari katta. Xattotlik bo‘yicha qator kitoblar va darsliklar muallifi.
S. Badalboyev arab xattotligining ekzotik gullar tasvirlaridan keng foydalanishni nazarda tutuvchi “Gulli nasx” uslubining yaratuvchisidir.
Ko‘rgazma 7-aprelga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Website

#taqdimot
Bugun, 28-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida navbatdagi yangi avlod darsliklari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Prezidentning 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha navbatdagi yangi avlod darsliklari - 8 nomdagi o‘quv adabiyotlari yaratilib, chop etildi.
Taqdimotda yangi o‘quv adabiyotlari ahamiyati haqida so‘z bordi.
Tadbir yakunida mualliflar va ushbu loyiha mutaxassislari diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.