Raqobat qo‘mitasi
18.2K subscribers
6.71K photos
995 videos
10 files
4.37K links
Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси

📍 Лабзак, 3 Тошкент 100128
🌐 raqobat.gov.uz
📞 71 207 47 00
☎️ 1159
📧 [email protected]
x.com/RaqobatGovUz
instagram.com/raqobat_gov_uz
facebook.com/RaqobatGovUz
加入频道
#Murojaat_va_natija

🚛 NARXLARNI OSHIRILISHI NATIJASIDA ORTIQCHA OLINGAN TO‘LOVLAR QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

🔝 Raqobat qo‘mitasi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan “Hududgaz Sirdaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi, belgilangan narxlarni (tariflarni) qo‘llanilishi, Raqobat qonunchiligiga amal qilinishi yuzasidan boshqarma tahlil va o‘rganish o‘tkazdi.

➡️ Mirzaobod tuman avtomobil yo‘llardan foydalanish korxonasiga 8 358 100 so‘m, Guliston tuman avtomobil yo‘llardan foydalanish korxonasiga gaz ta’minotidan 276 300 so‘m ortiqcha to‘lov hisoblangan.

Shu bilan birga, boshqarma maxsus komissiyasining bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmasiga asosan avtomobil yo‘llardan foydalanish korxonalariga nisbatan oshiqcha hisoblangan 9 030 100 so‘m mablag‘ “Hududgaz Sirdaryo” GTF tomonidan qayta hisob-kitob qilinishi ta'minlandi

🔝 Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

🏬 DAVLAT XARIDLARIDA QONUN BUZILISH HOLATLARI

🟡 Raqobat qo‘mitasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Kogon shahar sport maktabi amalga oshirgan davlat xaridlarida Oʼzbekiston Respublikasi “Raqobat toʼgʼrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʼgʼrisida”gi Qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilinganligi holati oʼrganib chiqildi.

🔎 O‘rganishda natijasida lotlardagi savdolar bo‘yicha takliflar xarid komissiyasi tomonidan baholash mezonlarisiz baholangani qayd etildi.

Mazkur qonun talablari buzilish holatlari yuzasidan boshqarma tomonidan ish qoʼzgʼatilib, maxsus komissiyaning qonunbuzilishini toʼxtatish boʼyicha bajarilishi majburiy boʼlgan koʼrsatmasi berildi hamda qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga choralar qo‘llash bo‘yicha hujjatlar sudga taqdim etildi.

🔝 Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

📌 FUQAROGA 48 MLN 466 MING SO‘M MABLAG‘ QAYTARLISHI TA’MINLANDI

🌫 Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro J.G. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

🌫 Mazkur murojaat Raqobat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganilganda fuqaro 2023-yil 26-dekabrda “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” MCHJga “DAMAS” rusumli avtomobil xarid qilish uchun 48 mln 466 ming so‘m to‘lov qilgani, oilaviy sharoiti tufayli pulga ehtiyoj bo‘lib qolganligi uchun ikki o‘rtada tuzilgan shartnomani bekor qilish bo‘yicha joriy yilning 9-aprel kuni avtosalonga ariza bergani, ammo murojaati ikki oyga qadar hal etilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni mazkur korxona tomonidan fuqaroga avtomobilga to‘langan pulni qaytarish paysalga solib kelingani aniqlandi.

🌫Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida, iste'molchi va “BILLUR AVTO SAVDO NAVOIY” MCHJ bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, avtomobilga to‘langan 48 mln 466 ming so‘m pul malag‘lari fuqaroga qaytarilishi ta’minlandi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

🤔 SIFATSIZ ISSIQXONA QAYTA TA’MIRLANDI

🏬 Joriy yilning may oyida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining ishonch telefoniga Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat yo‘llangan.

🪪 Murojaatda, fuqaro bankdan issiqxona uchun kredit olganligi va sifatsiz issiqxona qurilganligi, qurilishidan hech qancha vaqt o‘tmay qurilma yaroqsiz holatga kelganligi, bu holat yuzasidan bank xodimlari va issiqxona qurib bergan quruvchi kompaniya ham e’tibor qaratmaganligidan norozi ekanligi keltirilgan.

🌫 Ushbu murojaat hududiy boshqarma xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” Qonunining 19-20 moddalariga asosan iste’molchi roziligi asosida 12 000 000 so‘mlik issiqxona qayta taʼmirlanib berildi va iste’molchi huquqi tiklandi.

🔝Batafsil

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija

ISTE’MOLCHIGA 112 MLN SO‘M MABLAG‘ TO‘LIQ QAYTARILISHI TA’MINLANDI

✈️ Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro "FAVORITE-SERVICE" mas’uliyati cheklangan jamiyatidan norozi bo‘lib Raqobat qo‘mitasiga murojaat yo‘llagan.

✈️ Fuqaro 2023-yilda TRACKER rusumli avtomashinasini sotib olish maqsadida shartnoma imzolagan va 112 000 000 so‘m boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan. Biroq, oilaviy sharoiti tufayli, 2024-yilning 16-fevralida shartnomani bekor qilish va to‘langan mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida kompaniyaga murojaat qilgan.

✈️ Murojaatdan so‘ng bir necha oy o‘tgan bo‘lsa-da, shartnoma bekor qilinmagan va mablag‘ fuqaroga qaytarilmagan. Bu vaziyat, fuqaroning huquqlarini buzilishiga olib kelgan va u Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Murojaat asosida hududiy boshqarma mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-22-moddalari asosida o‘rganishlar olib borgan. Ushbu moddalar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va tijorat subyektlarining majburiyatlarini aniq belgilab beradi.

Hududiy boshqarma mutaxassislarining sa’y-harakatlari bilan, fuqaroga “FAVORITE-SERVICE” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 112 000 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Kanalga ulanish 🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz

🖼️ veb-sahifa | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM