Sirdaryolik Yoshlar
7.86K subscribers
16.3K photos
1.85K videos
12 files
5.13K links
加入频道
Bugun Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tuman (shahar)larda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, stol tennis, voleybol, mini-futbol turlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

⚡️ Tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning mini-futbol turi bo‘yicha Mirzaobod tumani Yoshlar ishlari bo’limi jamoasi faxrli 🥈-o‘rinni hamda sportning stol tennis turi bo’yicha Guliston tumani Yoshlar ishlari bo‘limi xodimi O‘tkir Ermatov faxrli🥈-o‘rinni qo’lga kiritishdi.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi nomidan Mirzaobod hamda Guliston tumanlari Yoshlar ishlari bo’limi xodimlarini ushbu g‘oliblikni qo’lga kiritganligi bilan tabriklaymiz hamda omad va zafarlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Jamiyatda o‘z o‘rningni topishni istasang, buni isbotla!

🎬Bugun Sirdaryo viloyat Yoshlar markazida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida uzoq kutilgan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.

📽Premyeraga serial qahramonlari ham tashrif buyurishdi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Serialda yosh va katta avlod o‘rtasidagi qarama-qarshi dunyoqarashlar, o‘zaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar tomoshabinga chuqur va ta’sirli tarzda namoyish etiladi.

📹Veb-serial jami 10 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismni hoziroq “Kurash” Youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!

#Yoshlarforumi2024 #premyera

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Bugun Sirdaryo viloyati Yoshlar markazida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida uzoq kutilgan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Serial Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlandi.

📽Premyeraga serial qahramonlari ham tashrif buyurishdi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

#Yoshlarforumi2024 #premyera

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Qahramon Quranboyev va Alisher Saʼdullayevning mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda!

Muloqotda dastavval, mahallalarda yoshlar yetakchilari tizimi joriy etilgani va buning natijasida 1 milliondan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlangani alohida e’tirof etildi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” tizimi, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, chet tillar va kasb-hunarga o‘qitish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, 2025-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan yangidan-yangi taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq muloqot qizg‘in davom etmoqda

⚡️“Yoshlar forumi” doirasida tashkil etilgan ochiq muloqot qizg‘in munozaralar, foydali takliflar va amaliy tashabbuslar bilan davom etmoqda!

Agentlik direktori Alisher Saʼdullayev o‘z nutqida yoshlar yetakchilarining ustuvor vazifalari haqida to‘xtalib, ularni 4 asosiy tamoyilga e’tibor qaratishga chaqirdi. U har bir yoshlar yetakchisini o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yish, bu maqsadga erishish uchun muntazam harakat qilish, o‘z zimmasiga masʼuliyat olish va har bir ishning yakunida natijaga erishishga intilish zarurligini ta’kidladi.

📰Ushbu tamoyillar asosida ishlaydigan har bir yoshlar yetakchisi nafaqat o‘z kelajagini, balki orqasidan ergashayotgan yoshlarning kelajagini ta’minlashga hissa qo‘shadi.

#Yoshlarforumi2024 #Yoshlaryetakchilari

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM