ANDIJON KADASTR
1.46K subscribers
7.68K photos
892 videos
6 files
5.09K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
加入频道
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon #Kadastr #amaliyot

⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Ma'muriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot.

📃 Infografika ko'rinishida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati

Noqonuniy xatti-harakatlarni bartaraf etish maqsadida ⭐️ Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda natijada 226 ta holatda 11,6 gektardan iborat yer maydoni ixtiyoriy bartaraf etildi — deydi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Botirjon Mirzahmedov.

➡️ Batafsil: Xs.uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #savol_javob

Savol: 🏠O‘zimning uyimga qo‘shimcha qurilish qilib tugatdim. Menga qo‘shimcha qurilishimni kadastr hujjatlarimga kiritishda to‘lovlar uchun yengillik bormi

Javob: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan, agar siz I-II guruh nogironlari va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari toifasiga kirsangiz ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari umumiy qiymatining 50 foizini to'laysiz.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Andijon_kadastr

Andijon viloyatida 39,6 gektar yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan inspektorlar tomonidan o‘tkazilayotgan xatlovlar natijasida o'tgan 2023-yil mobaynida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish bo‘yicha 358 ta holatdagi 39,6 gektar yer maydonlari aniqlandi.

📃Batafsil: infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtaobodda yer sotilyabdi deyilmoqda” sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi. Holat o‘rganilib yakunlari bo‘yicha batafsil axborot taqdim etilishi ta'minlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

◼️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📃 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

👔 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

⚖️ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #ma_naviyat_soati #kadastr_boshqarmasi #Andijon_viloyati

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyat boshqarmalari hamda uning tuman, shahar bo'limlari va filiallari xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram | 🌐Facebook | 🌐You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#botga_kelgan_savol

📩 1995-2005 yillarda sobiq shirkat xo‘jaligi umumiy yig‘ilish qarori bilan uy joy qurish uchun yer ajratish qaroriga asoslanib tuman hokimining qarori bilan yer uchastkasi berilgan bo‘lsa, ushbu yer uchastkasiga uy joy qurishim uchun loyiha smeta qilishim hamda tuman qurilish bo‘limidan ruxsatnoma olishim kerakmi?
Uy joy qurilib bo'lingan kadastr qilishim kerak. Demak kadastr hujjat qilib berilmas ekanda.

Javob: Murojaatingizga ko‘ra tuman hokimining qarori bilan Sizga yer uchastkasi ajratilgan bo‘lib, ushbu yer uchastkasida bino-inshootlarni qurib, qurilgan bino-inshootlarga kadastr hujjati shakllantirilmagan va mulkiy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

Bu holatda Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi 200-sonli qarorining 6-ilovasi bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglament talabi asosida loyiha hujjatlarini rasmiylashtirishingiz va shu loyiha hujjatini, tuman hokimining qarorini ilova etgan holda Davlat xizmatlari markaziga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali buyurtma berganingizdan so‘ng, bino-inshotlarga kadastr pasporti shakllantirib beriladi.

Yer uchastkasida qurilgan bino-inshootlarning loyiha hujjatlari mavjud bo‘lmasa bu bino-inshootlarga nisbatan mulk huquqi tiklanmaydi va buning oqibatida kadastr hujjatini shakllantirib bo‘lmaydi.

Andijonkadastr_bot yordamida o'zingizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Bilishingiz muhim

📃 Davlat kadastrlari palatasiga taaluqli bo‘lmagan savollar bilan juda ko‘p murojaat qilishmoqda. Yurtdoshlarimizning sarsongarchiliklaringizga chek qo‘yish va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida manzili noto‘g‘ri savollaringizga aniq javob berishda davom etamiz.

⁉️ Binoni foydalanish uchun qabul qilishga ruxsatnomani Davlat kadastrlari palatasi beradimi? Murojaatga aniq javob videoda.👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hafta_ichida #dayjest

Joriy yilning 05-10-iyun kunlari 🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili.

▪️Viloyat bo'yicha 358 ta holatda yer maydonlari o'zboshimchalik bilan egallab olingan.

▪️Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg'ulotlari o'tkazildi.

▪️5-Iyun butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni nishonlandi.

▪️Kadastr aholi manfaatlari yo'lida.

▪️Ma'muriy amaliyot yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

▪️OAV biz haqimizda Xalq so'zi

▪️Viloyda 39,6 gektar yer maydonlaridan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

▪️Boshqarma xodimlari muntazam ravishda siyosiy-ma'rifiy soatda ishtirok etishmoqda.

▪️ Boshqarmaning telegram ijtimoiy taqrmog'idagi @Andijonkadastr_bot botiga kelgan savollarga javob berilmoqda. 1, 2

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Telegram | 🌐Instagram 🌐Facebook | 🌐You tubeм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Andijon_kadastr #Yer_nazorati

⭐️ Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasida faoliyat yuritayotgan Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2023-yilning oʼtgan 5 oyi davomida 358 ta holatda 39,6 gektar yer maydoni oʼzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

Аniqlangan holatlar boʼyicha Yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:

📄39,6 gektardagi 358 ta holat boʼyicha noqonuniy egallab olgan shaxslarga yozma koʼrsatmalar yuborildi;

11,6 gektardagi 226 ta holat ixtiyoriy bartaraf etilishi taʼminlandi;

📨 26,3 gektardagi 82 ta holat boʼyicha sud orginlariga daʼvo arizalar kiritildi;

🧾1,1 gektardagi 15 ta holat boʼyicha hal qiluv qarorlari tastiqlandi;

🇺🇿23,4 gektardagi 40 ta holat qoʼshma tartib asosida prokuratura organlariga yuborildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM