Alisher Sadullaev
154K subscribers
2.31K photos
614 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
Yoshlar ishlari agentligi turli tillarga ixtisoslashgan oromgoh tashkil etishni reja qilmoqda. Oromgohda qaysi tillarni oʻrganishni istardingiz?
Final Results
17%
Oʻzbek
45%
Ingliz
16%
Rus
3%
Ispan
4%
Koreys
4%
Nemis
2%
Yapon
3%
Fransuz
2%
Xitoy
5%
Boshqa
Erta tongdan xizmat safari bilan Xorazm viloyatiga yo’l oldik. Taklif va murojaat yo’llamoqchi bo’lgan yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali menga aloqaga chiqishlarini so’rayman.

@alisher_sadullaev
Men bilgan YouTube'dagi yoshlar uchun eng foydali kontentlardan biri bu — «Osmondagi bolalar» loyihasi. Albatta, obuna bo’ling va do’stlaringizga ham zamonamiz qahramonlari haqidagi suhbatlarni ulashing.

Umid qilamanki, tez orada qizlarimiz orasida ham «Osmondagi bolalar» loyihasi qahramonlari paydo bo’la boshlashadi.

https://youtube.com/c/Osmondagibolalar
Xorazm viloyati yoshlari bilan ertaga 10:00da viloyat “Yoshlar markazi”da uchrashib, takliflarni eshitmoqchiman. Uchrashuv ochiq, hech qanday cheklovlar yo’q. Agarda uchrashuvda qatnashishda qandaydir sun’iy to’siqlar bo’lsa yoki kela olmasangiz, murojaatingizni ushbu post ostidagi izohlarda qoldirsangiz bo’ladi. Albatta, javob beraman, nasib bo’lsa.

@alisher_sadullaev
Yaqinda turli tillarga ixtisoslashgan yozgi oromgoh yuzasidan yoshlarning fikrlarini oʻrganish maqsadida soʻrovnoma eʼlon qilgandik.

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, 93 430 nafar yoshlarimiz ingliz tiliga ovoz berishgan. O’zbek tili 36 219 ta, rus tili 33 786 ta ovoz to’plagan. Sizlarning xohishlaringizdan kelib chiqib, turli tillardan yoshlar uchun «Ibrat tillar oromgohi»ni barcha tillar bo’yicha bosqichma-bosqich tashkil etmoqdamiz.

Ilk mavsum ingliz tilidan boʻlib oʻtadi. Bunda 16 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilidan kamida B1 darajaga ega barcha yigit-qizlar joriy yilning 10-iyun sanasiga qadar ro’yxatdan o’tishlari va ariza yuborishlari lozim.

Ariza yuborganingizdan soʻng, onlayn shaklda suhbat boʻlib oʻtadi. Saralab olish talablariga ko'ra, eng yaxshi insho yozgan va suhbatdan muvafaqqiyatli oʻtgan yoshlar oromgohda ingliz tilidan chuqurlashtirilgan shaklda malaka oshirish imkoniga ega boʻladilar.

Bilimingizga ishonsangiz, bilimli tengdoshlaringiz orasidan yangi do’stlar orttirish istagi bo’lsa, hoziroq @ibratcamp_bot orqali ariza yuboring! Imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Batafsil: https://yangx.top/ibratcamp_uz
Bir voqeadan qattiq ta’sirlandim. Yolg’iz va bemor onasidan ortib, yosh qizaloq bir oilaning boshi bo’lishi, bilim olishi va oilasining baxtli bo’lishiga harakat qilmoqda. Ruxshona qo’shimchasiga yaqinda Respublika Sardori etib saylandi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun insonda katta iroda va harakat bo’lishi kerak.

Kecha Prezidentimiz aynan shu oilaning yangi uyiga keldilar. Bu kichik oila baxtli bo’lishga haqli edi va ular bunga erishdilar.

@alisher_sadullaev
Barcha surxondaryolik yoshlarni ochiq muloqotga taklif etib qolamiz. Surxondaryo viloyatini rivojlantirish, yoshlar muammolarini yechishga qaratilgan taklif yoki g’oyalaringiz bo’lsa, bugun sizlar bilan ko’rishib ochiq muloqot o’tkazishni reja qilganmiz.

@alisher_sadullaev
Hududlarda chet tillari, matematika va ITga ixtisoslashtirilgan o’quv markazlari ochmoqchi bo’lgan tadbirkor yoki o’qituvchi yoshlarga 50 million so’mgacha subsidiya (grant) yoki ssuda shaklida berishni reja qilayapmiz.

Hozircha jami 50-70 ta o’quv markazlarini qo’llab-quvvatlashni reja qilayapmiz. Boshlang’ich kapital sifatida 50 million so’mgacha ajratmoqchimiz. Eng yaxshi biznes reja tuza olgan yoshlarga va istiqbolli loyihalarga mablag’ ajratiladi!

Loyihani qo’llab-quvvatlaysizmi? Qanday mezonlarga ko’proq e’tibor qaratishimizni xohlaysiz? Siz bu loyihada ishtirok etarmidingiz?

@alisher_sadullaev
Hurmatli yoshlar! Sizlarni “Ibrat tillar oromgohi” bo’yicha qanday savollar o’ylantirmoqda? Yaqin kunlarda loyiha haqida to’liq ma’lumotlarni https://yangx.top/ibratcamp_uz yoritishni boshlaymiz. Hozircha savollaringizni izohlarda qoldirsangiz, loyiha tashkilotchilari ularga javob berib borishadi. Tez uchrab turadigan savollarga batafsil keyinroq to’xtalamiz.

Loyihada ishtirok etish uchun https://yangx.top/ibratcamp_bot orqali ro’yxatdan o’ting.

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«O'zbekiston uchun 100 g'oya» loyihasini e'lon qilamiz!

Yosh davlat xizmatichisi sifatida ish boshlaganimdan beri boshqa yoshlar ham g'oyalarini Prezidentimizning jamoalarida tatbiq qilishlarini ko'p reja qilardim.

Yil boshida Prezidentimiz tashabbuslari bilan ushbu taklif qabul qilindi. «O'zbekiston uchun 100 g'oya» — muhandislarga, dasturchilarga, kreativ fikrlaydigan, tanqidiy-tahliliy fikrlaydigan yoshlarga o'z g'oyalarni amalga oshirish uchun yangi bir imkoniyat eshigi ochildi.

Loyihaning ilk qadamlarini boshladik. Hukumat vakillari yoshlarga murojaat bilan chiqishmoqchi. O'z sohalaridagi muammolarni qo'rqmasdan aytib, taklif bera oladigan yoshlarni mana shu jarayonga jalb etishni reja qilganmiz.

30 yoshgacha bo‘lgan barcha yoshlar o'z g'oyalarini 20-iyunga qadar 100ideas.uz sayti yoki @yuzideas_bot manzili orqali yuborishlari mumkin. Batafsil.

Barcha yigit-qizlarimizni faol ishtirok etishga chaqiraman! G'oyalarni vatan ravnaqi yo'lida ishlatadigan onlar keldi.

Video HD

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyatiga yetib keldik. Ayni damda, ona zaminim — Sharof Rashidov tumanidaman (oldingi Jizzax tumani). Usta-hunarmandlar bilan biroz suhbatlashdik. Ularning muammolari va qanday qulayliklar kerakligi haqida gaplashdik. Qisqasi, intilish bor. Istiqboldagi rejalar bo’yicha alohida suhbat qilishni reja qilib oldim.

@alisher_sadullaev
FAQ: Ibrat tillar oromgohi bo’yicha eng ko'p takrorlangan savollarga javob beramiz

1. Oromgoh qayerda joylashgan?

Javob: «Ibrat tillar oromgohi»
Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida tashkillashtiriladi.

2. Oromgoh qachondan boshlanadi va necha kun davom etadi?

Javob:
Ingliz tiliga asoslangan oromgoh 27-iyundan 3-iyulgacha, ya'ni 7 kun davom etadi.

3. Boshqa tillardan ham oromgoh tashkillashtiriladimi?

Javob:
Kelgusi oylarda o'zbek, rus, arab, nemis, fransuz, ispan, koreys, xitoy va yapon tillari bo'yicha o'tkazish rejalashtirilgan. Har bir til uchun alohida hujjatlar qabuli amalga oshiriladi.

4. Hujjatlar topshirilgandan keyin onlayn suhbat sanasi haqidagi xat qachon keladi?

Javob:
Barcha hujjatlarni muvaffaqiyatli topshirib, insholari boshqalarnikidan ajralib turgan yoshlarga ikkinchi bosqichga o'tish xati 10-iyun kuni 17:00ga qadar yuboriladi.

5. Suhbat qay tarzda va qaysi tilda bo'ladi?

Javob:
Suhbat ZOOM dasturi orqali onlayn intervyu sifatida ingliz tilida olib boriladi.

6. Oromgohda qatnashish uchun necha kishi saralab olinadi va ular viloyatlar kesimida qabul qilinadimi?

Javob:
Ingliz tiliga asoslangan oromgohda 300 nafar yosh saralab olinadi. Qatnashchilarning kelib chiqish viloyatlari inobatga olinmaydi.

7. Chet tillarini bilish darajasi haqida sertifikat (IELTS) bo'lsa, to'g'ridan to'g'ri oromgohga qabul qilinadimi?

Javob:
Yo'q, IELTS sertifikati tilni bilishingiz haqida ustunlik berishi mumkin, lekin barcha saralab olingan yoshlar ikkinchi bosqish — onlayn intervyudan ham o'tishlari shart.

8. 16 yoshga bir ikki oy ichida kirsa ham qatnashsa bo'ladimi?

Javob
: Ushbu oromgohda qatnashish uchun talabgorlar oromgoh boshlanadigan sanagacha 16 yoshni to'ldirgan va 25 yoshdan oshmagan bo'lishlari shart.

9. Oromgohda qatnashish pullikmi?

Javob:
Oromgohda qatnashish mutlaqo bepul. Har bir ishtirokchi yotoqxona va 3 mahal ovqat bilan ta'minlanadi.

@ibratcamp_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax haqida batafsil yozaman. Hozircha erta tongdan Qoraqalpog’istonga yo’l oldik. Muloqot uchun o’z taklif va murojaatlaringizni ijtimoiy tarmoqlar orqali menga yo’llang.
⚡️Tarjimon, yozuvchi va ijodkor yoshlar uchun haqiqiy raqobat maydoni bo’la oladigan loyiha ustida ishlamoqdamiz! Asosan, chekka hududlardagi iqtidorlarni kashf qilishni reja qilganmiz. Shunday yoshlardan kimlarni taniysiz? Loyihada ishtirok etasizmi va qaysi hududdan?

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi
mukofot jamgʻarmasi 500 000 000 soʻmlik «Duel» Respublika yosh ijodkorlari tanlovini e’lon qiladi. Loyiha orqali barcha hududlar, xususan, chekka hududlardagi nazm, nasr, badiiy tarjima va tasviriy san’at sohalaridagi yosh iste’dod egalarini qo’llab-quvvatlash reja qilingan.

Batafsil:
@dueluzb_bot
Bugun, 10-iyun kuni soat 17:00da Nukus shahridagi Respublika yoshlar markazida qoraqalpog’istonlik yoshlar bilan ochiq muloqotimiz bo’lib o’tadi.

Hech qanday ro’yxatdan o’tish shart emas, uchrashuv ochiq bo’ladi. Taklif va g’oyalar bo’lsa bas)

@alisher_sadullaev