Qashqadaryo kadastr_press
3.29K subscribers
11.4K photos
1.6K videos
4 files
6.38K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI FAOLIYATIGA DOIR XABARLAR BILAN TANISHIB BORING

Fuqaro murojaati uchun :
75 227 81 95
75 227 51 13

Bizga xabar yo'llash 👉 @kadastrpress_bot
加入频道
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanishni jadallashtirish maqsadida, "E-auksion" elektron savdo platformasida onlayn-auksion savdolarini tashkil etish bo‘yicha quyidagi yangi tartib joriy qilindi:

🔹birinchi auksion 5 kun muddatda, takroriy savdo bo‘yicha auksion 1 kun muddatda o‘tkaziladi;

🔹takroriy savdolarda 1 nafar ishtirokchi bo‘lganda ham savdolar o‘tgan deb hisoblanadi.

🔹takroriy savdolarda boshlang‘ich narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich 20 foizgacha pasaytiriladi.

Qashqadaryo viloyatidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini sotib oling!

▪️Qashqadaryo viloyatidan 329 ta

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr sohasida huquqiy bilim va mas’uliyat muhim ahamiyatga ega

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas’ullari tomonidan Ko‘kdala tumani filiali xodimlari uchun 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari tashkil etildi.

📌 Seminar davomida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi:

🔹 Mutaxassislar xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi;
🔹 Hujjatlarni shakllantirish jarayonida mas’uliyatni oshirish;
🔹 Xatlov natijalarini tizimga kiritishda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish.

BUNDAN TASHQARI

Mutaxassisning e’tiborsizligi – fuqaroning muammosiga aylanmasligi kerak!
Har bir hujjat – kimningdir ishonchi va kelajagi!
Xatlov natijalari – aniq va ishonchli bo‘lishi shart ekanligi alohida ta'kidlandi.

Mazkur seminar xodimlarning kasbiy mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G'uzor tumani, Xumdon mahallasi hududidan o‘tgan Toshkent-Termiz M-39 avtomagistrali muhofaza zonasida noqonuniy qurilish aniqlanib, belgilangan tartibda bartaraf etildi.

🔹 Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining qarori chiqqach noqonuniy ravishda qurilgan qurilish viloyat Prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi hamda Kadastr boshqarmasi ishtirokida joyida bartaraf etildi.

Yer uchastkalaridan belgilangan tartibda foydalanish har bir fuqaroning qonuniy majburiyatidir.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Joriy yildan ko‘chmas mulk obyektlari ommaviy baholashdan o‘tkaziladi

2025-yildan bosqichma-bosqich barcha ko‘chmas mulk obyektlari ularning bozor narxiga yaqin bo‘lgan qiymatini aniqlash maqsadida davriy ravishda ommaviy baholashdan o‘tkaziladi.

Ommaviy baholash ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

2025–2026 yillarda – eksperiment tariqasida Toshkent shahrida;

2026–2027 yillarda – Nukus shahri va viloyatlar markazlarida;

2027 yil va undan keyingi yillarda – qolgan hududlarda.


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adolat va shaffoflik sari birgalikda harakat qilamiz!

Kadastr boshqarmasida Viloyat prokuraturasi vakillari ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi

Kadastr sohasida shaffoflik va halollikni ta’minlash yo‘lidagi sa'y-harakatlar davom etadi!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr xodimlari mahallalarda

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Shahrisabz tumani filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shahrisabz tumani filiali xodimlari tomonidan "Duxchi", "Oqdaryo" va "Ravot" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma'lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Shahrisabz tumani filialiga 100 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Mulk – qonuniy, kelajak – ishonchli!

2024-yil 8-noyabr kuni kuchga kirgan 937-sonli Qonun asosida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja bo‘yicha xatlov jarayonlari boshlangan. Qashqadaryo viloyatida ham bu jarayonlar faol davom etmoqda.

Nishon tumanidagi mahallalarda o‘tkazilayotgan xatlov ishlari davomida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mas'ullari tomonidan aholi fikrlari o‘rganilib, jarayonning shaffofligi ta’minlanmoqda. Bu esa:

Yer va mulk huquqlarining qonuniyligini ta’minlash

Korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni oshirish

Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xatlov – yer va mulk huquqlarini aniq belgilash, kelajak rejalari uchun mustahkam zamin yaratish demakdir.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr sohasida shaffoflik: amaliy ishlar davom etmoqda!

Davlat rahbari tomonidan 5-mart kuni korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Yuksalish harakati viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Kadastr boshqarmasida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda quyidagi yo‘nalishlarda fikr almashildi:

🔹 Kadastr xizmatlarida shaffoflik va halollikni ta’minlash
🔹 Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amaliy choralar
🔹 Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ochiq va ishonchli xizmat ko'rsatish.

Adolatli va shaffof tizim – har bir fuqaro uchun ishonch manbai!

Kadastr sohasida halollik tamoyillariga amal qilgan holda, korrupsiyaga qarshi kurashni davom ettiramiz

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook