Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
7.52K subscribers
2.37K photos
318 videos
1.94K links
加入频道
#xalqaro_hamkorlik
▫️Yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan reja va maqsadlar belgilab olindi

“III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi” doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov hamda Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari S.Sulaymon Said o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda o‘zaro samarali hamkorlikni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ikki idora o'rtasida imzolangan Memorandum bo‘yicha 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓30-oktabr — 3—noyabr kunlari)

O‘rganishlar:

▫️1-noyabr

🔎Agentlik direktori boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda bu boradagi chora-tadbirlarni belgilab olishga ko‘maklashish yuzasidan o‘rganish o'tkazildi.

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha:

▫️ 1-noyabr

📌
Oliy Majlis Senatida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qo‘mitasining Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va tizimidagi tashkilotlarda ochiqlikka oid qonunchilik ijrosiga bag‘ishlangan muhokamalarida Agentlik masʼul xodimi ishtrok etdi.

Jamoatchilik bilan ishlash yo‘nalishida:

▫️1-noyabr

📌
Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun "O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar: natijalar va istiqboldagi vazifalar" mavzusida seminar tashkil etildi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️2-noyabr

📌Agentlik tomonidan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi ko‘magida “Markaziy Osiyoda BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining amalga oshirilishini jadallashtirish bo‘yicha Mintaqaviy konferensiya” tashkil etildi.

▫️2-noyabr

📌
Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva Gonkong Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mustaqil komissiyasi vakillari bilan uchrashdi.

▫️3-noyabr

📌“III Toshkent Aksilkorrupsiya forumi”
bo‘lib o‘tdi.

🔹Forum doirasida quyidagi mavzularda interaktiv sessiyalar tashkil etildi:

"Nodavlat notijorat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati shakllari";

“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi: turli davlatlar tajribalari”.

▫️3-noyabr

📌Agentlik va Tojikiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik Memorandumi bo‘yicha 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi imzolandi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 65 ta (shundan 57 tasi jismoniy shaxslardan, 8 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 58 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiqlik_monitoring
▫️Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga oid majburiyatlarga rioya etish holati tahlil qilindi

Agentlik tomonidan 93 ta vazirlik, idora va mahalliy davlat hokimiyati organlari 2023-yil 3-choragidagi faoliyati mobaynida ijtimoiy ahamiyatga molik 35 ta toifadagi maʼlumotlarni eʼlon qilish darajasi monitoring tartibida o‘rganildi.

Tahlillarga ko‘ra:

vazirlik, idora va hokimliklar tomonidan umumiy 52 % samaradorlik ko‘rsatkichi (eʼlon qilinishi lozim bo‘lgan 1103 ta maʼlumotlardan 577 tasi eʼlon qilingan) qayd etildi;  

eng qoniqarsiz ko‘rsatkich markaziy muassasalar, davlat ulushi mavjud tashkilotlar va banklar hissasiga to‘g‘ri keladi;

aksariyat hollarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larning xarajatlari bilan bog'liq ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishda jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilmoqda/

O'rganish yakunlariga ko'ra, 23 ta davlat organlari va tashkilotlariga ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘ygan masʼul xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓6-10-noyabr kunlari)

O‘rganishlar:


🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:


Quyidagilarda Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari lavozimiga nomzodlarni tanlash bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazildi:

▫️8-noyabr
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida;

▫️ 9-noyabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash bo'yicha:

▫️ 10-noyabr
📌
Davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni taʼminlashga oid majburiyatlarga rioya etish holati bo'yicha monitoring natijalari e'lon qilindi.

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️7-noyabr
📌
Agentlik direktori o‘rinbosari U.Tuxtasheva O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi “Strategik sheriklik muloqoti”ning uchinchi yig‘ilishida ishtirok etdi.

▫️7-noyabr
📌Agentlik va Jahon banki eksperti D.Kotlyar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-malaka oshirish kurslari, seminar va boshqa tadbirlar:

▫️7-9-noyabr
📌Agentlik tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va ustuvor yo'nalishlariga oid o‘quv-malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

▫️10-noyabr
📌 “Uzbekistan airways” xodimlari uchun o'tkazilgan “Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilish” mavzusidagi o‘quv-malaka oshirish kursida Agentlik mas'ul xodimi ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 64 ta (shundan 56 tasi jismoniy shaxslardan, 8 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 49 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hamkorlik_natijalari
▫️Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Kadastr agentligi o‘rtasida tasdiqlangan 2023-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ijrosi yuzasidan hamkorlikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 12 tadan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilindi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” (ISO 37001:2016) joriy etildi hamda 22 nafar xodim xalqaro standart bo'yicha malaka sertifikatiga ega bo'ldi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#dunyo_korrupsiyaga_qarshi_kurashda
⚡️"Ochko‘zlik va korrupsiya": Faxriy agentlar poraxo‘rlikda ayblanmoqda

Federal hakamlar hayʼati AQSHning Giyohvand moddalarga qarshi kurashish boshqarmasining ikki nafar agentini pora olish maqsadida til biriktirish orqali advokatlarga maxfiy maʼlumotlarni oshkor qilganlikda aybladi.

⚡️Mansabdorlar 776 000 yevroni o‘zlashtirganlikda gumon qilinmoqda

Latviya Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish byurosi (KNAB) Yevropa prokuraturasi (EPPO) bilan hamkorlikda Valka viloyati va Latviyaning boshqa hududlarida joylashgan bir qator muassasalarda 776 ming yevroning talon-toroj qilingani gumoni bilan amalga oshirilgan jinoyat-protsessual harakatlar doirasida tintuvlar, olib qo‘yish va so‘roqlar olib bordi.

⚡️Korrupsiya tufayli general 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Myanma harbiy sudiga ko‘ra, yaqin vaqtgacha mamlakat boshqaruv kengashining yuqori martabali aʼzosi bo‘lgan general So Xtut, turli kompaniyalar iltimosini rad etmasdan, ularning talabi bilan qo‘l ostidagilarni pasportlar berishga undagan, pora olgan va Ichki ishlar vazirligining Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish jamg‘armasi nizomiga oid moliyaviy qoidalarga rioya etilishini taʼminlamagan.

⚡️Shahar hokimi korrupsiyada ayblanmoqda

Sidneyning ichki g‘arbiy qismidagi Kanada ko‘rfazi meri Anjelo Sirekas Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mustaqil komissiya (ICAC) tomonidan chet elga hashamatli sayohatlar evazigai shlab chiqaruvchiga imtiyozlar berish bilan bog‘liq korrupsion harakatlarda ayblanmoqda.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#oktabr_sarhisobi
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023-yilning oktabr oyidagi faoliyati natijalari

🔎Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Faoliyatini korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashdan o‘tkazmagani uchun:

Andijon viloyati hokimligiga;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga taqdimnomalar kiritildi.

✍️Qatar davlati va Misr Arab Respublikasi bilan idoralararo Memorandum imzolandi.

📞Call-markazi (1253)ga kelib tushgan 173 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muqaddasdir_Vatan_bayrogʻi
Yurt bayrog‘i — dunyoning qay bir manzili bo‘lmasin, barchamizni yagona Vatan, mushtarak maqsadlar bilan birlashtiradi.

U shonli tariximizga ehtirom, bugungi kunga shukronalik va buyuk kelajakka ulkan ishonchning yorqin timsolidir.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi jamoasi bugungi qutlugʻ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

Oʻzbekiston bayrogʻi hamisha yuksaklarda hilpirayversin!


Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#davlat_bayrogʻi_tadbir
▫️"Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!"

O‘zbekiston Respbulikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — 18-noyabr sanasi Ona yurtimiz mustaqilligining tasdig‘i, butun dunyoda o‘z o‘rni, o‘z ovoziga ega ekanining ifodasi, xalqimiz farovonligining tantanasi sifatida tarixga muhrlangan.

Shundan buyon milliy bayrog‘imiz  eng oliy sahnalar, eng yuqori marralarda, zafarli qo‘llarda baland ko‘tarilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida bugungi bayram munosabati bilan o‘tkazilgan  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda shu haqda so‘z bordi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓13-17-noyabr kunlari)

O‘rganishlar:


🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Hamkorlik natijalari:

🤝
Kadastr sohasida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar e'lon qilindi.

Agentlik mas'ul xodimlari quyidagi tadbirlarda ma'ruza bilan ishtirok etdi:

▫️15-noyabr


📌Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusidagi seminar;

▫️17-noyabr

📌Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash muammolari” mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya;

Xalqaro hamkorlik doirasida:

▫️16-noyabr

📌O‘zbekiston Respublikasi va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “O‘zbekiston davlat boshqaruvi sharhi” loyihasi bo'yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan birinchi missiyada Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

▫️17-noyabr

📌Davlat boshqaruvi akademiyasida “O‘zbekistonning xalqaro reyting ва indekslardagi o‘rnini yaxshilash muammolari: nazariya, amaliyot ва strategiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Agentlik masʼul xodimlari ishtirok etdi.

▫️13-17-noyabr

📌Agentlik vakillari (Vengriya) Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan “Davlat sektorida korrupsiya” mavzusida tashkil etilgan o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishida:

▫️14-noyabr

📌Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistratura faoliyati guruhi tinglovchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosati hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatiga bag'ishlangan sayyor dars tashkil qilindi.

▫️15-noyabr

📌"O‘zbekistonda samarali maʼmuriy islohotlar jarayonida idoralararo muloqot ва hamkorlik" mavzusidagi ochiq muhokamada Agentlik direkori o‘rinbosari U.Tuxtasheva tomonidan maʼmuriy islohotlar doirasida korrupsiyaga qarshi kurash xususida maʼruza qilindi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 66 ta (shundan 57 tasi jismoniy shaxslardan, 9 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 34 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#fikringiz_muhim
▫️Oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaning tashabbuskori asosan kim

▫️Talabaning korrupsiya haqida xabar bermasligining sababi nima


📌Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan U-Report orqali shu haqda so'rov otkazmoqda.

Talabalar, ularning ota-onalari,
OTM o'qituvchilari va barchangizni mazkur so'rovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.


💬Fikringizni shu yerda bildiring 👉 @UReportUzbBot

Natijalar jamoat eshituvlarida taqdim etiladi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#oʼrganish
▫️"Qanqa shahristoni” yodgorligiga yetkazilgan jiddiy zarar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Toshkent viloyatida “Qanqa” arxeologiya yodgorligi hududida o‘tkazilgan o‘rganishda fuqarolar tomonidan yodgorlik hududiga jiddiy zarar yetkazilganligi maʼlum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektiga fuqaro A.P. tomonidan 10 mlrd 367 mln 448,3 ming so‘m, A.B. tomonidan 2 mlrd 423 mln 520,0 ming so‘m, T.B. 1 mlrd 093 mln 950,0 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Agentlik taqdim etgan o‘rganish hujjatlariga ko‘ra, viloyat prokuraturasi tomonidan aybdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 132-moddasining tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

➡️Batafsil

Facebook
|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#brifing
▫️“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalar ijrosi

"O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tasdiqlangan Chora-tadbirlar dasturi ijrosi doirasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan quyidagilar amalga oshirildi:

✔️Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi;

✔️“Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi;

✔️davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va tahlil qilish maqsadida 30 dan ortiq yo‘nalishda o‘rganishlar olib borildi;

✔️davlat organlariga 189 ta taqdimnoma kiritilib, mansabdor shaxslarning korrupsiya belgilari mavjud bo‘lgan qarorlari bekor qilindi.

Ayni paytda AOKAda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida Tuxtasheva ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan brifingda shu kabi ishlar haqida batafsil maʼlumot berilmoqda.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt