Sirdaryolik Yoshlar
7.8K subscribers
16.3K photos
1.86K videos
12 files
5.14K links
加入频道
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryolik faol yoshlar doim harakatda.

Guliston shahar Yoshlar ishlari bo'limi hamda bir guruh faol yoshlar xayrli tashabbus bilan chiqishdi. Yoshlar qishning sovuq havosiga qaramasdan obodonlashtirish ishlarida o'z hissalarini qo'shayotgan kun qahramonlari ya’ni obodonlashtirish xodimlariga mehr ulashishdi.

#Yoshlarforumi2024
#Men_volontyorman

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Forwarded from Alisher Sadullaev
Toki o'zbekistonlik bolalar kitoblarni sevib qolmagunlaricha, yoshlar uchun kitob o'qish kisloroddek muhim manbaga aylanmaguncha, biz mehnat qilaveramiz, mehnat qilaveramiz. Bu ish bizning gardanimizga tushgan, bu vazifa katta vazifa. Uni uddalash bizga mas'uliyat va sharaf.

#mutolaavaqtikeldi

@mutolaaxona
Forwarded from Yetakchi kundaligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tezkor #Mobile_Rakurs

Mahalladagi yoshlar yetakchilarining I forumi boshlanmoqda

Yetakchi kundaligi:
https://yangx.top/+xo6sqVSOHLFjMmNi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Ayni vaqtda Sirdaryolik faol yoshlar yetakchilari “Mahalladagi yoshlar yetakchilarining I-forumi” da ishtirok etishmoqda

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda “Mahalladagi yoshlar yetakchilari I Forumi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ochilish marosimida yuqori darajadagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, jumladan, Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ichki ishlar, Mudofaa, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi rahbariyati, Yoshlar ishlari agentligi direktori, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi ishtirok etdi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
#tezkor

⚡️Qadrli yoshlar
, barchangizni “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasiga taklif etamiz!

🎬 “Yoshlar forumi – 2024” doirasida tashkil etilayotgan film premyerasi 20-dekabr soat 11:00 da Guliston shahrida joylashgan viloyat Yoshlar markazida bo’lib o’tadi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan.

📽Premyeraga serial qahramonlari ham tashrif buyurishadi. Barchangizni premyerada kutib qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Bugun Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tuman (shahar)larda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennis, voleybol, mini-futbol turlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning mini-futbol turi bo‘yicha Mirzaobod tumani Yoshlar ishlari bo’limi jamoasi faxrli 🥈-o‘rinni hamda sportning stol tennis turi bo’yicha Guliston tumani Yoshlar ishlari bo‘limi xodimi O‘tkir Ermatov faxrli🥈-o‘rinni qo’lga kiritishdi.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi nomidan Mirzaobod hamda Guliston tumanlari Yoshlar ishlari bo’limi xodimlarini ushbu g‘oliblikni qo’lga kiritganligi bilan tabriklaymiz hamda omad va zafarlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Jamiyatda o‘z o‘rningni topishni istasang, buni isbotla!

🎬Bugun Sirdaryo viloyat Yoshlar markazida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida uzoq kutilgan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.

📽Premyeraga serial qahramonlari ham tashrif buyurishdi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Serialda yosh va katta avlod o‘rtasidagi qarama-qarshi dunyoqarashlar, o‘zaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar tomoshabinga chuqur va ta’sirli tarzda namoyish etiladi.

📹Veb-serial jami 10 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismni hoziroq “Kurash” Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #premyera

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook