Alisher Sadullaev
155K subscribers
2.31K photos
613 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
Ko’pincha chet el safarlari davomida, zamonaviy (hi-tech, loft yoki open space) binolarni ko’rib, havas bilan qarardim. Ayniqsa, o’z ishlari bilan band, uyoqdan-buyoqqa yelib yurgan yoshlarni ko’rib ko’zim quvonardi. Bugun Prezidentimiz poytaxt yoki shahar markazida emas, Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan “Astrum” IT akademiyasini ochib berdilar.

Akademiya 42-maktab g’oyasi ruhida tashkil etilgan. Dasturchilarning orzusidagi barcha sharoitlarga ega, 1000 dan ortiq kompyuter bilan ta'minlangan, uch qavat bino zamonaviy jihozlangan. G’oyaviy, umuman, yangi “IT” shaharchaning barpo qilinishi odamga “Silicon Valley”, “Innopolis” yoki “Pangyo”ga o’xshash maskan barpo bo’lishiga umidlantiradi.

Hozirda akademiyada o'qishni istagan iqtidorli yigit-qizlarimizning o'qish xarajatlari uchun maxsus grantlar berishni rejalashtiryapmiz. IT akademiya haqida batafsil ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

#repost

@alisher_sadullaev
Tez orada 2 ming nafarga yetamiz. Bilimlilar ko'payaversin. Hozircha 3 milliard so'mdan ortiq mablag' kompensatsiya qilib berilgan. Eng xursand qiladigani kelgusi yildan deyarli 20ga yaqin xalqaro imtihon turlari xarajatlari qoplab beriladi.
Batafsil bu yerda: https://my.gov.uz/oz/service/413

P.S. Obunachilarim orasida ham imtihon xarajatlari qoplab berilganlar bormi?

@alisher_sadullaev
Soʻnggi paytlarda juda koʻplab bilimli, iqtidorli talabalardan kontrakt pullarini toʻlashda qiyinchiliklar boʻlayotgani haqida murojaatlar kelmoqda. Rostini aytsam, hammaga birdek yordam berishga harakat qilyapmiz, ammo maqsadimiz iloji boricha eng ogʻir moliyaviy vaziyatdagi iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdir. To’g’ri tushunishingizni so’rayman.

Iqtisodiy taraflama muammolarga duch kelayotgan, boquvchisini yo’qotgan, ota-onasida (yoki ularning birida) nogironligi boʻlgan, mehribonlik uylari bitiruvchisi boʻlgan, yosh oila boʻlgan, “ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan oila farzandlari kabi toifalarga mansub talaba-yoshlarning toʻlov-kontraktini toʻlab bermoqchimiz. Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini e’lon qiladi.

Bunda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning toʻlov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori toʻlab beriladi. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun https://bit.ly/3G0prdV ushbu havola orqali tizimdan roʻyxatdan oʻtish lozim.

@alisher_sadullaev
Imkoniyat Baholash final.pdf
511.4 KB
Do'stlar, xabaringiz bor, chekka hududlarda o’quv markaz tashkil etish uchun 70 nafar yoshlarga 50 million so’mgacha moliyaviy ko’mak berish maqsadida tanlov e'lon qilgandik. Tanlovga kelib tushgan 1630 ta arizadan saralash bosqichidan o'tgan talabgorlarning roʻyxatini e’lon qilamiz.

Shuningdek, arizalarni baholagan ekspertlar bilan tanishing:
Temurbek Adhamov
— «Najot ta'lim» o'quv markazi asoschisi
Shahzodbek Bahodirov — «Thompson» o'quv markazi asoschisi
Jahongir Po'latov — «Cambridge» o'quv markazi asoschisi
Sardor Sodiqov — Qarshi shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori
Mardonbek Rajapov — Mikrokreditbank mas'ul xodimi
Hasan Mamasaidov — «Mfaktor» loyihasi asoschisi
Husan Mamasaidov — «Dekos group» asoschisi
Orian-Mehroj Rashidov — Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash markazi direktori

Tez kunda ekspertlar guruhi va loyiha tashkilotchilari ishtirokida ovozli suhbat tashkil etamiz. Loyiha yuzasidan o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin bo'ladi.

@alisher_sadullaev
Taxminan 10 yillar oldin qiziq bir filmga duch kelganman («Swing vote»). Ingliz tilini endi o’rganishni boshlagan paytlarim edi. Tezroq so’zlashish va tilning o’ziga xos jumlalarini o’zlashtirish uchun ko’plab filmlar ko’rardim. Men hurmat qilgan Gollivud aktyorlaridan biri Kevin Kostner ushbu filmda asosiy rolni ijro etgan. Albatta, u birmuncha noodatiy, ya’ni befarq saylovchi sifatida ko’rsatilgan, ammo film so’ngida kino ijodkorlar tomonidan bir fuqaroning ovozi qanday qudratga ega ekanligi juda ta’sirli va mufassal tushuntirilgan. Xullas, tavsiya qilaman. Zerikmaysiz.

P.S. Film treylerini bu yerda ko’rish mumkin 👉 https://youtu.be/fPICta8Rb9I

@alisher_sadullaev
Izohlarda koʻpincha menga qanday qilib toʻgʻridan toʻgʻri aloqaga chiqish mumkinligi haqida soʻrashadi. Shu sababli yoshlar bilan doimiy muloqot qilish, koʻproq ularning muammolarini, taklif va gʻoyalarini shaxsan eshitish maqsadida Telegram kanalim orqali ovozli suhbatlar tashkil etishni rejalashtiryapman. Keyinchalik sizlarga ma’qul bo’lsa, o’z sohasining ustalari va ekspertlar bilan ham turli mavzularda muloqotlar tashkil etib bormoqchimiz.

Bundan tashqari, tez orada ingliz tilida ham suhbatlar — «Conversation club» tashkil qilamiz. Bu haqida ham yana qoʻshimcha ma’lumot beraman. Koʻproq qaysi mavzularda suhbatlashishni xohlaysiz? Fikr va takliflaringizni izohlarda yozib qoldiring.

@alisher_sadullaev
Agentlikka ishga joylashish bo'yicha ochiq tanlovimizga juda ko'plab yoshlar qiziqish bildirishdi. Ochiqlikning yana bir isboti — hozir nomzodlar bilan onlayn suhbat jonli efirda ko'rsatilmoqda. Marhamat, ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

P.S. Tizim Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

https://www.youtube.com/watch?v=ugZol2nd98w

@alisher_sadullaev
Dunyoning nufuzli kompaniyalaridan biri “Tesla”ga ishga kirgan vatandoshimiz Mushtariy Sharifova bilan Yoshlar ishlari agentligi Telegram kanalida ovozli suhbat boshlandi. Ishtirok etish uchun: https://yangx.top/yoshlaragentligi?voicechat

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
Kuni kecha yoshlarimiz takliflari, g'oyalari va muammolarini to'g'ridan to'g'ri o'zimga yetkazishlari uchun kanalim orqali ovozli suhbatlar tashkil etishim haqida yozgandim. Birinchi muloqotimizni yaqinda e'lon qilingan «Talabaga madad» loyihasidan boshlamoqchiman.

Bugungacha talabalardan 2882ta murojaat kelib tushgan. Shuningdek, loyiha bo'yicha talaba-yoshlarimizdan ko'plab savollar ham kelmoqda. Ushbu savollarga javob berish maqsadida bugun, 30-oktabr kuni soat 19:00da Telegram kanalim orqali ovozli suhbat o'tkazamiz. Ishtirok etish uchun: https://yangx.top/alisher_sadullaev?voicechat

Loyiha yuzasidan savollaringiz boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring. Muloqot davomida aynan sizning savollaringizga javob berishga harakat qilamiz.

@alisher_sadullaev
Live stream started