Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi
427 subscribers
18.1K photos
2.38K videos
16 files
3.54K links
🎭🎼 @Sirdaryo_madaniyat — Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali

@SirdaryoMadaniyatBot
📞 +99867-225-1089
加入频道
Guliston tumanida “Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan “Do‘stlik festivali” oʻtkazildi.

30-iyul dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilinib, keng nishonlanadi. Yurtimizda shu munosabat bilan, 30-iyuldan 7-avgustga qadar "Do‘stlik festivali" o‘tkazilmoqda.

Guliston tumanida ham bugun festival koʻtarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Guliston tuman madaniyat bo‘limi xonandalari va raqqosalari ishtirok etib, turli millat vakillarini o‘ziga xos raqs va qo‘shiqlarini namoyish etdilar. Shuningdek, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ushbu tadbir turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Festival ishtirokchilar va tomoshabinlar qalbida iliq taassurot qoldirdi va millatlararo totuvlikni yana bir bor namoyish etdi.
⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari davomida o’rganish natijalari yuzasidan yig’ilish o’tkazdi.

Unda, viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari, viloyat Filarmoniyasi, tuman (shahar) madaniyat bolimlari hamda bolalar musiqa va san'at maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda Prezidentning 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori ijrosi, undagi:

- har bir tuman va shaharlarda tashkil etilshi belgilangan namunali madaniyat markazlari hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar;

EDO.IJRO.UZ idoralararo elektron tizim orqali kelib tushgan hujjatlarning ijro holati;

- tizim tashklotlarida ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar;

- Madaniyat markazlarining zaruriy cholg‘u asboblar bilan ta’minlanganlik holati va boshqa masalalar muhokama qilinib, bir qator mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida viloyatning madaniyat va san’at sohasi bitiruvchi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”tashkil qilinib, bunda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat e'lon!

⚡️ Madaniyat vazirligi "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalining Respublika ko'rik-tanlovini e'lon qiladi.

Batafsil

Shoshiling! Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!!

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Tanlov tugashiga 10 kun qoldi.

🇺🇿 Madaniyat vazirligi hamda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan barchamiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram – yurtimiz mustaqilligining o'ttiz uch yilligi munosabati bilan qo'shiqlar tanlovini e'lon qilgan edi.

Bugungi kungacha 70ga yaqin ijodiy ishlar kelib tushgan.

❗️ Ma'lumot uchun, ijodiy ishlar 2024-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan ijodkorlar o‘z qo‘shiqlarini “O‘zbekkonsert” davlat muassasasining @mustaqillik2024 telegram manziliga yo‘llashlari mumkin.

📞 Murojaat uchun telefon: +99871 234-24-28

👉 Batafsil

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
📣 Diqqat, diqqat!

⚡️ Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida doktorantura bosqichi ochildi

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli bayoni qaroriga asosan Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Oliy ta'limdan keyingi ta'lim — mustaqil izlanuvchilik (PhD) bosqichi ochildi.

Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Oliy ta'limdan keyingi ta'lim — mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga
17.00.07 - Madaniyatshunoslik,
07.00.07 - Etnografiya, etnologiya va antropologiya,
10.00.08 - Folklorshunoslik
ixtisosliklari bo'yicha o'qish istagida bo'lgan talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1. Direktor nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik ma'lumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl bo'yicha o'zbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxasislik dasturlari bo'yicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi;
4. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
5. Ish joyidan tavsifnoma;
6. Pasport nusxasi;
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).

Avgust oyining 25-sanasiga qadar ushbu taʼlim bosqichiga kirish istagida boʻlgan nomzodlar tomonidan barcha hujjatlarning pdf nusxalari Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — http://phd.mininnovation.uz orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn taqdim etiladi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Doʻstlik_festivali

⚡️ Xabaringiz bor, 30-iyul "Xalqlar do'stligi kuni" munosabati bilan respublika bo'ylab, 29-iyuldan 4-avgustga qadar “Do‘stlik” festivali o'tkazildi.

Ushbu bayram tantanalari mamlakatimizning barcha hududlarida o'tkazildi. Quyida hududlarda bo'lib o'tgan tadbirlar bilan tanishishingiz mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi

Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi

Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi

Namangan viloyati madaniyat boshqarmasi

Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati madaniyat boshqarmasi

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi

Sirdaryo viloyati madaniyat boshqarmasi

Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasi

Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi

Toshkent viloyati madaniyat boshqarmasi

Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi

Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt