Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICHKI BOZORLARDA SHAKAR MAHSULOTI UZLUKSIZ YETKAZIB BERISH HOLATI VA NARXLARINING BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA
📊 Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizatsiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda.
✍️ Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600 - 650 ming tonnani tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud.
➡️ Ta'kidlash joizki, joriy yil 16 apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirildi. Natijada, shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 13 825,8 ming so‘mdan 13 039,1 ming so‘mgacha, ya'ni 6% ga pasayishiga erishildi.
🔎 Raqobat qo‘mitasi tomonidan shakar mahsuloti narxlari yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatilganligi va uning narxlarini barqaror saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini ma'lum qilamiz.
↔️ Batafsil ma'lumot
🔝 Lotin alifbosida o'qish
🔝 Kirill alifbosida o'qish
🔝 Читать на русском
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik
❓ FUQARODAN SAVOL:
- Raqamli markirovkalash nimani anglatadi?
🔝 JAVOB
🔵 Raqamli markirovkalash – bu tovar aylanmasini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimidir. Raqamli markirovkalash uchun matritsaga oid kodlar (“data-matrix”) qo‘llaniladi. Har bir mahsulotga alohida noyob kod qo‘llaniladi.
🔝 O‘zbekistonda mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, hamda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 737-son qarori qabul qilingan bo‘lib, qarorda mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi “Asl belgisi” davlat xususiy-sheriklik asosida tashkil etilgan mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatish Milliy axborot tizimi doirasida joriy etilgan.
➡️ Batafsil
_________
#Правовая_грамотность
❓ ВОПРОС ОТ ГРАЖДАНИНА:
- Что означает цифровая маркировка?
🔝 ОТВЕТ
🔵 Цифровая маркировка — это автоматизированная система контроля товарооборота. Для цифровой маркировки используют матричные коды (дата-матрикс). Уникальный код наносят на каждую товарную единицу.
🔝 В Узбекистане в целях обеспечения легального обращения отдельных видов продукции и защиты прав потребителей было принято Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан №737 «О введении системы обязательной цифровой маркировки отдельных видов товаров», которое предусматривает внедрение обязательной цифровой маркировки товаров регулируемой Национальной информационной системы мониторинга маркировки и отслеживания продукции «Asl belgisi», являющейся результатом государственно-частного партнерства.
➡️ Подробнее
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
- Raqamli markirovkalash nimani anglatadi?
_________
#Правовая_грамотность
- Что означает цифровая маркировка?
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija #sud_amaliyoti
🏬 RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QO‘MITASI OLIY SUDGA KASSATSIYA INSTANSIYASI TARTIBIGACHA SOHADAGI ADOLATNI TIKLASHGA ERISHILDI
💬 Raqobat qo‘mitasiga “FERRERO S.p.A” va “Soremartec S.A” kompaniyalari murojaat qilib, ushbu kompaniyalarga tegishli tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “SLADUCE PRODUCE” MCHJ tomonidan bir necha nomdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib, realizatsiya qilinayotganligi va ushbu holat bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.
🤔 Aniqlangan holatlar va taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan “SLADUCE PRODUCE” MCHJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan va Maxsus komissiya qarori bilan jamiyat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining tegishli moddalari talablari buzilgan deb topilgan hamda qonun buzilish holatini bartaraf etish etish va kelgusida bunday qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ko‘rsatma berilgan.
➡️ Batafsil
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul
🔵 Joriy yilning 18-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Samarqand viloyatida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazidi.
📝 Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarda yuzaga kelayotgan elektr energiyasi, tadbirkorlik faoliyatidagi to‘siqlar, reklama bozoridagi ayrim muommolar, birja savdolari, eksport sohasidagi tushunmovchiliklar, suv ta'minoti bo‘yicha va boshqa bir qator muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o‘rganildi.
💳 Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak berish va ularni qiynab kelayotgan yoki yechimini topmayotgan muammolarini o‘rganish hamda ularni o‘z vaqtida hal qilish.
🌀 Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, mas’ul xodimlardan kerakli tavsiyalarni oldilar. Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, tegishli tartibda nazoratga olindi.
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
✉️ Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat ishtirokini nazorat qilish sohasida 2024-yil 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar infografika ko'rinishida.
➡️ Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalariga xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish yuzasidan jami 30 ta murojaat kelib tushgan.
🔎 Kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo‘mita tomonidan jami 826 mlrd. so‘mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 28 foizi, ya’ni 234 mlrd. so‘mlik (18,8 mln. AQSh doll.) bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
🔝 Batafsil infografikada
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🔝 website |🔝 facebook | 🔝 telegram | 🔝 youtube | 🔝 instagram | 🔝 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Murojaat_va_natija
💳 MUROJAAT ISTE’MOLCHI FOYDASIGA IJOBIY HAL QILINDI
🔝 Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga fuqaro “IBRAGIMOV-OLTIN BALIQLARI” oilaviy korxonasi xizmatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan.
✅ Amalga oshirilgan ishlar natijasida, quyosh panellari uchun to‘lagan to‘lov mablag‘lari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
➡️ Batafsil
Kanalga ulanish🔝 https://yangx.top/RaqobatGovUz
🖼️ website | 💬 facebook | 💬 telegram | 📺 youtube | 📷 instagram | 🤖 twitter
Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM