Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
Andijon viloyatida sayyor qabul o'tkazildi

Andijon viloyatida Transport nazorati inspeksiyasi boshlig'i Jamshid Karimov transport sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va mahalliy aholi vakillari bilan sayyor qabul o'tkazdi.

Qabul davomida ishtirokchilardan tushgan savollarga asoslangan javob berildi.

O'rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga ko'rsatma berilib, ijrosi inspeksiya nazoratiga olindi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” лойиҳасини амалга ошириш ҳамда чиқиндиларни бошқаришни такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам реализации проекта "Яшил макон" и совершенствованию управления отходами.

#Mirziyoyev #videoselektor #Yashilmakon #chiqindi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иқтисодиёт тармоқларини барқарор ривожлантириш ва рақобатбардошлигини ошириш масалалари муҳокамаси юзасидан йиғилиш ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам стабильного развития и повышения конкурентоспособности отраслей экономики.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #eksport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov 26 – 28-mart kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida transport tashuvlarini rivojlantirish borasida sohada faoliyat yuritayotgan korxona vakillari bilan uchrashdi.

Xususan, Nukus shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlarga amal qilish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Xorazm viloyatida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa xorijiy/ko‘p tomonlama ruxsatnomalarni milliy tashuvchilar orasida taqsimlash, berish va ulardan foydalanish jarayonlari bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

Batafsil