Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi

Poytaxtda 22−24-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida 27 ta davlatdan 10 mingdan ortiq ishtirokchi va biznes delegatsiyalar qatnashib, 230 ta xorijiy kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Bundan tashqari, panel sessiyalari, muhokamalar, davra suhbatlari va biznes uchrashuvlari tashkil etildi.

Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etilgan “Shaharlar va tarmoqlar uchun zamonaviy transport infratuzilmasini boshqarish tizimlari” va “Yashil chiroq: ekologik toza transportning rivojlanishi transport va turizm sanoatini qanday o‘zgartirmoqda” mavzularidagi panel sessiyalari ishida Transport vazirligi mutaxassislari faol ishtirok etishdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мультимодальный транспортный коридор «Беларусь – Россия – Казахстан – Узбекистан – Афганистан – Пакистан» будет развиваться

В Термезе прошли многосторонние переговоры по развитию трансафганского мультимодального транспортного коридора.

Данное мероприятие являлось логическим продолжением реализации меморандума, подписанного в ноябре 2023 года в городе Ташкенте, который заключался в совместном поиске решений развития грузоперевозок по Трансафганскому коридору.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universitetida “I xalqaro transport va logistika mehnat yarmarkasi” oʻtkaziladi

Joriy yilning 26-aprel kuni Toshkent davlat transport universitetida “I xalqaro transport va logistika mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtadi.

Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi transport, iqtisodiyot, logistika va boshqa sohalarda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini chuqurlashtirish, xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalar bilan qo‘shma loyihalar ustida ishlashdan iborat.

В Ташкентском государственном транспортном университете пройдет "I Международная ярмарка труда в сфере транспорта и логистики"

26 апреля текущего года в Ташкентском государственном транспортном университете состоится “I Международная ярмарка труда в сфере транспорта и логистики”.

Основной целью выставки является углубление интеграции науки и практики в области транспорта, экономики, логистики и других сферах, работа над совместными проектами с международными организациями и компаниями.

Тelegram | Facebook | Instagram |YouTubе | Linkedin |
​​Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb etiladi

“Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (233-son, 24.04.2024-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlarini autsorsing asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-maydan boshlab tajriba-sinov tariqasida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalari bo‘yicha e’lonlarni davlat xaridlarining maxsus axborot portaliga joylashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qaroriga muvofiq joriy yilda respublika bo‘yicha jami uzunligi 260 km bo‘lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘lini ekspluatatsiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Transport nazorati sohasida xorij tajribasi o‘rganilmoqda

Avval хabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida Polsha infratuzilma vazirligining Avtomobil transporti departamenti direktori boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Изучается зарубежный опыт в сфере транспортного контроля

Как ранее сообщал сообщалось, в эти дни в Республике Польша находится делегация сотрудников Инспекции транспортного контроля при Министерстве транспорта Республики Узбекистан, центра "Цифровой транспорт" и Центра транспортных исследований.

В рамках визита состоялась встреча с официальными лицами во главе с директором Департамента автомобильного транспорта Министерства инфраструктуры Польши.

Подробнее

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda harakatlanuvchi avtobuslarda yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Yuqori nuqta” yo‘l patrul xizmati maskanida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirda tashuvlarni amalga oshirish uchun me'yoriy hujjatlarning mavjudligi, avtobuslarda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini nazorat qilish qurilmalari, ya’ni taxograflarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

Avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashuvlari sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar

2024-yil yanvar–mart oylarida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat yo`nalishida o`tkazilgan reyd tadbirlarida aniqalangan huquqbuzarliklarning 2023-yilning shu davriga nisbatan qiyosiy tahlili.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tadi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
I XALQARO TRANSPORT VA LOGISTIKA MEHNAT YARMARKASI

Toshkent davlat transport universitetida “I xalqaro transport va logistika mehnat yarmarkasi” boʻlib oʻtmoqda.

Unda 80 dan ortiq xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalar ishtirok etmoqda. Mehnat yarmarkasi davomida 900 ortiq talabalarni ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |