RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
758 subscribers
3.76K photos
258 videos
4 files
1.3K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
加入频道
🟢 FIG PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI.

🌍 Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida 🇺🇿O’zbekiston nomidan ishtirok etgan 🌟Kadastr agentligi vakillari hamda FIG Prezidenti Diane Dumashie xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida Diane Dumashie xonim Xalqaro geodezistlar haftaligida O’zbekiston vakillari ishtirok etayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi va ushbu ishtirok global hamkorlik yo’lidagi muhim qadam ekanligini alohida ta'kidladi.

➡️Muzokara doirasida FIG komissiyasi sessiyalarida ishtirok etib dunyo mamlakatlarining yer resurslarini samarali boshqarish, geoaxborot tizimlarini qo'llash sohalarini kengaytirish, so'ngi texnologiyalarni qo'llanilishi va ilg'or tajribalarni o'rganish yurtimizda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek Kadastr agentligi vakillarida “Yer boshqaruvi va kadastr” yo‘nalishidagi 7-komissiyaning sessiyalari, ESRI kompaniyasining maxsus labaratoriyasidagi amaliy mashg‘ulotlar hamda ko’rgazmadagi geodeziya va kartografiya sohasidagi zamonaviy smart o‘lchov texnologiyalari katta qiziqish uyg’otgani aytib o’tildi.

🌍 Xalqaro geodezistlar federatsiyasi (FIG) bilan hamkorlikni faollashtirish, FIGning “Yosh geodezistlar salohiyatini oshirish”da O‘zbekiston vakillari ishtirokini oshirish, akademik davra imkoniyatlaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, Dumashie xonim 🌟Kadastr agentligiga FIGning navbatdagi sessiyalarida yer ma’muriyatchiligi, geodeziya va kartografiya yo‘nalishida 🇺🇿O‘zbekiston tajribasi bilan o’rtoqlashilishidan umidvor ekanligini bildirdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya #Xatlov_ishlari

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ichki avtomabil yo'llarining yer maydonlarini xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Qoraqalpog'iston Respublikasida 452 ta MFY va OFYlarida joylashgan 11752 ta (10009) km. uzunlikdagi ichki avtomobil yo'llari yer maydonlari xatlovdan o'tkazish ishlari olib borilmoqda.

➡️Xorazim viloyatida 532 ta MFYda joylashgan 7130 ta (8649) km. uzunlikdagi ichki avtomobil yo'llarining yer maydonlari xatlovdan o'tkazilmoqda.

➡️Bundan tashqari Xorazm viloyatining suv fondidagi 15517 ta (159996) km. uzunlikdagi 13517 gektar kanal va kollektorlarni xatlovdan o'tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Италия Республикаси Президенти Сержо Маттарелланинг таклифига биноан расмий ташриф билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Итальянской Республики Серджо Маттареллы отбыл в эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Italiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi "Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi" DUK o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan, Jizzax shahrining Bosh rejasi uchun 726 gektar hududida topografik suratga olish ishlari amalga oshirilmoqda.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Aerogeodeziya

O'quv seminar

📚2023-yil 10-iyun kuni Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi Jizzax hududlararo bo'linmasining yillik ish rejasiga muvofiq, xodimlarning nazariy va amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida Zomin tumanida «Har bir xodim topograf va kartograf» mavzusida oʻquv-seminari o'tkazildi.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Aerogeodeziya #Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi 405-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida doimiy ishlab turuvchi GNSS stansiyalar sonini 50 ta dan 130 ta ga yetkazish belgilangan.

🌟Kadastr agentligi ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori A.S.Omonov hamda "Leica Geosystems" AG Yevropa, O'rta sharq va Afrika mintaqasidagi menejeri Nikolas De Maugin boshchiligida 80 ta GNSS stansiyalarini o'rnatish va ishga tushirish muhokama qilindi.

📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM