Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.55K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
O‘zbekistonlik aviadispetcherlar germaniyalik hamkasblari tajribasini o‘rgandi

Havodagi harakatni boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish, shuningdek, sohada qo‘llanilayotgan zamonaviy jarayonlar va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish maqsadida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislari amaliy tashrif bilan Germaniyada bo‘lishdi.

Tashrif doirasida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi mutaxassislari Frankfurt havodagi harakatni boshqarish markazi – DFS Aviation Services faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Узбекские авиадиспетчеры изучили опыт немецких коллег

С целью изучения передового международного опыта в области подготовки и переподготовки специалистов по управлению воздушным движением, а также ознакомления с современными процессами и технологиями, применяемыми в данной сфере, специалисты ГУП Центр "Узаэронавигация" совершили рабочий визит в Германию.

В рамках визита специалисты ГУП Центра "Узаэронавигация" ознакомились с деятельностью Франкфуртского центра управления воздушным движением - DFS Aviation Services.
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining doimiy ravishda qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan oqilona siyosatining samarasi o‘laroq 2025-yil 21-23-yanvar kunlari Toshkent shahrida Afg‘oniston Jamoat ishlar vazirining temir yo‘l masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.I. Sohibzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Mahkamov boshchiligida o‘tkazilgan uchrashuvda afg‘on tomoni bilan transafg‘on temir yo‘l qurilish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi va tomonlar kelgusi ishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Shu bilan birga, ikki davlat temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida faol hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida "Hayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning “Sogdiana trans” MChJ “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yo‘liga xizmat ko‘rsatuvchi operator sifatida saqlanib qoladi.

Перспективы сотрудничества между железнодорожными администрациями Узбекистана и Афганистана

В результате мудрой политики Президента Республики Узбекистан по укреплению добрососедских отношений с соседними странами, 21-23 января 2025 года в Ташкенте организована встреча с делегацией Афганистана во главе заместителя министра общественных работ по вопросам железной дороги М.И. Сохибзода.

На встрече с министром транспорта Республики Узбекистан И.Махкамовым стороны обменялись мнениями с афганской стороной по ускорению реализации проекта строительства Трансафганской железной дороги и договорились о совместной организации дальнейших работ.

Вместе с этим, в целях дальнейшего укрепления активного сотрудничества между железнодорожными администрациями двух стран достигнута договоренность о продлении контракта на эксплуатацию и обслуживание железной дороги “Хайратон – Мазари-Шариф”.

При этом ООО «Согдиана транс» АО «Узбекские железные дороги» останется оператором, обслуживающим железнодорожную линию «Хайратон – Мозори-Шариф».
Bojxonachilarni kasb bayrami bilan qutlaymiz!

Transport vazirligi jamoasi barcha bojxona xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Fursatdan foydalanib, barcha bojxona xodimlarini bugungi shonli bayram bilan qutlab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, omad tilab qolamiz!

Поздравляем с Днём работников Государственной таможенной службы!

Коллектив Министерства транспорта искренне поздравляет всех сотрудников таможенных органов Республики Узбекистан с их профессиональным праздником.

Мы высоко ценим ваш вклад в обеспечение безопасности и экономического развития страны. Желаем вам крепкого здоровья, благополучия и дальнейших успехов в вашей ответственной деятельности.
Hurmatli fuqarolar, tashuvchilar va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari!

Qozog‘iston Respublikasining “Tajen” (O‘zbekiston Respublikasining “Dovud ota”) chegara o‘tkazish punkti orqali shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakati 2025-yil 1-fevral sanasidan boshlab 3 oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi.

Mazkur cheklovlar chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Shu sababli ushbu davr mobaynida “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punktlari orqali harakatlanuvchi shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari “Yallama”, "Zangiota (Navoiy chegara bojxona posti)", “Oq oltin” va “Malik” o‘tkazish punktlari orqali harakatlanishlarini so‘raymiz!

Shuningdek, jismoniy shaxslar uchun "Qoraqalpog‘iston" temir yo‘l o‘tkazish punkti orqali yo‘lovchi poyezdlari harakatlanishini ma’lum qilamiz.

Ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining “Tajen” (Qozog‘iston) – “Dovut ota” (O‘zbekiston) chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi.

—————————————————


Уважаемые граждане, перевозчики и участники внешнеэкономической деятельности!


Начиная с 1 февраля 2025 года временно на 3 месяца приостанавливается движение лиц, легковых автомобилей, автобусов и грузовых автомобилей с разрешенной максимальной массой не более 3,5 тонн через пограничный пункт пропуска "Таджен" Республики Казахстан (Республики Узбекистан "Давуд ота").

Данные ограничения вводятся Республикой Казахстан в целях обеспечения безопасности физических лиц и транспортных средств в связи с проведением ремонтных и оборудовательных работ в пунктах пропуска.

В связи с этим просим в течение этого периода лицам, легковым автомобилям, автобусам и грузовым автомобилям с разрешенной полной массой не более 3,5 тонн передвигаться через пункты пропуска "Яллама," "Зангиота" (Навоийский пограничный таможенный пост), "Ок олтин" и "Малик."

Также сообщаем, что через железнодорожный пункт пропуска "Каракалпакстан" будут курсировать пассажирские поезда для физических лиц.

Бесперебойное движение грузовых автомобилей с разрешенной полной массой более 3,5 тонн через пограничный пункт пропуска “Таджен” (Казахстан) – “Даут ота (Узбекистан) будет продолжено.
Президент Шавкат Мирзиёев “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилининг давлат дастури лойиҳаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по проекту Государственной программы «Года охраны окружающей среды и «зеленой экономики».

#Mirziyoyev #yigilish #davlatdasturi #yashiliqtisodiyot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
DIQQAT TENDER

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2025-yil 24-fevral kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz
🎉 Uzbekistan Airways’ni 33 yillik yubileyi bilan muborakbod etamiz!

33 yil davomida aviakompaniya O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib tarzda namoyon etib, ishonchlilik, sifat va mehmondo‘stlik timsoli bo‘lib kelmoqda.

Aviakompaniyaga bundan buyon ham gullab-yashnashini, yangi muvaffaqiyatlar va yuksak parvozlarni tilab qolamiz!

Поздравляем Uzbekistan Airways с 33-летием! 🎉

На протяжении всех этих лет авиакомпания остается символом надежности, качества и гостеприимства, достойно представляя Узбекистан на международной арене.

Желаем авиакомпании дальнейшего процветания, новых достижений и высоких полетов!
Transport-logistika tizimi yanada rivojlantiriladi

“O'zbekiston Respublikasining transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-28-son, 27.01.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, O'zbekistonning transport-logistika tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo'yicha “yo'l xaritasi” tasdiqlandi.

✔️ Quyidagilarni nazarda tutuvchi asosiy maqsadli ko'rsatkichlar va indikatorlar belgilandi, jumladan:

🔹avtomobil, temir yo'l va havo transportida xalqaro yuk tashish umumiy hajmini kamida 2 baravarga oshirish;

🔹transport va logistika xizmatlari eksportini 2 baravargacha oshirish;

🔹konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobarga oshirish;

🔹Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida (LPI) O'zbekistonning o'rnini 55-pog'onadan past bo'lmagan darajagacha ko'tarish.

📜 Yuklarni xalqaro tashishni tashkil etishda transport-ekspeditorlik xizmatlariga QQS nol stavkada qo'llanadi.

🗓 2025-yil 1-iyundan Davlat chegarasi orqali avtomobil o'tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.

Batafsil


_____________________________

Транспортно-логистическая система будет ещё больше развиваться


Принято постановление Президента "О мерах по дальнейшему развитию транспортно-логистической системы Республики Узбекистан" (ПП-28, 27.01.2025 г).

В соответствии с постановлением утверждены Концепция развития транспортно-логистической системы Узбекистана до 2030 года и "дорожная карта" по ее реализации.

✔️ Определены основные целевые показатели и индикаторы, предусматривающие, в том числе:

🔹не менее чем в 2 раза увеличить общий объем международных грузоперевозок автомобильным, железнодорожным и воздушным транспортом;

🔹 увеличение экспорта транспортных и логистических услуг в 2 раза;

🔹увеличить долю грузоперевозок в контейнерах не менее чем в 1,5 раза;

🔹Повышение позиции Узбекистана в Индексе эффективности логистики (LPI) Всемирного банка не ниже 55-го места.

📜 При организации международных перевозок грузов НДС на транспортно-экспедиторские услуги применяется по нулевой ставке.

🗓 С 1 июня 2025 года в пунктах пропуска через Государственную границу будет внедрена система электронной очереди автотранспортных средств.

Поробнее
Президент Шавкат Мирзиёев электр энергетикасини 2025-2035 йилларда ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по мерам развития электроэнергетики на период 2025–2035 годов.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #elektr

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X