O‘zbekiston Badiiy akademiyasi🇺🇿
4.46K subscribers
21.8K photos
2.39K videos
156 files
4.16K links
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Toshkent, Sodiq Azimov koʻchasi, 35

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy_akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | Мероприятия, посвящённые 100-летию со дня рождения Гейдара Алиева
#10may #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Репортаж 24 | Ҳайдар Алиев таваллудининг 100 йиллигига бағишланган фотокўргазма
#10may #uzbekiston24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zamonlar osha
#6may #uzbtarixi

"Musavvirlar maktabi"

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi kecha va buguni haqida "Zamonlar osha" ko‘rsatuvida
"Ёмғир ранглари"

"O‘zbekiston adabiyoti va sanʼati"
gazetasining 5-may kunidagi 17-sonida o‘qing!
👇
#taqdimot

Bugun,11-may kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi anjumanlar zalida Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab- internatlari uchun 2022-2023-yillarda chop etilgan dastlabki o‘quv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hamkor tashkilotlar - Maktabgacha  va maktab taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi soha mutaxassislari, o‘quv qo‘llanmalarni yaratishda jonbozlik ko‘rsatgan mualliflar va nashriyot xodimlari, mutasaddilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 21-apreldagi “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yana-da oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4688-son qarori badiiy taʼlim yo‘nalishida tub o‘zgarishlarga huquqiy asos bo‘ldi.

Zero, davlatimiz rahbarining ushbu qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yildagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab internatlarining mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari o‘quv metodik qo‘llanmalar, katalog-albomlar va materiallarni tayyorlash hamda chop etish reja jadvali”ga muvofiq 2026-yilga qadar 144 nomda o‘quv adabiyotlarni yaratish va chop etish ro‘yxati tasdiqlanib, jarayonga kirishildi.

Ushbu amaliyotning muhim jihati shundaki, O‘zbekistonda tasviriy sanʼatga ixtisoslashgan maktablar uchun badiiy taʼlim yo‘nalishida birinchi marotaba mutaxassislik fanlaridan o‘quv adabiyotlari chop etila boshlandi.

Shu bois, mualliflar tarkibiga tajribali soha mutaxassislari va o‘qituvchilar bilan birga iqtidorli yosh o‘qituvchilar ham jalb qilindi.

Reja bo‘yicha mualliflar tomonidan 2022-yil uchun dastlab 17 nomdagi o‘quv qo‘llanmalar qo‘lyozmalari tayyorlanib, chop etish maqsadida tender tanloviga havola etildi.

Ulardan 4 nomdagisi “LESSONPRESS”, 13 nomdagisi “ART VERNISSAGE”  nashriyoti tomonidan nashrga tayyorlandi.
O‘quv-qo‘llanmalar.pdf
177.6 KB
Nashriyotlar tomonidan chop etilgan o‘quv-qo‘llanmalar.
Tadbirda o‘quv adabiyotlari mualliflarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Badiiy akademiya tizimidagi hududiy taʼlim muassasalari rahbarlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

Tadbir so‘ngida  mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari o‘quv metodik qo‘llanmalar muallif va nashriyot xodimlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining diplom va  tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.