Alisher Sadullaev
154K subscribers
2.31K photos
614 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha sahifamda e’lon qilingan tanlov bo‘yicha juda ko‘pchilik qanday g‘olib bo‘lish va ishtirok etish mumkinligi haqida yozmoqda

Ushbu savollarga qisqacha javob bersam;

1. G‘oliblar Telegram'ning o‘z tizimi tomonidan tasodifiy tanlanadi. Ya’ni, biz emas, balki Telegramning algoritmi o‘yin g‘oliblarini aniqlaydi.

2. Hech qanday cheklov yo‘q – hamma ishtirok etishi mumkin! (oldingi va yangi obunachilar https://yangx.top/alisher_sadullaev)

3. G‘olib bo‘lish uchun shunchaki kanalga obuna bo‘lish va telegram tomonidan avtomatik tanlanishni kutish kerak.

4. Tanlov g‘oliblari 2-fevral kuni 19:00 da aniqlanadi.

Muhim! Tanlovda ishtirok etish uchun hech qanday qo‘shimcha harakat talab etilmaydi. G‘oliblar avtomatik ravishda aniqlanadi va ularga Telegram 25 ta va Mutolaa 25 ta Premium obunasi taqdim etiladi.

Endilikda bunday tanlovlarni har oy o‘tkazib, ko‘plab yoshlarga Telegram va Mutolaa Premiumlarini sovg‘a qilib boramiz!

Bilimdon, faol obunachilarimiz uchun shunday tanlovlar har oyda bo‘lishini xohlarmidingiz? Izohlarda fikringizni qoldiring.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yoshlar bilan butun O'zbekiston faxrlansa arziydi!

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'z bilimi, mehnati va harakati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bir guruh yoshlar bilan tanishing. Ularning rejalari va niyatlari olam-olam. Eng xayron qolarlisi, ular hamma ta'lim olishni orzu qiladigan oliygohlarga 100% grant asosida qabul qilinishgan, xususan Harvard, Stanford, Columbia, MIT va yana o'nlab nufuzli top universitetlar shu jumlasidandir.

Biz ular bilan yoshlar uchun yangi loyihalarni muhokama qildik, yangi rejalar tuzdik. Umid qilamanki, o'zbekistonlik yoshlar uchun global maydonda loyihalarimiz yana ko'payadi!

#uzbekpower #top100 #youth #uzbekistan
Bolajonlarimiz uchun milliy qadriyatlarimiz asosida animatsion multfilmlar yaratayotganimizdan xabaringiz bor.

Kuni kecha “Bek va Lola” multserialining 7-qismi efirga uzatildi. Ushbu qism bolalarimizga shakllarni o‘rgatishga mo‘ljallangan.

Shuningdek, “Beruniy sarguzashtlari” animatsion multfilmi va “Yashil makon” multseriallari YouTube sahifalarida e’lon qilindi.

1. “Bek va Lola” — www.youtube.com/watch?v=wBlWy0qweIs

2. “Beruniy sarguzashtlari” — www.youtube.com/watch?v=106k7WQEJyk

3. “Yashil makon” — www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k

Kelgusida ham bolajonlarimiz uchun ana shunday foydali va qiziqarli loyihalarni davom ettiramiz!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yutuqli oʻyinning 25 ta gʻolibi Telegram tomonidan tasodifan tanlandi va shaxsiy xabarlarda hadya havolalarini oldi.
⚡️Bilimdon yoshlar, kanalimiz obunachilari!

Sizlar uchun foydali bo‘lgan tanlovimiz g’oliblari aniqlandi.

G’olib bo’lganlarga tez orada “Mutolaa Premium” telegram shaxsiy sahifalariga promokodlar yuboramiz, hamda g’oliblarga “Telegram Premium” ham avtomatik yuboriladi.

Qadrli obunachilarimiz uchun yanvar oyi o’tkazilgan tanlovdan so’ng fevral oyida ham tanlov tashkil etmoqchimiz. Telegram kanalimizni kuzatib borishni tavsiya qilamiz.

👏Barcha g’oliblarni tabriklaymiz!

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Ibrat Academy"dan navbatdagi katta yangilikni kutib oling!

Endi "Super Start" bilan ingliz tilini 0 dan o'rganish har doimgidan osonroq va tezroq bo'ldi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan darslarimiz kreativ amaliyotga boy darslari bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan Siz uchun ishlab chiqilgan.

Asosiy grammatika va so‘z boyligini mustahkamlang
Interaktiv darslar va mashqlar orqali o‘rganing
Dastlabki kunlardanoq natija


Hoziroq "Ibrat Academy" ilovasidan "Super Start" darslarini boshlang!

Google play | App store
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aksariyat hamkasblarim, davlat xizmatchilari til o'rganishga vaqt yetishmasligini aytishardi.

Vanihoyat o'zbek tilida sun'iy intellekt yordami bilan ingliz tili darslarini oson va tez o'rganish mumkin.

Omad! Sinab ko'ringlar, natijalarni, taassurotlarni izohlarda yozib qoldiring. Jamoamiz a'zolari loyihani rivojlantirishda davom etishadi!

Yuklab olish: Google play | App store


@alisher_sadullaev
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda kreativ sohalar – IT, turizm, loyiha, dizayn, injiniring kabi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq ish va natija kerakligi qayd etildi.

Yangi farmonga ko‘ra, 1 martdan 6 oy davomida sotilmagan 10 ming kvadratgacha bo‘lgan davlat obyektlari tadbirkorlarga 10 yilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga beriladi hamda 4 yil davomida ijara vaqtida to‘lansa, bu joy tadbirkorga xususiylashtirib beriladi.

Yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitib, xalqaro tan olingan sertifikat beradigan tadbirkorlar birinchi yil ijara to‘lamasligi, buning hisobiga bu yil har bir viloyatda 5 tadan davlat obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga o‘qitish zarurligi ta’kidlandi.

@alisher_sadullaev
Yig'ilishda masofaviy xizmatlar eksportini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelgani taʼkidlandi.

Faqat texnik xizmat ko‘rsatish bilan cheklanmay, buxgalteriya, konsalting, sug‘urta, yuridik va boshqa professional xizmatlar eksportini yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijiy davlatlarning xizmatlar importini va talablarini tahlil qilib, o‘quv dasturlarini shunga moslash va tegishli mutaxassislarni tayyorlash topshirildi. Bu yil kreativ iqtisodiyotdagi startap loyihalar uchun 50 million dollar ajratildi.

Misol uchun, “Amazon”da ishlab, Nukusga qaytib kelgan Beknazar Abdukamolov startap loyihasiga “Facebook”dan 3 million dollar jalb qilgani uchun bugungi kunda aktivlari 15 million dollarga baholanmoqda.

Hozirda dunyoning yirik IT kompaniyalarida ishlayotgan bunday yuzlab yoshlarimiz bor. Raqamli texnologiyalar vazirligiga eng avvalo shunday yoshlar bilan birgalikda startap loyihalarini amalga oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Umuman, 2025-yilda IT xizmatlari hajmini 30 foizga o‘stirib, 80 trillion so‘mdan, eksportini 1 milliard dollardan oshirish zarurligi taʼkidlandi.

@alisher_sadullaev
🇺🇿Bugungi kunda yoshlar faqat tomoshabin emas – ular qarorlar qabul qilinadigan joyda bo‘lishi kerak!

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senati Raisi Narbayeva Tanzila Kamalovna ham ishtirok etdilar. Uchrashuvda Yoshlar parlamentining yangi tarkibi tasdiqlandi va unga Laylo Aslonova parlament raisi etib, bir ovozdan saylandi. Shuningdek, Ibrohimjon Jo‘raboyev hamda Azizbek Ochilboyev Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosarlari etib tasdiqlandi.

Yangi tarkib 100 nafardan iborat bo‘lib, uning 95 foizini oliy ma’lumotli yoshlar, 30 foizini esa xotin-qizlar tashkil etadi. Bu esa yoshlarning Senat faoliyatida bevosita ishtirok etishi, o‘z fikrini bildirish va yangi marralarni zabt etishi uchun katta imkoniyat yaratadi.

Davlatimiz rahbarining bugungi kunda olib borayotgan islohotlari yoshlarning parlament hayotidagi o‘rni qanchalik muhim ekanligini yaqqol namoyon etmoqda. Zero, qonunlar qabul qilinayotganda yoshlarning manfaatlarini inobatga olish juda muhim, chunki aynan ular kelajak avlod hayotiga bevosita ta’sir qila oladi.

Yoshlar parlamenti a’zolariga ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilayman!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qoyil, Abduqodir Husanov (hujumkor himoyachi) hozirgina City tarkibida gol urdi 🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Barakalla, qoyil-e. Hammasini shunday qoldirmadi-ye!


UPD: Abduqodirning Lansda urgan golini shu tarzda haqiqiy egasiga qaytarib berishdiyov)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Javohir Sindarov shaxmatning freestyle yo'nalishida amerikalik super grossmeyster Hikaru Nakamura ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Javohir, barakalla! Yarim finalda ham omad yor bo'lsin.

https://www.youtube.com/live/mJftDnIHfhQ?si=Y4BgJT3-Efe6L8C9
⚡️Bugun qanday kun?
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqoti boshlanadi. Uchrashuvda yoshlar bilan ishlash natijadorligini yanada oshirish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish chora-tadbirlari muhokama qilinadi, faol yoshlarning takliflari eshitiladi.

@alisher_sadullaev