#хотин_қизлар_ҳуқуқи
⛔️Ҳомиладорлиги ёки боласи борлиги сабабли аёлларни ишга қабул қилишни рад этиш ва уларнинг иш ҳақини камайтириш тақиқланади.
📜Ҳомиладор аёлни ёки уч ёшга тўлмаган боласи бор аёлни ишга қабул қилиш рад этилганда иш берувчи рад этишнинг сабабларини уларга ёзма равишда маълум қилиши шарт.
📤Мазкур шахсларни ишга қабул қилишни рад этганлик устидан судга шикоят қилиниши мумкин.

Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_hudud
Jomboy tuman adliya bo‘limiga 30 nafar fuqarolarga ish haqi to‘lanmayotgani bilan bog‘liq mazmunda murojaat kelib tushdi.
O‘rganish davomida xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarida 17 nafar laborant hamda 13 nafar xo‘jalik mudiri vazifasidagi xodimlarga ish haqi to‘lanmagani aniqlandi. Holat yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizalari kiritildi.
Ish mazmunan ko‘rib chiqilib, budjet mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo‘lgan xizmatchilarning ish haqini to‘lab berish uchun 97 mln 183 ming so‘m undiruv belgilandi.
Munis USMONOV,
Jomboy tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.
@adliyangiliklari

#Диққат_муҳим #Мутахассис_шарҳи
⚡️Меҳнат миграциясининг етарли даражада тартибга солинмаганлиги "меҳнат қуллари" савдосини кучайтирмоқда
Сўнгги пайтларда миграциянинг ўсиши ва юзага келаётган муаммолар, белгиланган тартибларни четлаб ўтиш орқали ноқонуний меҳнат миграция фаолияти билан шуғулланадиган юридик шахслар ортиб бораётгани ҳамда ноқонуний меҳнат миграциянинг кўпаётгани қайд этилмоқда.
Шу муносабат билан Адлия вазирлиги ҳузуридаги Ҳуқуқий сиёсат тадқиқот институти томонидан Ўзбекистон Республикаси фуқароларининг меҳнат миграцияси соҳасидаги муаммоли масалалари ўрганилди.
Батафсил: http://uza.uz/posts/342060

Uza.uz
Меҳнат миграциясининг етарли даражада тартибга солинмаганлиги
Сўнгги пайтларда миграциянинг ўсиши ва юзага келаётган муаммолар, белгиланган тартибларни четлаб ўтиш орқали ноқонуний м
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
#TEZKOR
АФВ ЭЪЛОН ҚИЛИНДИ
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев “Озодликдан маҳрум этиш жазосини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.
Фармонга мувофиқ, Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 93-моддаси 23-бандига асосан билиб-билмай жиноят содир этган, ҳозирги вақтда қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган, жазо муддатини ўтаётган 63 нафар фуқаро афв этилди.
Афв этилган шахсларнинг 44 нафари жазони ўташдан муддатидан илгари шартли озод қилинади. Шунингдек, 19 нафар шахсга тайинланган озодликдан маҳрум этиш жазосининг муддатлари қисқартирилади.
Афв этилганларнинг 2 нафарини 60 ёшдан ошган шахслар ташкил этади. Фармоннинг тўлиқ матни www.uza.uz сайтида эълон қилинади.
Каналга уланиш:
➖ @uzauz

Forwarded from Intellektual mulk yangiliklari
Qandli diabet bilan kasallangan bemorlar
uchun ortopedik poyabzal ixtiro qilindi
🩸Qandli diabet bugungi kunda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Ushbu kasallik bilan bemorning oyog'ida qon aylanishi buziladi, sezgirlik yo'qoladi, to'qimalar o'ladi, qon tomirlari ta'sirlanadi, osteoartropatiya tufayli oyoq deformatsiyasi paydo bo'ladi va og'riq sezish imkoni bo'lmagan izlar paydo bo'ladi.
🥾Qandli diabet bilan kasallangan bemorning oyog'i alohida e'tibor talab qiladi. Oyoqda yoriqlar va hatto minimal shilinmalar paydo bo'lishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi, chunki bunday bemorlarda yaralar bitishi juda qiyin kechadi. Bu esa gangrenaga va oyoq-qo'llarning amputatsiyasiga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, diabetik oyoq sindromi bilan og'rigan bemorlarda terining sezgirligi buziladi va ular oyoq kiyimga toshcha kirishi yoki tasodifan kirgan begona narsalarni sezmasliklari mumkin.
Diabetik oyoq sindromi bilan og'rigan bemorlarning asosiy vazifasi - oyoq terisini har kuni mukammal holatda kuzatib borish va saqlashdan iborat. Shu sabab ularga qulay poyabzal kiyib yurish juda muhim.
💡Ixtironing maqsadi qandli diabet bilan og'rigan bemorlar uchun oyoq kiyimlarini ishlab chiqishdan iborat bo'lib, boshqa shu kabi analoglardan farqi ulardagi kamchiliklarni to'ldirgan holda oyoqdagi yukning bir xil taqsimlanishini ta'minlash, oyoqlarning shikastlanishini maksimal darajada kamaytirishdan iborat.
🔖Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro mualliflariga “Ixtirolаr, foydаli modellаr vа sаnoаt nаmunаlаri toʼgʼrisidа”gi qonunga ko’ra IAP 06611 raqamli patent berildi.

Adliya organari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari rivojlanmoqda
Adliya organlari tashkil etilganligining 30 yilligini nishonlash doirasida joriy yilning
31-yanvar kuni Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida o‘tgan yillar mobaynida adliya organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro sheriklik sohasida amalga oshirilgan ishlar, ularning davlat organlari bilan hamkorlik istiqbollari, erishilgan yutuqlar, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffofligi muhokama etildi.
20 dan ortiq vazirlik-idoralar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida 100 ga yaqin ijtimoiy buyurtma loyihalari ishlab chiqilganligi va amalga oshirilganligi ta’kidlandi.
Batafsil:https://minjust.uz/uz/press-center/news/103222/

Adliya xabari
Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston biatlon federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida biatlon sport turini rivojlantirish, ommaviylashtirish, biatlon bilan shugʻullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz aʼzolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

#Адлия_хабари
⚡️Nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi”dagi natijasi
Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti asosida 2021-yil yakuni bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlarining “Ochiqlik indeksi” natijasi e’lon qilindi
Batafsil👉🏻:http://ngo.uz/uz/2021-yil-buyicha-nodavlat-notizhorat-tashkilotlari-urtasida-ochiklik-indeksi-elon-kilindi

#Adliya_xabari
Бугун, 1 февраль куни Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг навбатдаги мажлиси бўлиб ўтди.
Унда Адлия вазирлиги томонидан ишлаб чиқилган “Ер участкаларини компенсация эвазига жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйиш тартиб-таомиллари тўғрисида”ги қонун лойиҳаси иккинчи ўқишда кўриб чиқилди.
Қонун лойиҳасида қуйидагилар назарда тутилмоқда:
- жисмоний ва юридик шахсларга эгалик қилиш, доимий фойдаланиш ёки вақтинчалик фойдаланиш ҳуқуқи билан тегишли бўлган ер участкаси ёки унинг бир қисми жамоат эҳтиёжлари учун олиб кўйишга оид қатъий тартиблар;
-жамоат эҳтиёжлари учун олиб қўйилган ер участкаси ва унда жойлашган кўчмас мулк объектларининг ҳуқуқ эгаларига компенсация бериш тартиб-таомиллари.
Мажлисда қонун лойиҳаси депутатлар томонидан учинчи ўқишда қабул қилинди.
Қонун лойиҳасининг қабул қилиниши жамоат эҳтиёжлари учун ер участкаларини компенсация эвазига ер участкаларини олиб қўйиш масалалари тўғридан-тўғри амал қиладиган яхлит қонун билан тартибга солишга, низоли вазиятларни олдини олиш ва ушбу соҳадаги низоларни самарали ҳал этишга хизмат килади.

#Adliya_aralashgach
⚡️Adliya 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2021-yilning oktabr oyida jami 18 ta 58 901 672 so‘mlik shartnomalar markazning huquqiy xulosalarisiz tuman G‘aznachilik bo‘limidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil 24-noyabrda 10-23/1-165-sonli taqdimnoma kiritilgan va tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining 2021-yil 26-noyabrdagi 240-k-sonli buyrug‘i bilan hisobxona bo‘limi shartnomalar bo‘yicha hisobchisiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Batafsil:👇👇👇
Telegram / Facebook / Мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot

Telegraph
Adliya 776 million so‘m davlat mablag‘ining noqonuniy foydalanilishiga chek qo‘ydi
Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 2021-yilning oktabr oyida jami 18 ta 58 901 672 so‘mlik shartnomalar markazning huquqiy xulosalarisiz tuman G‘aznachilik bo‘limidan o‘tkazilgan. Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tuman adliya bo‘limi tomonidan…
Forwarded from Huquqiy axborot
#Хотин_қизлар_ҳуқуқи
Аёлларнинг пенсия ёшига тўлганлиги ёки ёшга доир давлат пенсиясини олиш ҳуқуқи вужудга келганлиги сабабли номуайян муддатли меҳнат шартномасини 60 ёшга тўлгунга қадар ёки муддатли меҳнат шартномасини муддати тугагунга қадар иш берувчининг ташаббусига кўра бекор қилиш тақиқланади.
Каналга уланиш👇👇👇
https://yangx.top/huquqiyaxborot

Forwarded from Poytaxt_adliya
#Adliya_aralashgach
⚡️Mulkdorga yetkazilgan zarar undirildi!
Fuqaro D.I.ga tegishli bo‘lgan, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 339,0 kv.m. bo‘lgan savdo do‘koni, Toshkent shahar hokimligining 2016-yil 11-apreldagi 293-son qaroriga asosan buzilgan.
Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
Telegram / Facebook / Мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot
⚡️Mulkdorga yetkazilgan zarar undirildi!
Fuqaro D.I.ga tegishli bo‘lgan, Shayxontohur tumani, Mannon Uyg‘ur ko‘chasida joylashgan umumiy maydoni 339,0 kv.m. bo‘lgan savdo do‘koni, Toshkent shahar hokimligining 2016-yil 11-apreldagi 293-son qaroriga asosan buzilgan.
Batafsil:👇🏻👇🏻👇🏻
Telegram / Facebook / Мурожаат учун: @Poytaxtadliyabot
Telegraph
Mulkdorga yetkazilgan zarar undirildi!
Fuqaro D.I.ning buzilgan noturar joy evaziga to‘langan narx bo‘yicha vujudga kelgan tafovut to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib Adliya vazirligiga yozgan murojaati Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqildi. Aniqlanishicha, fuqaro…
#хотин_қизлар_ҳуқуқи
📍2 ёшга тўлмаган болали аёллар аввалги ишини бажариши мумкин бўлмаганида боласи 2 ёшга тўлгунгача енгилроқ ёки ноқулай ишлаб чиқариш омилларининг таъсиридан холи ишга ўтказилади.
💵 Бунда аввалги ишидаги ўртача ойлик иш ҳақи сақлаб қолинади.
📍2 ёшга тўлмаган болали аёллар аввалги ишини бажариши мумкин бўлмаганида боласи 2 ёшга тўлгунгача енгилроқ ёки ноқулай ишлаб чиқариш омилларининг таъсиридан холи ишга ўтказилади.
💵 Бунда аввалги ишидаги ўртача ойлик иш ҳақи сақлаб қолинади.
Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_brifingi
📢 Bugun, 3-fevral kuni Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing o‘tkaziladi. Brifing UZREPORT va O‘zbekiston-24 telekanallarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda onlayn translyasiya qilindi.
📍Mavzu: Qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan
⏰ Vaqti: 12:00

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Алимент пули етмаган ҳолатда суд орқали кўпайтириш мумкин
АОКАда бўлиб ўтган брифингда Адлия вазирлиги ахборот хизмати раҳбари Севара Ўринбоева аҳолидан келган муҳим мурожаатларга жавоб қайтарди.
📌Алимент тўлови тарафларнинг моддий ёки оилавий аҳволи ва бошқа ҳолатларни ҳисобга олган ҳолда суд томонидан камайтирилиши ёки кўпайтирилиши мумкин;
📌 давлат органлари қарорлари натижасида етказилган зарарни ундириш ҳуқуқи ҳам маъмурий судларга берилади;
📌фермер етиштирган маҳсулот унинг мулкдир ва у давлат ҳимоясида;
📌"Аёллар дафтари"га 30 ёшдан ошган, ижтимоий ҳимояга муҳтож ишсиз хотин-қизлар киритилади;
📌Fake хабар тарқатганлар 13 миллиондан 54 миллион сўмгача жаримага тортилади ёхуд 2 йилгача ахлоқ тузатиш ёки 2 йилгача озодликни чеклаш билан жазоланади;
📌 Контрафак маҳсулот сотган ёки тарқатган шахсларга БҲМнинг 5 бараваридан 10 бараваригача, мансабдор шахсга 10 бараваридан 20 бараваригача миқдорда жарима солинади.
Батафсил
Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк

#Очиқ_адлия
Нима?
Адлия вазирлигининг
ЖАМОАТЧИЛИККА ҲИСОБОТИ
Очиқ мулоқот ва савол-жавоб тарзида суҳбат. Мақсад — Адлия вазирлиги фаолиятининг очиқлиги ва ошкоралигини таъминлаш, унинг 2021 йилдаги фаолияти ва истиқболли режалари кенг жамоатчиликни хабардор қилиш, аҳоли ва оммавий ахборот воситалари вакиллари билан самарали қайта алоқа ўрнатишдан иборат.
Адлия вазирлиги томонидан кетма-кет учинчи йилдирки, журналистлар, блогерлар, фикр-мулоҳазалар етакчилари иштирокида тизимдаги мавжуд муаммолар, замон чақириқларини очиқ муҳокама қилинаётган учрашув ўтказилмоқда.
2022 йил ҳам бундан мустасно эмас. Адлия вазири Русланбек Давлетов иштирокида бўлиб ўтадиган медиа ивентда нафақат вазирлик фаолияти таҳлил қилинади, балки жамиятда ҳуқуқий соҳадаги асосий тенденциялар ҳам кўриб чиқилади. Журналистлар ва блогерлар бевосита ўзларини қизиқтирган маълумотлар ва саволларига жавоб олиш учун ноёб имкониятга эга бўладилар.
Қаерда?
Тошкент шаҳри, Сайилгоҳ кўчаси, 5
Адлия вазирлигининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларида онлайн трансляция қилинади
Қачон?
7 февраль, соат 11.00 да

Sevara Urinbayeva pinned «#Очиқ_адлия Нима? Адлия вазирлигининг ЖАМОАТЧИЛИККА ҲИСОБОТИ Очиқ мулоқот ва савол-жавоб тарзида суҳбат. Мақсад — Адлия вазирлиги фаолиятининг очиқлиги ва ошкоралигини таъминлаш, унинг 2021 йилдаги фаолияти ва истиқболли режалари кенг жамоатчиликни хабардор…»