Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov “Mastercard” kompaniyasi Sharqiy Yevropa bo‘limi prezidenti Suleyman Sozeri bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Mastercard kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.

Xususan, barcha turdagi transport chiptalari elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish, ushbu jarayonda kiberxavfsizlik darajasini oshirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish, kompaniya ma’lumotlari asosida aholining mobillik darajasini o‘rganish hamda transport sohasida kiberxavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishida xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Ruxsatnoma blankalari amal qilish muddati uzaytirilgan davlatlar

🇷🇺Rossiya Federatsiyasining uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalarining amal qilish muddati 2024-yil 29-fevral kuniga qadar;

🇱🇹Litva Respublikasining tranzit hamda uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalarini amal qilish muddati 2024-yil 29-fevral kuniga qadar;

🇵🇱Polsha Respublikasining ikki tomonlama/tranzit yuk tashish hamda ikki tomonlama/tranzit/uchinchi davlatga/dan yuk tashish uchun ruxsatnoma blankalarini amal qilish muddati 2024-yil 29-fevral kuniga qadar uzaytirilgan.
Айни пайтда Хонобод шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор вазифалари юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.

⚡️Давлатимиз раҳбари вилоят жадал суръатда ривожланаётгани, саноати бўйича республикада тўртинчи ўринга кўтарилганини қайд этди.

⚡️Вилоят йилига 280 минг тонна пахта, 530 минг тонна ғалла ва 2,5 миллион тонна мева-сабзавот етиштиради.

⚡️Шу билан бирга, Андижонда ҳали ишга солинмаган имкониятлар ва салоҳият жуда катта экани кўрсатиб ўтилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Давлатимиз раҳбари қурилиш соҳасига тўхталиб ўтди.

✔️Жорий йилда Андижонда 190 та кўп қаватли уй-жой қуриб, 7 мингта оилани янги хонадон билан таъминлаш зарурлиги қайд этилди.

✔️Асака туманида “Янги Ўзбекистон” массивини ташкил этиб, 68 та уй қуриш, Шаҳрихон туманини ҳам “Янги Ўзбекистон” массивлари дастурига киритиш режалаштирилди.

✔️Умуман, Андижон, Асака ва Шаҳрихон шаҳарларида урбанизация дастури амалга оширилиши, аҳолиси 100 мингдан ошадиган Асака ва Шаҳрихон шаҳарлари вилоят бўйсунувига ўтказилиши белгиланди.

✔️Ипотека дастури учун Андижонга қўшимча 100 миллион доллар ажратилади.

📝 Вилоятда транспорт хизматларини яхшилаш мақсадида мутасаддиларга:

🔘 “Хонобод – Андижон – Избоскан – Асака” темир йўл айланмасида поезд қатновини йўлга қўйиш;

🔘 “Андижон – Қўқон”, “Андижон – Тошкент”, “Андижон – Термиз” ва “Андижон – Қўнғирот” йўналишларда поезд қатновини 2 карра ошириш;

🔘“Андижон – Шаҳрихон”, “Андижон – Асака” ва “Андижон – Дўстлик” йўналишида автобус қатновини 2 баробар кўпайтириш топширилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

Milliy tashuvchilar ehtiyojlarini qondirmaydigan ayirboshlash kvotasi doirasidagi xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnoma blankalari davlatlar kesimida turi bo‘yicha quyidagilardan iborat.

Ushbu davlatlarning ruxsatnoma blankalari maxsus formula orqali taqsimlanadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyuldagi “Avtomobilda yuk va yo‘lovchilarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
‼️ Milliy tashuvchilar ehtiyojini qondiruvchi ruxsatnoma blankalari davlatlar kesimida turi bo‘yicha quyidagilardan iborat.

Ushbu turdagi ruxsatnoma blankalari milliy tashuvchilar orasida taqsimlanmaydi va yil davomida ularning tegishli arizasiga muvofiq 90 kalendar kun muddatda qaytarish sharti bilan beriladi.
‼️Ruxsatnoma blankalarini taqsimlashda quyidagi jihatlarga ahamiyat beriladi

Tashuvchining elektron hisob faktura bo‘yicha olgan jami daromadi bitta avtotransport vositasiga to‘g‘ri keladigan qismining yuqori bo‘lishi;

ruxsatnoma blankalaridan to‘liq va maqsadli foydalanganligi.

Shu o‘rinda milliy tashuvchilar yuklarni xalqaro tashish bo‘yicha xizmatlardan olgan daromadini elektron hisobvaraq-fakturalar orqali soliq organlariga o‘z vaqtida topshirishini;

elektron hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish jarayonida Mahsulot va xizmatlarning yagona elektron milliy katalogidagi kodlarni to‘g‘ri kirtishini so‘rab qolamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jamoat transporti orqali yanvar oyida jami 26.4 milliondan ziyod tranzaksiya amalga oshirildi

Transport kartalari orqali jami 11,4 million tranzaksiya (shundan 4,3 millioni tarif kartalari orqali) amalga oshirilgan. Bank kartalari orqali to'lovlar 2 barobarga oshib, 8,9 million tranzaksiyani tashkil etdi.

QR chiptalaridan metroda 5.6 million martadan ortiq foydalanilgan. Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 244 ming, metroda mobil QR yordamida jami 156 ming tranzaksiya amalga oshirilgan.

Yo'lovchilarning virtual kartalar yordamida amalga oshirgan tranzaksiyalari soni jami 99 mingtani tashkil etdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
AD Ports Toshkent viloyatida logistika markazi qurishga qiziqish bildirmoqda

Bugun, 16-fevral kuni transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev “Abu Dhabi Ports” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Unal Setin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining logistika infratuzilmasiga kelgusida sarmoya kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Xususan, xorijiy tomon vakillari mamlakatimizda transport va logistika xizmatlari bozori hamda infratuzilmasini rivojlantirish borasida Toshkent viloyatida logistika markazi qurilishiga qiziqish borligini qayd etdi.

Batafsil