Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
#Namangan_viloyati

👮Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Namangan viloyati hududiy bo‘limi tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida tender talab va shartlariga amal qilmayotgan hamda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida haydovchilarga yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan huquqiy tushuncha berib o‘tildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Seminar-trening

Bugun, Transport vazirligi markaziy apparat boshqarma, bo‘lim boshliqlari, hududiy bo‘linmalar, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi hamda Transport nazorati inspeksiyasi mas’ullari ishtirokida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotlar birinchi rahbarlari, moliya-iqtisod, inson resurslarini rivojlantirish hamda ijro intizomi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan seminar treningda mehnat jamoasida ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, seminar-treningda xodimlar mehnatini moddiy rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, samaradorlik, bajarilayotgan ish sifati oshirilishidan ularning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish, belgilangan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatilishini rag‘batlantirish, mehnat va ijro intizomini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
🚌 Toshkentda bayram kunlari jamoat transporti harakatlanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi "2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g'risida"gi PF-213-son farmoniga binoan, "Navro'z" bayramini nishonlash maqsadida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, "Toshshahartransxizmat" AJ avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

🔹2024-yil 21-mart, payshanba – “Navroʻz” bayrami, dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔹2024-yil 22-mart, juma – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔹2024-yil 23-mart, shanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔹2024-yil 24-mart, yakshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги саноат ва ижтимоий соҳа объектларига ташриф буюради, маҳаллалардаги ободонлаштириш ва бунёдкорлик ишлари билан танишади. Давлатимиз раҳбари, шунингдек, баҳорги дарахт экиш тадбирида иштирок этиши режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит ряд объектов промышленности и социальной сферы, ознакомится с созидательной и благоустроительной работой в махалле города Ташкента. Также предусматривается участие главы государства в мероприятиях по весенной посадке деревьев.

Facebook|Instagram|X
Toshkent metrosida bayram kunlari poyezdlar harakatlanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

“Navro‘z” bayramini nishonlash maqsadida 21-24-mart kunlari dam olish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan "Toshkent metropoliteni" DUK yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi.

2024-yil 21-22-23-mart – dam olish kunlarida metro poyezdlari harakati shanba kuni jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Shuningdek, 24-mart kuni esa, metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.

__ __ __ __

В связи с назначением выходных дней 21-24 марта в целях празднования праздника "Навруз" сообщаем, что деятельность линии ГУП "Тoшкент метрополитени" будет организована в следующем порядке:

21-22-23 марта 2024 года в выходные дни движение поездов метро будет работать по субботнему расписанию. Кроме того, 24 марта поезда метро начнут обслуживать пассажиров с 05:00 по утвержденному расписанию на воскресенье.
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳридаги Қуюв-механика заводига ташриф буюрди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Литейно-механический завод в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #tanishiv #zavod #quyuvmexanika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"O‘zaeronavigatsiya”Markazi delegatsiyasi Xalqaro aeronavigatsiya xizmatlari tashkiloti (CANSO) sammitida ishtirok etdi

Havodagi harakatini boshqarish sohasining eng nufuzli rahbarlari va ekspertlari joriy yilning 18-mart kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan CANSO sammitida yig‘ilishdi.

“CANSO Executive Summit 2024” soha mutaxassislariga havodagi harakatini boshqarish tizimidagi so‘nggi yutuqlar va muammolarni birgalikda muhokama qilish uchun o‘ziga xos noyob imkoniyatni taqdim etdi.

Sun’iy intellekt bo‘yicha yetakchi xalqaro ekspert, Garvard universitetining iqtisodiyot va davlat siyosati professori Mark Espositoning "Buyuk remobilizatsiya" nomli nutqi muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Shuningdek, “Aviatsiyani sun’iy intellekt yordamida o‘zgartirish”, “Samarali va yashil osmon uchun innovatsiyalar” va “Kelajak osmonini o‘zgartirish” mavzularida panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |