Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ATTO dan “Manzillar yaqinroq” aksiyasi endi yanada foydali!

Endilikda Yangiyo‘l, Termiz, Qarshi, Samarqand, Zarafshon, Buxoro, Urganch, Xiva, Nukus, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Guliston, Angren, Jizzax va Qo‘qon shaharlari aholisi UZCARD NFC kartalari bilan shahar avtobuslarida qatnovlarda har safar 1000 so‘mdan tejashlari mumkin.

Tez va qulay to'lov qiling — karta har doim siz bilan!

📲 Aksiyaga qo‘shiling va bugundan tejashni boshlang!

Акция от ATTO "Манзиллар яқинроқ" теперь еще выгоднее!

Теперь жители Янгиюля, Термеза, Карши, Самарканда, Зарафшана, Бухары, Ургенча, Хивы, Нукуса, Андижана, Намангана, Ферганы, Гулистана, Ангрена, Джизака и Коканда могут экономить 1000 сум на каждой поездке в городских автобусах, при оплате картами UZCARD NFC.

Оплачивайте быстро и удобно — карта всегда с вами!

📲 Присоединяйтесь к акции и начинайте экономить уже сегодня!
​​O‘zbekiston va Janubiy Koreya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Avval xabar berilganidek ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Seul shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasiga ko‘ra tomonlar o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi va quyidagi kelishuvlarga erishildi:

Ikki mamlakat o‘rtasida tayinlangan aviakompaniyalar soni bo‘yicha cheklovlar bekor qilindi;

O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasidagi amaldagi muntazam aviaqatnovlar sonini har bir tomon aviakompaniyalari uchun haftasiga 10 tadan 24 taga oshirish huquqi berildi;

Shuningdek, har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Janubiy Koreyaning “Jeju” hamda O‘zbekistonning “Samarqand” xalqaro aeroportlarida e’lon qilingan maxsus “Ochiq osmon” rejimidan ikki tomonlama foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Подписан Меморандум о взаимопонимании между авиационными администрациями Узбекистана и Южной Кореи

Как сообщалось ранее, по итогам переговоров авиационных администраций двух стран в Сеуле между сторонами был подписан Меморандум о взаимопонимании и достигнуты следующие договоренности:

Сняты ограничения на количество назначенных авиакомпаний между двумя странами;

Право увеличить количество регулярных рейсов между Узбекистаном и Кореей с 10 до 24 в неделю для авиакомпаний каждой стороны;

Также достигнута договоренность о двустороннем использовании специального режима «Открытого неба», объявленного в международных аэропортах «Чеджу» Южной Кореи и «Самарканд» Узбекистана для авиакомпаний обеих сторон.
​​INVESTORLAR DIQQATIGA

Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekistondagi eng yirik korxona “Uzautotrans service” MChJ faoliyati samaradorligini oshirish, bugungi zamon talablari asosida rivojlantirish maqsadida mahalliy va xorijiy investorlarni hamkorlikka chaqiramiz.

Korxona avtoparki Xitoyning YUTONG kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 150 dona katta hajmli avtobuslardan iborat.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda korxona tomonidan 11 ta mahalliy va 7 ta xalqaro yo‘nalishlarda muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelinmoqda.

Aloqa manzili👇

Elektron pochta: [email protected]
Telefon: (+998) 71 202-05-01
Ichki raqamlar: (103 Ikramov Mirakbar, 104 Babayev Raxmatillo)

ВНИМАНИЮ ИНВЕСТОРОВ

Приглашаем к сотрудничеству отечественных и зарубежных инвесторов в целях повышения эффективности деятельности ООО "Uzautotrans service," крупнейшего в Узбекистане предприятия, осуществляющего пассажирские перевозки на местных и международных маршрутах, и развития его на основе современных требований.

Напомним, что автопарк предприятия состоит из 150 крупногабаритных автобусов производства китайской компании YUTONG.

На сегодняшний день предприятие осуществляет регулярное автобусное сообщение по 11 местным и 7 международным направлениям.

Контактная информация👇

Электронная почта: [email protected]
Телефон: (+998) 71 202-05-01
Внутренние номера (103 Икрамов Миракбар; 104 Бабаев Рахматилло).
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent davlat transport universiteti "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ bilan hamkorlikda "Quyuv-mexanika zavodi" AJ bazasida payvandlash texnologiyalari markazini ochdi.

Batafsil

На базе АО "Литейно механического завода" Ташкентский государственный транспортный университет совместно с АО «Узбекистон темир йуллари» открыли центр сварочных технологий.

Подробнее
​​Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi transport siyosati rahbari Shomik Raj Mehndiratta hamda infratuzilma dasturi rahbari va transport bo‘yicha yetakchi mutaxassis Vey Vinni Vang bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport sohasini yanada rivojlantirish, sohaga xususiy moliyalashtirishni jalb qilish imkoniyatlari, Toshkent – Andijon pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasi va bank tomonidan mazkur loyihani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Встреча с представителями Всемирного банка

Министр транспорта Илхом Махкамов встретился с руководителем транспортной политики Всемирного банка в Европе и Центральной Азии Шомик Радж Мехндиратта и руководителем инфраструктурной программы и ведущий специалист по транспорту Вей Винни Ванг.

На встрече обсуждались дальнейшие поддержки в транспортном секторе, возможности привлечения частного финансирования в сектор, продвижение работ по проекту строительства платной дороги Ташкент-Андижан и поддержка Банка в реализации проекта.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚇 Ko‘proq poyezdlar - kamroq kutish vaqti!

Toshkent metropoliteni kunning tig‘iz vaqtlarida poyezd vagonlari va stansiyalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida tegishli choralarni ko‘rmoqda.

Xususan, yo‘lovchi oqimi eng katta bo‘lgan Chilonzor metro liniyasida qo‘shimcha navbatchi poyezdlar harakati tashkil etilmoqda.

Bu esa stansiyalardagi yuklamani kamaytirishga, har bir yo‘lovchining manzilga o‘z vaqtida va qulay yetib borishini ta’minlash imkonini bermoqda.

🚇 Больше поездов - меньше времени ожидания!

Ташкентский метрополитен принимает соответствующие меры для предотвращения возможных пробок на вагонах поездов и станциях в час пик.

В частности, на Чиланзарской линии метро с наибольшим пассажиропотоком организуется движение дополнительных дежурных поездов.

Это позволяет снизить нагрузку на станциях, обеспечить своевременное и удобное прибытие каждого пассажира до места назначения.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
IATA O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) mintaqaviy vitse-prezidenti Rafael Shvartsman bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda IATA tomonidan O‘zbekiston aviatsiya sektorini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning muhim yo‘nalishlari muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar aviatsiya transportini rivojlantirishning qo‘shma strategik rejasini ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

IATA поддерживает развитие авиационного сектора Узбекистана

Министр транспорта Ильхом Махкамов провел переговоры с Региональным вице-президентом Международной ассоциации воздушного транспорта (IATA) Рафаэлем Шварцманом.

В ходе переговоров были обсуждены ключевые направления поддержки со стороны IATA развития авиационного сектора Узбекистана.

По итогам встречи стороны договорились рассмотреть возможность разработки совместного стратегического плана развития авиационного транспорта.
​​Ashxobodda Transkaspiy transport kesishmalarini muvofiqlashtirish platformasini ishga tushirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda transport infratuzilmasini kengaytirish va transport bog‘liqligini mustahkamlash mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy o‘sishida hal qiluvchi rol o‘ynashi ta’kidlandi.

Yangi muvofiqlashtirish platformasi Transkaspiy transport yo‘lagining barqarorligini oshirish va uni Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan multimodal marshrutga aylantirish, shuningdek, temir yo‘l, avtomobil va port infratuzilmasiga investitsiyalarni rag‘batlantirish, Yevropa va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, transport yo‘laklarining xavfsizligi va barqarorligini oshirishga yordam beradi.

В Ашхабаде прошла встреча по запуску Транскаспийской координационной платформы транспортных пересечений

На мероприятии отмечалось, что расширение транспортной инфраструктуры и укрепление транспортной взаимосвязанности играют решающую роль в экономическом росте стран региона.

Новая координационная платформа будет способствовать повышению устойчивости Транскаспийского транспортного коридора и превращению его в мультимодальный маршрут, соединяющий Европу и Азию, а также стимулированию инвестиций в железнодорожную, автомобильную и портовую инфраструктуру, укреплению экономических связей между Европой и Центральной Азией, повышению безопасности и устойчивости транспортных коридоров.
DIQQAT TENDER

Sirdaryo viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-noyabr kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(222).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz