Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.3K photos
2.18K videos
13 files
6.57K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
Bugun, 2-noyabr kuni “Aviation & Logistics Forum 2023” II xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi.

Forum doirasida 20 dan ortiq davlatdan 40 dan ziyod tashkilot qatnashmoqda. Xususan, Turkish Airlines, Boeing, Uzairways, TAV Technologies va 30 dan ortiq aviakompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Kun davomida jami 3 ta panel sessiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular quyidagi mavzularga bag‘ishlangan:

— Aviatsiya va turizm - o‘zaro bog‘liqlik. Havo transporti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari. Biznes-aviatsiya;

— Havo transporti infratuzilmasi;

— O‘zbekistonda "quruq portlar" va multimodal transport va logistika markazlarini rivojlantirish.

Bundan tashqari, forum doirasida B2G uchrashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


Сегодня, 2 ноября, начал работу II Международный авиационный форум “Aviation & Logistics Forum 2023”.

В рамках форума принимают участие более 40 организаций из 20 стран. В частности, участвуют представители Turkish Airlines, Boeing, Uzbekistan airways, TAV Technologies и более 30 авиакомпаний.

В течение дня запланировано проведение 3-х панельных сессий на следующие темы:

- Авиация и туризм-взаимосвязь. Современные тенденции развития воздушного транспорта. Бизнес-авиация;

- Инфраструктура воздушного транспорта;

- Развитие в Узбекистане "сухих портов" и мультимодальных транспортных и логистических центров.

Кроме того, в рамках форума предусмотрено проведение B2G-встреч.
​​Bugun O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 12-yig‘ilishi ishtirokchilari tashkilotning transport va logistika sohasidagi salohiyatidan to‘liq foydalanilmayotganini ta’kidladi.

Yig‘ilganlarning fikricha, hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun hududlararo tranzit uzellarini yaratish, transport va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, tranzit tariflarini optimallashtirish, xalqaro yuk tashish uchun shart-sharoitlarni osonlashtirish va transport xizmatlarini raqamlashtirish masalalariga yechim topish zarur.

O‘z navbatida, yuqoridagi rejalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov quyidagilarni taklif qildi:

- IHTning transport sohasida o‘zaro bog‘liqligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston va O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy transport yo‘laklarini rivojlantirish;

- Samarqand aeroportiga ishtirokchi davlatlar oʻrtasida turizmni rivojlantirish boʻyicha IHTning mintaqaviy aviatsiya xabi maqomini berish;

- IHT mamlakatlari orqali yuklarning tranzit tashuvlarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, moslashuvchan tarif siyosatini qo‘llash va tashish jarayonini osonlashtirish;

- E-ruxsat, E-TIR, E-Tranzit kabi loyihalar orqali tovarlar va jo‘natish hujjatlarini bojxona rasmiylashtiruvi tartib-qoidalari raqamlashtirilishini amalga oshirishni jadallashtirish.

So‘z yakunida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri IHTga a’zo mamlakatlarning transport sohasida hamjihatligi, shubhasiz, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlashning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Участники 12-го заседания министров транспорта Организации экономического сотрудничества (ОЭС), проходящего сегодня в столице Узбекистана, отметили, что не в полной мере используется потенциал Организации в сфере транспорта и логистики.

По словам собравшихся, чтобы вывести сотрудничество на качественно новый уровень, необходимо найти решения для вопросов создания межрегиональных транзитных хабов, развития транспортной и дорожной инфраструктуры, оптимизации транзитных тарифов, облегчения условий для международных грузоперевозок и цифровизации транспортных услуг.

В свою очередь, для реализации вышеизложенных планов Министр транспорта Республики Узбекистан Илхом Махкамов предложил:

- развивать транспортные коридоры Узбекистан-Афганистан-Пакистан и Узбекистан-Кыргызстан-Китай, которые будут способствовать дальнейшему укреплению транспортной взаимосвязанности ОЭС;

- присвоить аэропорту Самарканда статус регионального авиаузла ОЭС для развития туризма между странами-участницами;

- создать благоприятные условия для увеличения транзитных перевозок грузов через страны ОЭС, использовать гибкую тарифную политику, облегчить процесс осуществления перевозок;

- ускорить внедрение цифровизации процедур таможенного оформления товаров и товаросопроводительных документов путем E-Permit, E-TIR, E-Transit.

В заключении выступления министр транспорта Республики Узбекистан отметил, что объединение стран-членов ОЭС в транспортной отрасли, несомненно, будет служить устойчивому развитию и укреплению транспортно-коммуникационной взаимосвязанности Организации экономического сотрудничества.
“Aviation & Logistics Forum 2023” II xalqaro aviatsiya forumining ikkinchi panel sessiyasi Havo transporti infratuzilmasi mavzusiga bag'ishlandi.

Unda “Changi Airport” direktori Endryu Tan , “Samsung C&T” vitse presidenti Kyu Jin Li, “Uzbekistan Airports” boshqaruv raisi maslahatchisi Jasur Pulatov, “TAV Technologies Company” vitse presidenti Aytan Mastaliyeva hamda “Air Marakanda LLC” direktor o'rin bosari Baxtiyor Xudayberdiyev so'zga chiqdi.

O‘z nutqlari davomida ular quyidagi mavzularga to‘xtalib o‘tdi:

- aeroport sig‘imini samarali boshqarish;
- aeroport rivojlanishidagi global trendlar;
- biznes aviatsiyadagi global trendlar;
- O‘zbekiston aeroportlaridagi 2022-yil natijalari va 2023-yil rejalari;
- check-in usullarini takomillashtirish;
- davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga berilgan Samarqand aeroportida amalga o‘zgarishlar.