Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasi
426 subscribers
18.1K photos
2.38K videos
16 files
3.54K links
🎭🎼 @Sirdaryo_madaniyat — Sirdaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining Telegram'dagi rasmiy kanali

@SirdaryoMadaniyatBot
📞 +99867-225-1089
加入频道
Sayxunobod tumanida “Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan “Do‘stlik festivali” oʻtkazildi.

30-iyul dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilinib, keng nishonlanadi. Yurtimizda shu munosabat bilan, 29-iyuldan 4-avgustga qadar "Do‘stlik festivali" o‘tkazilmoqda.

Sayxunobod tumanida ham bugun festival koʻtarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Sayxunobod tuman madaniyat bo‘limi xonandalari va raqqosalari ishtirok etib, turli millat vakillarini o‘ziga xos raqs va qo‘shiqlarini namoyish etdilar. Shuningdek, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ushbu tadbir turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Festival ishtirokchilar va tomoshabinlar qalbida iliq taassurot qoldirdi va millatlararo totuvlikni yana bir bor namoyish etdi.

Telegram | Web-site | Facebook
Forwarded from Azamatov Davron
❇️2024 yil 3-avgust kuni viloyat Musiqali drama teatrida O'zbekiston Davlat filarmoniyasi Sirdaryo bo'limi taniqli xonandalari,sozandalari hamda "Tamanno" raqs ansambli ijrosida "Gala-konsert" dasturi namoyish etildi.

⚡️Konsert dasturida yangragan kuy va qo'shiqlar kelgan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.

https://yangx.top/Sirdaryo_madaniyat
Guliston tumanida “Xalqlar do‘stligi” kuni munosabati bilan “Do‘stlik festivali” oʻtkazildi.

30-iyul dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mamlakatimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb e’lon qilinib, keng nishonlanadi. Yurtimizda shu munosabat bilan, 30-iyuldan 7-avgustga qadar "Do‘stlik festivali" o‘tkazilmoqda.

Guliston tumanida ham bugun festival koʻtarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Guliston tuman madaniyat bo‘limi xonandalari va raqqosalari ishtirok etib, turli millat vakillarini o‘ziga xos raqs va qo‘shiqlarini namoyish etdilar. Shuningdek, xalq hunarmandchiligi ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ushbu tadbir turli millat vakillari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Festival ishtirokchilar va tomoshabinlar qalbida iliq taassurot qoldirdi va millatlararo totuvlikni yana bir bor namoyish etdi.
⚡️ Kuni kecha madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari davomida o’rganish natijalari yuzasidan yig’ilish o’tkazdi.

Unda, viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari, viloyat Filarmoniyasi, tuman (shahar) madaniyat bolimlari hamda bolalar musiqa va san'at maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur yig‘ilishda Prezidentning 2023-yil 25-dekabrdagi PQ–406-son qarori ijrosi, undagi:

- har bir tuman va shaharlarda tashkil etilshi belgilangan namunali madaniyat markazlari hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan ishlar;

EDO.IJRO.UZ idoralararo elektron tizim orqali kelib tushgan hujjatlarning ijro holati;

- tizim tashklotlarida ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar;

- Madaniyat markazlarining zaruriy cholg‘u asboblar bilan ta’minlanganlik holati va boshqa masalalar muhokama qilinib, bir qator mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida viloyatning madaniyat va san’at sohasi bitiruvchi yoshlari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”tashkil qilinib, bunda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM