Alisher Sadullaev
153K subscribers
2.31K photos
614 videos
31 files
1.63K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
加入频道
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Qiziq bir mavzu haqida fikringizni bilmoqchiman. Yoshlarni xorijda o’qishga jo’natishga ixtisoslashgan konsalting agentlik/markazlari xizmatlaridan foydalanganmisiz? Bu xizmatlar sizga qanchalik foyda yoki zarar keltirgan? Davlat TOP-100 talikdagi OTMlarga kirmoqchi bo’lgan yoshlar uchun konsalting xizmatlarini rivojlantirishiga qanday qaraysiz? Konsalting agentliklari yoki talabalarni qay yo’sinda rag’batlantirgan ma’qul?

@alisher_sadullaev
English Camp Applicants 1st Stage.pdf
980.1 KB
Yoshlar! Siz juda katta qiziqish bilan kutgan «Ibrat tillar oromgohi»ning ilk natijalarini — suhbat bosqichiga oʻtgan ishtirokchilarni e’lon qilamiz!

Oromgohning ilk mavsumi uchun ikkinchi — suhbat bosqichiga oʻtganlar va oʻta olmaganlarning natijalari ushbu faylda keltirilmoqda.

Agar siz ikkinchi bosqichga oʻta olmagan boʻlsangiz, oʻz ustingizda yana-da koʻproq ishlab, keyingi oromgohlarda ishtirok etish imkoningiz boʻladi, albatta. Faqat harakatdan toʻxtamang.

@alisher_sadullaev
❗️Rasmiy munosabat

Soʻnggi kunlarda oliy ma’lumotga ega bo’lmagan umumta’lim maktab yetakchilaridan menga juda ko’plab murojaatlar kelmoqda. O’rta-maxsus ma’lumotlilarni yoppasiga ishdan olish bo’yicha topshiriq bo’lgan, degan ma’noda.

Yaqinda yoshlar parlamenti vakillari bilan muloqotimda ham bu masalani Olimbek Tursunov, Sirdaryoda boʻlgan yoshlar bilan ochiq muloqotimizda ham yoshlar bu masalani koʻtargan edi.

Bunday topshiriq Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ham, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ham berilmagan! Yoshlar yetakchilaridan bunday holatga duch kelinganda menga murojaat qilishlarini so’rayman.

Ammo oʻrta-maxsus ma’lumotga ega yetakchilar ham harakat qilib, sirtqi ta’limda boʻlsa ham oʻqishlari va oliy ma’lumotga ega boʻlish uchun harakat qilishlari lozim.

Yetakchilardan tasdiqlanmagan xabarlarga vaqt ketkazmasdan, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yozgi ta’til vaqtida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlashda tashabbus koʻrsatishlarini soʻraymiz!

@alisher_sadullaev
Interview Schedule.pdf
486.2 KB
«Ibrat tillar oromgohi»ning ikkinchi bosqichiga o'tgan ishtirokchilar uchun onlayn suhbat ro'yxatini e'lon qilamiz!

Suhbatning aniq vaqtlari ushbu faylda ko'rsatilgan bo'lib, bir vaqtning o'zida 4 ta virtual xonada suhbat bo'lib o'tadi.

Har bir ishtirokchi belgilangan vaqtda ro'yxatda ko'rsatilgan xonaga maxsus havola orqali o'tishi shart!

Maxsus havola kunlik ravishda @ibratcamp_uz Telegram kanalida e'lon qilib boriladi.

@alisher_sadullaev
Live stream scheduled for
«Ibrat tillar oromgohi»ga qabulning birinchi bosqichi yakunlanib, ikkinchi bosqichga o'tganlar e'lon qilindi. Qabulning ikkinchi bosqichi — onlayn suhbat qanday o'tkaziladi?

Bugun, 13-iyun kuni soat 17:00da Telegramning ovozli chat funksiyasidan foydalangan holda shu mavzuda ochiq muloqot qilamiz.

Suhbat uchun havola: https://yangx.top/alisher_sadullaev?voicechat
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Muhammadali Eshonqulovning Telegram kanalida «Qanday qilib millatni yuksaltirish mumkin» mavzusida suhbat bo'lib o'tmoqda. Sizga ham tavsiya etaman: https://yangx.top/Muhammadali_Eshonqulov?voicechat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident matbuot xizmatining yana bir yangi loyihasi — «Mening hikoyam»

Unda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yigit-qizlar ushbu tashabbusning ular hayotida nimalarni o‘zgartirgani, qanday ko‘mak bergani haqida so‘zlaydilar.

#meninghikoyam #yoshlardaftari

👉🏻 https://yangx.top/shmirziyoyev
So'nggi kunlarda umumta'lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi yuzasidan ko'plab murojaatlar kelib tushmoqda. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu atrofida ko'plab muhokamalar bo'lmoqda.

Bugun, 14-iyun kuni soat 18:00 da Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida ayni shu mavzu yuzasidan ovozli chat koʻrinishida suhbat qilamiz.

Suhbat uchun havola: https://yangx.top/xushnudbek?voicechat

@alisher_sadullaev
Audio
«Qanday qilib millatni yuksaltirish mumkin? mavzusidagi audiomuloqot

Bu mavzu bo'yicha sizda turli savol, qo'shimcha fikr, takliflar bo'lsa, izohlarda qoldiring.

Qatnashuvchilar:

Abdukarim Mirzayev
Muhammadali Eshonqulov
Jahongir Po'latov
Temurbek Adhamov
Abdulaziz Muhammad
Alisher Sadullayev
Ikrom Sharif
Aziz Rahimov

Umumiy eslatma: Suhbat davomida yangragan fikrlar yuz foiz haqiqat bo'lmasligi mumkin.

Keyingi suhbat mavzusi: Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilar) shakllantirish mumkin yoxud nima uchun yoshlar ziyolilarni o'zlariga lider (kumir) deb bilishmaydi?

Ushbu mavzu bo'yicha fikr va takliflarni izohlarda qoldiring, eng yaxshi izoh egalari keyingi jonli muloqotga taklif etiladi.

@alisher_sadullaev
Assalomu alaykum, do’stlar! Erta tongdan Shahrisabz tomon yo’l oldik.

Odatdagidek, mening hamrohim bu - kitob. Bugun “Liderlar kitobi” haqida sizlar bilan muloqot qilmoqchiman. Siz bu kitobni o’qib chiqishga ulgurdingizmi? Sizni undagi qaysi jihatlar ta’sirlantirdi?

Kirish so’zini ham ko’rdingizmi?

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mamlakatimiz bo'ylab «Biznes marafon» loyihasini yo'lga qo'yish orqali yurtimizning taniqli tadbirkorlari bilan yoshlarga biznes yuritish bo'yicha muhim bilimlarni ulashib kelmoqdamiz. Bugunga qadar loyihada 22 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etishdi.

Har gal bu loyiha uchun hududlarda yig'ilgan yoshlarni ko'rib, juda katta kuch olamiz. Chunki bu yoshlarni hech kim majburlab olib kelmagan. Har bitta hududdagi tadbir 4-5 soatlab ham cho'zlib ketadi. Tashrif buyurgan barcha yoshlar borki, imkon qadar ko'proq savollariga javob olishni istashadi.

Loyihamiz navbatdagi hududda davom etadi. 16-iyun, soat 19:00 da Samarqand shahrining «Registon» maydoniga taklif etamiz! Ishtirok etish bepul. Ro'yxatdan o'tsangiz kifoya. Ro'yxatdan o'tish uchun: @biznesmarafon_bot

@alisher_sadullaev
Ertaga, 16-iyun kuni Marg‘ilondagi Erkin Vohidov ijod maktabida «Duel» Respublika yosh ijodkorlari tanlovining Fargʻona viloyat bosqichi boshlanadi.

Bu tanlov orqali chekka hududlardagi yosh iste’dod egalarini kashf etishni va ularni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. Fargʻonalik yosh iste’dodlar, tanlovda faol boʻling! Bu imkoniyat siz uchun!

Agar hali roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, @dueluzb_bot manzili orqali roʻyxatdan oʻting!

@alisher_sadullaev
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Toirovich va Xushnudbek aka Xudoyberdiyev metsenat.uz loyihasi orqali yosh olimlarga jami 400 millionga yaqin grant taqdim qilishdi.

Olimlarga faqat “gramota” deysizlar yana)

@alisher_sadullaev
20 yil ortga qaytgandekman. 7 yoshda edim, choyxonada pista chaqib, mag’lubiyatdan hafsalasi pir bo’lgan mo’ysafid chollar esimga tushib ketdi. Eng alamlisi, chollar bu dunyodan armonda o’tib ketishdi(

@alisher_sadullaev
17-iyun, soat 22:00 da «Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilarni) shakllantirish mumkin yoxud yoshlar ziyolilarni o'zlariga kumir deb bilishlari uchun nimalar qilinishi lozim?» mavzusida suhbat qilamiz.

Suhbat linki: https://yangx.top/jahongir_pulatov_blog?voicechat

Mavzuga doir fikrlaringizni izohlarda qoldiring, eng yaxshi izoh egalariga suhbatga taklif etilishi mumkin.

@alisher_sadullaev
«Qanday qilib o'rnak bo'luvchi insonlarni (liderlar, haqiqiy rahbarlar, ziyolilarni) shakllantirish mumkin yoxud yoshlar ziyolilarni o'zlariga kumir deb bilishlari uchun nimalar qilinishi lozim?» mavzusida ovozli suhbat boshlandi: https://yangx.top/jahongir_pulatov_blog?voicechat

@alisher_sadullaev