Qashqadaryo kadastr_press
3.29K subscribers
11.4K photos
1.6K videos
4 files
6.38K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
加入频道
Qashqadaryo viloyatida kadastr xodimlari mahallarda bo'lib, yer uchastkalari va ulardagi qurilishlarni o‘rganishmoqda.

Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasining "Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida"gi 937-sonli Qonuni asosida olib borilmoqda.

Xususan, Shahrisabz shahar filiali xodimlari ham mahallalarga chiqib, har bir ko'chmas mulk bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni to‘plashmoqda.

Maqsad – ko'chmas mulkka oid huquqlarni rasmiylashtirish jarayonini osonlashtirish va aholiga qulaylik yaratish!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dehqonobodning qorli mahallalarida xatlov ishlari davom etmoqda!

Dehqonobodlik kadastr xodimlari bu jarayonlarni 937-sonli Qonun asosida olib borishmoqda.

Maqsad – Mulk huquqini qonuniylashtirish va kelajakda hujjat bilan bog‘liq muammolarning oldini olish.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QASHQADARYO_YER_NAZORATI

Dehqonobod tumanidagi Obod mahallasida o'tkazilgan yer nazorat tadbirida fuqaro 150.0 kv.metr yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy ravishda poydevor qurganligi holati aniqlandi.

Kadastr agentligining Dehqonobod tumani bo'limi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida qonunbuzarlik holati fuqaro tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

O'zingizga huquqiy jihatdan tegishli bo'lmagan yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni amalga oshirmang.

❗️ Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishga ko‘maklashish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etiladi

Jamoatchilik guruhi tarkibiga tegishli saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisi hamda har yuzta oiladan kamida bir nafardan fuqaro kiritiladi.

Jamoatchilik guruhlari:

yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish chog‘ida aniqlangan qonun buzilishlari hollari yuzasidan vakolatli davlat organlari xabardor qilinishini ta‘minlaydi;

yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish asoslari va tartibi yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;

avtomatlashtirilgan axborot tizimida shakllantirilgan ma‘lumotlarni kuzatib boradi.

Manba:
O‘RQ-937-son, 27-modda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Koʻkdala tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Koʻkdala tumani filiali xodimlari tomonidan "Oltin dala", "Shoʻrbozor", "Qumdaryo","Toshli" va Xarduri mahallalarida aholi va tadbirkorlarning kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Koʻkdala tumani filialiga 80 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
📂 Arxiv – kelajakka mustahkam zamin!

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Nishon tumani filiali arxivida 38 mingga yaqin ko‘chmas mulklarga tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan:

➡️ Turar joy arxiv hujjatlari 35 015 ta

➡️ Noturar joylar arxiv hujjatlari 2 689 ta

Ularning har biri o‘z tarixiga, muhim huquqiy ahamiyatga ega.

Bugungi kunga qadar 4 mingga yaqin hujjatlar kadastr xodimlari tomonidan qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
📍 Yer hisobi – tartib va aniqlik kafolati!

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasida “Yer fondi toifalari qonun ijrosida” mavzusida navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi.

📌 Seminarda nimalarga urg‘u berildi?

▫️ Yer fondi toifalarini belgilash tartibi
▫️ Qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish
▫️ Hisobot yuritishda aniqlik va shaffoflikni ta’minlash

⚖️ Yer- umummilliy boyligimiz uning hisobi esa mas’uliyat talab qiladi!

💠 Seminarda har bir tuman (shahar) filiali yer hisobini yurituvchi mutaxassislariga yer toifalari va kichik toifalarini belgilashda huquqiy hujjatlarga tayangan holda aniq va to‘g‘ri hamda sifatli belgilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo kadastr_press
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 Farmon bilan,

😎Ommaviy baholash tizimini dasturiy jihatdan ta’minlash uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kadastr agentligi 2025-yil 1-noyabrga qadar Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash uslubiyotiga asosan:
😎ko‘chmas mulk bozori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha – “Ko‘chmas mulk bozori monitoringi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini;
😎ko‘chmas mulkning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash bo‘yicha “Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqishi va amaliyotga joriy etishi belgilandi.

#Kadastr_agentligi #Farmon_PF43

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma‘lumotnomada quyidagi ma‘lumotlar aks ettiriladi:

• bino va inshootlarning joylashgan manzili;
• bino va inshootlarning kadastr raqami;
• bino va inshootlarning turar joy yoki noturar joyligi;
• bino va inshootlarning umumiy maydoni;
• bino va inshootlarning umumiy yashash maydoni;
• bino va inshootlarning huquq egasi (egalari);
• bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
• bino va inshootlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
• cheklanish mavjudligi;
bino va inshootlarning kadastr qiymati.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook