RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
758 subscribers
3.76K photos
258 videos
4 files
1.3K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
加入频道
Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

Biz korrupsiyaga qarshimiz

🌏Davlatimiz rahbarining 2021-yil 6-iyulidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining yuzaga kelishi sababi va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning huquqiy ongini shakllantirishning yangicha mexanizmi yaratildi.

📆Joriy yilning 4-yanvar kuni 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi bo'lim boshliqlari va xodimlari uchun "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida Yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori, Markaz yuriskonsulti F.Madiyev so'zga chiqib, 📝O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi buyrug'i hamda korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha muhokama etildi.

🔎Davra suhbati davomida soha xodimlarining tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, ta'magirlik, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishi yuzasidan ham tegishli koʻrsatma va tavsiyalar, shuningdek, markaz xodimlari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

#Aerogeodeziya #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

😎Instagram 😎Facebook 😎Telegram
🌐Websayt 😎You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

⭐️Kadastr agentligi 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasi mutaxassislari tomonidan 🌏Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati Payariq tumanida xatlov ishlari bajarilmoqda.

🏦Tumani hokimining 2024 yil 12-dekabrdagi tegishli farmoyishiga asosan tuman hududidagi jami 22 ta ma’muriy-hududiy birliklar, shundan 2 ta shahar, 9 ta shaharchalar va 11 ta qishloqlar chegaralarini belgilash hamda mavjud hudud(massiv)larda konturlar kesimida yer maydonlarini deshifrovka qilish, yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va natijalari asosida elektron raqamli qishloq xo‘jalik xaritalarini yangilash ishlari bajarilmoqda.

📝Ma’lumot uchun Payariq tumanining umumiy yer maydoni
128 ming 744 ga shundan qishloq xo‘jaligi yerlari 102 ming 982 ga
shu jumladan suvli ekin yer maydoni 30 ming 939 ga ni tashkil qildi.

#Kadastr #Aerogeodeziya #Xatlov_ishlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
😎Instagram 😎Facebook 😎Telegram
🌐Websayt 😎You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔔 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilgandi.

🗣Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔄 Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

⭐️ Kadastr agentligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🇺🇿Aziz Vatan himoyachilari!

5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi jamoasi barchangizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

💫Ushbu muhim kunda barchangizni olijanob va sharafli bayram bilan tabriklaymiz. Siz - taqdiri mamlakatimiz tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan chinakam qahramonlarsiz. Sizning jasoratingiz, fidoiyligingiz, xizmat tamoyillariga sadoqatingiz yuksak e’tiroflarga munosib.

🪖Vatanimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligi yo‘lida qilayotgan mashaqqatli va zarur mehnatingiz uchun sizga minnatdorlik bildiramiz.

🎗Barchangizga mustahkam iroda, kuch-quvvat tilaymiz, hatto eng qiyin onlarda ham yaqinlar mehri, atrofdagilar ehtiromi sizga ko‘makdosh bo‘lsin.

#Kadastr #Aerogeodeziya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
😎Instagram 😎Facebook 😎Telegram
🌐Websayt 😎You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🇺🇿1993-yil 29-dekabr kuni 🌏O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi. Vatanni himoya qilish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

🎁Ushbu bayram munosabati bilan 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi hamda hududulararo bo'linmalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

🇺🇿Vatanimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblaydi. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.

Bayramingiz muborak boʻlsin aziz himoyachilar!

#Kadastr #Aerogeodeziya #muhum_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
😎Instagram 😎Facebook 😎Telegram
🌐Websayt 😎You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

⚖️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

Korrupsiya-taraqqiyot dushmani!

🛑Shu sababdan ham 5️⃣Respublika aerogeodeziiya markazi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

Biz korrupsiyaga qarshimiz va korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

#Kadastr #Aerogeodeziya #Korrupsiya_taraqqiyot_dushmani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
😎Instagram 😎Facebook 😎Telegram
🌐Websayt 😎You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📣📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 22-yanvar kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Mavzu: “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunga asosan joylarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari.

🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov,
🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Айни пайтда, Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ипотека дастури доирасида 2024 йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун режалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

➡️ Унда, ўтган йилнинг ўзида 100 мингдан зиёд хонадонга эга 2 минг 44 та кўп қаватли уй барпо этилгани қайд этилди. Жон бошига уй-жой ҳажми 19 квадрат метрдан ошди (2020 йилда 16 квадрат метр бўлган). Умуман, 2024 йили юртимизда 21,4 миллион квадрат метр турар жой ва 19,1 миллион квадрат метр нотурар объектлар, жами 40,5 миллион квадрат метр бино-иншоот қурилган.

➡️ Давлатимиз раҳбари ҳокимлар уй-жой қурилишига фақат ижтимоий ёки қурилиш масаласи деб эмас, балки ҳудудини иқтисодий ривожланишида асосий “драйвер” сифатида қараши зарурлигини таъкидлади.

➡️ “Янги Ўзбекистон” массивларини қуриш бўйича мутлақо янги тизим йўлга қўйилиши таъкидланди. Энди “Янги Ўзбекистон” массивига берилган ер бўйича лойиҳалашни 2 ойдан, қурилишни бошлашни 3 ойдан оширишга йўл қўйилмайди. Бу талаб бузилса, ер қайтариб олиниб, қайта аукционга чиқарилади.

➡️ Йиғилишда таъкидланганидек, девелоперлар томонидан объектнинг 50 фоизи қурилганда, фуқаролар кредит ва субсидия олиши мумкин бўлади. Ушбу тартиб нафақат имтиёзли, балки тижорат ипотекаси учун ҳам татбиқ этилади.

➡️ Қурувчи ташкилотлар қурилишни бошлаганидан якунлагунича, лекин кўпи билан 12 ой давомида ер солиғи тўлашдан озод қилинади. Объект муддатида топширилмаса, девелопер ер солиғини 2 карра миқдорда тўлайди.

➡️ Мамлакатимизда 2030 йилгача камида 100 та “Янги Ўзбекистон” массивини қуриш режа қилинган. Бу ишларни ташкиллаштириш учун “Ўз уйим” компанияси ташкил қилинади. Ушбу компания “Янги Ўзбекистон” массивларига ер танлаш, лойиҳалаш, қуриш ва эксплуатация қилишга масъул бўлади.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM