Alisher Sadullaev
154K subscribers
2.31K photos
614 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
Ertaga, 16-iyun kuni Marg‘ilondagi Erkin Vohidov ijod maktabida «Duel» Respublika yosh ijodkorlari tanlovining Fargʻona viloyat bosqichi boshlanadi.

Bu tanlov orqali chekka hududlardagi yosh iste’dod egalarini kashf etishni va ularni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. Fargʻonalik yosh iste’dodlar, tanlovda faol boʻling! Bu imkoniyat siz uchun!

Agar hali roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, @dueluzb_bot manzili orqali roʻyxatdan oʻting!

@alisher_sadullaev
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Toirovich va Xushnudbek aka Xudoyberdiyev metsenat.uz loyihasi orqali yosh olimlarga jami 400 millionga yaqin grant taqdim qilishdi.

Olimlarga faqat “gramota” deysizlar yana)

@alisher_sadullaev
20 yil ortga qaytgandekman. 7 yoshda edim, choyxonada pista chaqib, mag’lubiyatdan hafsalasi pir bo’lgan mo’ysafid chollar esimga tushib ketdi. Eng alamlisi, chollar bu dunyodan armonda o’tib ketishdi(

@alisher_sadullaev
17-iyun, soat 22:00 da «Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilarni) shakllantirish mumkin yoxud yoshlar ziyolilarni o'zlariga kumir deb bilishlari uchun nimalar qilinishi lozim?» mavzusida suhbat qilamiz.

Suhbat linki: https://yangx.top/jahongir_pulatov_blog?voicechat

Mavzuga doir fikrlaringizni izohlarda qoldiring, eng yaxshi izoh egalariga suhbatga taklif etilishi mumkin.

@alisher_sadullaev
«Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilarni) shakllantirish mumkin yoxud yoshlar ziyolilarni o'zlariga kumir deb bilishlari uchun nimalar qilinishi lozim?» mavzusida ovozli suhbat boshlandi: https://yangx.top/jahongir_pulatov_blog?voicechat

@alisher_sadullaev
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон шаҳрида бўлиб ўтган йиғилишда вилоят аҳолисининг турмуш шароитларини яхшилаш, ижтимоий инфратузилмани ривожлантириш масалаларига алоҳида эътибор қаратди.
Ёшлар ва аёллар муаммоларини тизимли ҳал қилиш, уларни касбга ўргатиш ва иш билан таъминлаш масалаларига ҳам тўхталиб ўтилди.
Шаҳар ва туман студияларидаги аҳоли билан очиқ мулоқот бўлди.

На совещании в Андижане Президент Шавкат Мирзиёев уделил особое внимание улучшению условий жизни населения и развитию социальной инфраструктуры региона.
Затронуты вопросы системного решения проблем молодежи и женщин, их профессиональной подготовки и трудоустройства.
Состоялся открытый диалог с гражданами, подключившимися из городских и районных студий.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #faollar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Interview Marks.pdf
302.6 KB
Va nihoyat, katta umidlar bilan boshlagan loyihamizning birinchi avlodi saralab olindi. Ko’rasizlar, biz juda kuchli jamoa tuzamiz. Bu yoshlar chet tillariga yangi ruh va birdamlik olib kelishadi.

Oromgohda TEDEd bo’yicha ham yangi loyiha boshlashni reja qilganmiz. TEDchilar bormi orangizda? Nimalarga tayyor turish haqida suhbatlashamizmi, jamoa?

@alisher_sadullaev
​​FAQ: Ibrat tillar oromgohi yuzasidan eng ko'p so'ralgan savollarga javob beramiz!

1. 1-mavsum ishtirokchilari qachon va qayerda yig'ilishadi?
Javob:
Ishtirokchilar 27-iyun kuni soat 12:00da Yoshlar ishlari agentligi binosida yig'ilishadi. (Manzil: Toshkent shahar, Alisher Navoiy shoh ko'chasi, 11-uy).

2. Oromgohda qatnashish pullimi?
Javob:
Oromgohda qatnashish mutlaqo bepul. Oromgohda bo’lish bilan bog’liq xarajatlar (yotoqxona, ovqatlanish va h.k.) tashkilotchilar tomonidan to’liq qoplanadi. Biroq ishtirokchining Toshkentga kelish va qaytish xarajatlari uning o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Qanday hujjatlarimizni o'zimiz bilan olishimiz kerak?
Javob:
Ishtirokchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab etiladi.

4. Oromgoh necha kun davom etadi? Ortga qaytish chiptasini qachonga olgan ma'qul?
Javob:
Oromgoh 27-iyun kuni boshlanib, 3-iyul kuni soat 13:00 gacha barcha ishtirokchilar Toshkent shahriga qaytib kelishadi.

5. 2-mavsumga qabul qilingan ishtirokchilar uchun oromgoh qaysi sanalarda tashkillashtiriladi?
Javob:
2-mavsum ham ingliz tiliga ixtisoslashgan bo'lib, 12-iyuldan 18-iyulgacha huddi shu oromgohda tashkillashtiriladi.

@alisher_sadullaev
Telegram Suhbatlar 2.0
Jahongir Pulatov | Rasmiy Blog
«Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilarni) shakllantirish mumkin yoxud yoshlar ziyolilarni o'zlariga kumir deb bilishlari uchun nimalar qilinishi lozim?» mavzusidagi ovozli muloqot

Bu mavzu bo'yicha sizda turli savol, qo'shimcha fikr, takliflar bo'lsa, izohlarda qoldiring.

Qatnashuvchilar:

Muhammadali Eshonqulov
Temurbek Adhamov
Alisher Sadullayev
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Umid Ishmuhammedov
Otabek Hasanov
Jahongir Po'latov

Umumiy eslatma: Suhbat davomida yangragan fikrlar yuz foiz haqiqat bo'lmasligi mumkin.

Keyingi suhbat qaysi mavzuda bo'lishini xohlaysiz?

Suhbat mavzusi bo'yicha fikr va takliflarni izohlarda qoldiring, eng yaxshi izoh egalari keyingi jonli muloqotga taklif etilishi mumkin.

@alisher_sadullaev
⚡️Ertaga, 20-iyundan oliy taʼlim muassasalariga qabul boshlanadi. Abituriyentlar hujjatlarini my.dtm.uz sayti yoki my.gov.uz portali orqali onlayn topshiradi.

Qabul 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

@alisher_sadullaev
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkillashtirilgan «Ibrat tillar oromgohi»ga volontyorlar kerak!

Ilk mavsumlar ingliz tiliga ixtisoslashgan boʻlib, 20 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan, ingliz tilidan kamida C1 darajaga ega barcha yigit-qizlar joriy yilning 22-iyun sanasiga qadar (CV) o'zlari haqidagi ma'lumotlarni @ibratcamp_admin manziliga jo'natishlarini so'rab qolamiz!

Oromgohlar 27-iyundan 3-iyulgacha va 12-iyuldan 18-iyulgacha Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida tashkillashtiriladi.

@alisher_sadullaev
​​2020-yil 25-dekabr kuni Prezidentimiz yoshlar forumida xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari davlat tomonidan toʻlab berilishini maʼlum qilgandilar.

1-maydan ushbu tizim yoʻlga qoʻyildi va bugunga qadar IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan 290 nafar yoshlarning xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to'lab berildi. Bu qariyb 523,5 mln so'mni tashkil etadi.

Yoshlardan bugungacha kelib tushgan arizalarning 142 tasi Davlat xizmatlari markazi orqali, 319 tasi esa my.gov.uz portali orqali kelib tushgan. 171 nafar arizachining talabi rad etildi. Buning sababi ushbu arizachilar mazkur tizim yoʻlga qoʻyilishidan avval sertifikatni qo'lga kiritishgan.

Bu imkoniyatdan 30 yoshgacha bo'lgan barcha yoshlar birdek foydalanishlari mumkin. Buning uchun yoshlar 2021-yil 13-apreldan (ushbu qaror kuchga kirgandan) IELTS, SAT, TOEFL, GMAT, GRE kabi imtihonlarda yuqori natija qayd etgan bo'lsalar, Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

Bu hali boshlanishi. 2022-yil 1-yanvardan boshlab yana 13 turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini to'lab berish boshlanadi.

@alisher_sadullaev