my.gov.uz
232K subscribers
1.55K photos
114 videos
2 files
2.5K links
Rasmiy telegram kanali

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ [email protected]
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
加入频道
❗️ OGOH BOʻLING! FIRIBGARLAR YANGI USULDAN FOYDALANMOQDA!

📣Hurmatli fuqarolar,

Soʻnggi kunlarda firibgarlar tomonidan amalga oshirilayotgan yangi xavfdan ogohlantiramiz!

⌨️Firibgarlar fuqarolarga qoʻngʻiroq qilib, oʻzlarini my.gov.uz portali operatorlari sifatida tanishtirib, ular nomiga kredit rasmiylashtirilgani, agar shaxsiy maʼlumotlarini taqdim etsa, bank orqali uni bekor qilib berishlarini aytishmoqda.

🔴Eslatib oʻtamiz:
🔐Hech qachon shaxsiy maʼlumotlaringizni notanish kimsalarga bermang! Bu pasport maʼlumotlari, bank karta raqami, sms orqali kelgan pin-kod va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

❗️Unutmang!
📱 my.gov.uz portali operatorlari fuqarolardan shaxsiy maʼlumotlarini soʻrab qoʻngʻiroq qilmaydi.

🟡 Oʻzingizni va yaqinlaringizni firibgarlardan ehtiyot qiling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ICTweek 2024 haftaligida “Raqamli Oʻzbekiston” paviloniga albatta tashrif buyuring!

📱 17-20-sentyabr kunlari Toshkentdagi Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) koʻrgazmasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Raqamli Oʻzbekiston” pavilonida sizni quyidagilar kutmoqda:

🟡 Yurtimizdagi eng ommabop raqamlashtirish loyihalari: Raqamli hukumat, soliq, moliya, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalardagi innovatsion yechimlar bilan tanishish imkoniyati.

🟡 Qiziqarli taqdimotlar: Yangi Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Oʻzbekistonning raqamli navigatori, my.gov.uz imkoniyatlari, inklyuzivlik va raqamli sharoitlarni taʼminlash strategiyasi va boshqa dolzarb mavzulardagi taqdimotlarda ishtirok etib, soha mutaxassislaridan bilim va tajriba oling.

🟡 “Raqamli Oʻzbekiston” koʻrgazmasi – bu kelajakka nazar solish va raqamli texnologiyalarning beqiyos imkoniyatlaridan bahramand boʻlish uchun ajoyib imkoniyat!

🔄 Raqamli dunyo yangiliklariga qiziqqan barchani koʻrgazmamizga taklif etamiz!

🗺 Manzil: CAEx expo markazi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩 ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 dan unutilmas sovgʻa yutib olish imkoniyatini qoʻldan boy bermang!

📱 my.gov.uz raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida ajoyib sovrinli oʻyin oʻtkazmoqda! 🎁

🟡 Yangi noutbuk yutib olishni istaysizmi? 💻 Unda bu oʻyin aynan siz uchun!

Oʻyinda qanday ishtirok etish mumkin?

📱 MyGov mobil ilovasini (Android / iOS) yuklab oling yoki yangilang.

📱Ilovada roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻting.

👉 my.gov.uz portali yoki ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 koʻrgazmasidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” stendidagi QR-kodni skanerlang.

❗️Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish 19-sentyabr kuni soat 17:00 da tugaydi.

📆 7 nafar gʻolib 20-sentyabr kuni my.gov.uzʻning Youtube sahifasida ▶️jonli efirda aniqlanadi.

🎉 Omadingizni sinab koʻring va yangi noutbuk sohibiga aylaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yaxshi xabar: O‘zbekiston Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog'ona ko'tarilganini inobatga olsa 2 ta reytingda umumiy 24 pog'onaga ko'tarildi.

🌐 BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) tomonidan BMTga aʼzo 193 davlat elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi "UN E-Government Survey"ning 2024-yilgi natijalari "Barqaror Rivojlanish uchun Raqamli Transformatsiyani kuchaytirish” nomi ostida e'lon qilindi.

📈Avvalgi 2022-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024-yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘onaga yuqorilab, 63-o‘ringa chiqdi.

O‘z navbatida, ilk marotaba O‘zbekiston baland elektron hukumatni rivojlantirish indeksi guruhidan (High EGDI) dan juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.

🇺🇿 Ushbu natija “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsadli ko'rsatkichlarida 2025-yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

▶️Рoytaxtimizda boʻlib oʻtayotgan “ICTWEEK UZBEKISTAN 2024” AKT haftaligi doirasida “Raqamli Oʻzbekiston” pavilionida qiziqarli taqdimotlar boʻlib oʻtmoqda.

Jumladan, soha mutahassislari bu yerda yagona identifikatsiya tizimi — OneID, elektron davlat xizmatlarini oʻzida mujassam etgan my.gov.uz portali va uning mobil ilovasida foydalanuvchilar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar haqida haftalik ishtirokchilariga maʼlumotlar berishmoqda.

Siz ham AKT haftaligiga tashrif buyurib, nafaqat tizimdagi soʻnggi yangiliklardan boxabar boʻlishingiz, balki yutuqli oʻyinda ishtirok etib, qimmatbaho sovgʻalar ham yutib olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Yangi noutbuk yutib olishni istaysizmi?

📱 my.gov.uz raqamli texnologiyalar haftaligi doirasida sovrinli oʻyin davom etmoqda! 🎁

Oʻyinda qanday ishtirok etish mumkin?

📱 MyGov mobil ilovasini (Android / iOS) yuklab oling yoki yangilang.

📱Ilovada roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻting.

👉 my.gov.uz portali yoki ICTWEEK UZBEKISTAN 2024 koʻrgazmasidagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” stendidagi QR-kodni skanerlang.

❗️Shoshiling! Roʻyxatdan oʻtish 19-sentyabr kuni soat 17:00 da tugaydi.

📆 7 nafar gʻolib 20-sentyabr kuni my.gov.uzʻning Youtube sahifasida ▶️jonli efirda aniqlanadi.

🎉 Omadingizni sinab koʻring va yangi noutbuk sohibiga aylaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

📆 test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

6️⃣ Diqqat! Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelish lozim.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta'lim krediti uchun my.gov.uz orqali ariza topshiring!

📱 Buning uchun my.gov.uz ga kiring va ta'lim bo'limidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

👉 Bunda:
ro'yxatdagi tijorat banklaridan biri hamda u joylashgan hudud tanlanadi.

📝 Birgalikda qarz oluvchi va kafil ma'lumotlari kiritiladi.

📲Shundan so’ng, birgalikda qarz oluvchi va kafilning my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetlariga xabarnomalar yuboriladi. Ular tomonidan xabarnoma tasdiqlanganidan so'nggina ariza yuboriladi.

🏛Arizalar tegishli tijorat banki tomonidan 5 ish kunida ko'rib chiqiladi.

❗️Bu xizmatdan faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talaba va oʻquvchilar foydalanishlari mumkin.

👉 Kredit miqdori:
1-bosqich talabalari uchun 100% kontrakt toʻlovi;

👉 2-bosqich va undan yuqori bosqichdagi talabalar uchun:
fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha GPA (grade point average) koʻrsatkichi 3 dan past boʻlganda kontrakt toʻlovining 80% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi, qolganini talaba oʻzi toʻlaydi;

🧑‍💻GPA koʻrsatkichi 3 va undan yuqori boʻlganda yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganda kontrakt toʻlovining 100% miqdori boʻyicha taʼlim krediti ajratiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▶️Jonli efirni oʻtkazib yubormang!

🌐 ICT WEEK UZBEKISTAN 2024-sovrinli o‘yini g‘oliblari bugun soat 17:00 da my.gov.uzning Youtube sahifasida jonli efirda aniqlanadi. G‘olib bo‘lgan 7 nafar ishtirokchining har biriga zamonaviy noutbuklar sovrin sifatida topshiriladi.

📺 https://youtube.com/live/66LCEg5FYHU?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
my.gov.uz
▶️Jonli efirni oʻtkazib yubormang! 🌐 ICT WEEK UZBEKISTAN 2024-sovrinli o‘yini g‘oliblari bugun soat 17:00 da my.gov.uzning Youtube sahifasida jonli efirda aniqlanadi. G‘olib bo‘lgan 7 nafar ishtirokchining har biriga zamonaviy noutbuklar sovrin sifatida topshiriladi.…
🟡 “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024 - O‘z omadingizni sinab ko‘ring!” sovrinli o‘yinida g‘olib bo‘lganlar ro‘yxati:

1⃣ Raxmonov Xayitali Abduraxmat o‘g‘li- ID186
2⃣ Janabaeva Shaxnoza Barlikbay qizi- ID 232
3⃣ Raxmanov Farxod Shakirovich- ID 306
4⃣ Qodirov Murod Voxidovich- ID 771
5⃣ Xolmatova Solixa Yorqinjon qizi- ID 1124
6⃣ Yefimova Larisa Nikolayevna- ID 1339
7⃣ Abduxalilov Asatullo Xusniddin o‘g‘li- ID 1828

⌨️ G‘oliblar noutbuk sohibi bo‘lishdi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣E’lon!

🧑‍💻 Hurmatli foydalanuvchilar!

💰Bugun, 23-sentyabrdan my.gov.uz portali orqali ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini ajratish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.

⚙️ Shu munosabat bilan ko‘plab murojaatlar tufayli tizimga yuklamalar ortishi hisobidan Yagona portal faoliyatida uzilishlar va vaqtinchalik kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Biz tizim ishini barqarorlashtirish ustida ishlayapmiz. Sizlardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

📱Bugun 23-sentabrdan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxat olish 29-sentabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️30-sentabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 12–13-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Joriy yil sentyabriga qadar qancha oʻzbekistonlik umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatga ega boʻldi?

📱 2024-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, my.gov.uz portalidagi “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash” xizmatiga jami 57 174 ta ariza kelib tushgan. Ariza topshirganlarning 37 116 nafari sertifikat olishga muvaffaq boʻlgan.

📊 Eng koʻp ariza topshirilgan fanlar orasida Oʻzbek tili va adabiyoti 17 316 ta ariza bilan birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarni kimyo (13 446 ta ariza) va matematika (8 272 ta ariza) fanlari egalladi.

📍Hududlar kesimida sertifikat olish boʻyicha Fargʻona (8 034 ta ariza, 5216 ta sertifikat) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi oʻrinlarda Toshkent shahri (6 667 ta ariza, 3 996 ta sertifikat) va Buxoro viloyati (5 725 ta ariza, 3 916 ta sertifikat) turibdi.

🧑‍💻 Umumiy natijalar mazkur baholash tizimiga boʻlgan qiziqishning yuqoriligi hamda sertifikat olgan talabgorlarning davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida tegishli fanlardan ozod qilinishi bilan bogʻliq.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️my.gov.uz ni “Yil reklamasi 2024” tanlovida qoʻllab-quvvatlang!

🚀 Ovoz berish uchun telegram botda roʻyxatdan oʻtasiz:
👉 https://yangx.top/makon_brand_bot

🧑‍💻 2024-yil sayti va 2024-yil mobil ilovasi nominatsiyalarida my.gov.uz ga ovoz berasiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Sizning fikringiz muhim!

📱 Hurmatli nogironligi boʻlgan fuqarolar!

my.gov.uz portalini yanada qulay va hammabop qilishda sizning fikr-mulohazalaringiz muhim ahamiyatga ega.

Portaldan foydalanishda qanday qiyinchiliklarga duch kelyapsiz?

📱 Unda qanday yangi funksiyalar yoki xizmatlarni koʻrishni istaysiz?

🔴 Soʻrovnomada ishtirok etib, oʻz fikringizni bildiring va portalni takomillashtirishga hissa qoʻshing!

🌐 Havola: https://docs.google.com/forms/d/1KQsK9m0DOtlhPehVccgzcokTqGoWlBjipHCHpozy1FA/edit#settings

❗️ Vaqtingizni ayamaganingiz uchun tashakkur!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Ваше мнение важно!

📱 Уважаемые граждане, имеющие инвалидность!

Ваши мнения очень важны для того, чтобы сделать портал my.gov.uz еще более удобным и общедоступным.

С какими трудностями вы сталкиваетесь при использовании портала?

📱Какие новые функции или сервисы вы бы хотели в нем увидеть?

🔴 Участвуйте в опросе, выскажите свое мнение и внесите свой вклад в совершенствование портала!

🌐 Ссылка: https://docs.google.com/forms/d/1KQsK9m0DOtlhPehVccgzcokTqGoWlBjipHCHpozy1FA/edit#settings

❗️Благодарим за уделенное время!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 Gʻoliblarga my.gov.uzʻdan zamonaviy noutbuklar topshirilmoqda!

🌐 “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi doirasida qizgʻin oʻtgan – “Oʻz omadingizni sinab koʻring!” sovrinli oʻyini gʻoliblari oʻz sovgʻalarini qoʻlga kiritishdi!

📱 Shart juda oddiy edi: oʻyinda MyGov mobil ilovasi orqali maxsus QR-kodni skaner qilib, ID raqam olganlar ishtirok etishdi.

▶️Gʻoliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi.

🎉 Omadli 7 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovgʻa – zamonaviy noutbuk sohibi boʻlishdi!
Sovgʻalar oʻz egalariga tantanali ravishda topshirilmoqda!

🟡 Gʻoliblarni chin dildan qutlab, ularga yangi noutbuklari muvaffaqiyatlarga erishishida dastak boʻlishini tilaymiz!

📱Shu kabi qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish va yangiliklarimizdan xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️my.gov.uz ni “Yil reklamasi 2024” tanlovida qoʻllab-quvvatlang!

🚀 Ovoz berish uchun telegram botda roʻyxatdan oʻtasiz:
👉 https://yangx.top/makon_brand_bot

🧑‍💻 2024-yil sayti va 2024-yil mobil ilovasi nominatsiyalarida my.gov.uz ga ovoz berasiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM