Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.17K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
Hashar – birlik va hamjihatlik namunasidir

Respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari tadbirlarining ikkinchi kunida Transport vazirligi rahbariyati boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirildi.

Daraxt ekib, bog‘ yaratish xalqimizga xos milliy qadriyatlardan biridir. Bugungi kunda ushbu an’ana milliy harakatga aylanib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Jumladan, Transport vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Xojikent" sihatgohi yuqori tog‘ qismi hududida vazirlik bog‘ini barpo etish ishlari olib borildi.

O‘zaro birdamlikda olib borilayotgan bu kabi ishlar nafaqat hududlarni obod qilishda, balki insonlar orasida odamiylik, mehr-oqibat tuyg‘ularini oshirishga xizmat qilmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳 “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari va “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлигида бўлиб, соҳадаги режалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Агентство по карантину и защите растений, где ознакомился c планами деятельности ведомства.

#Mirziyoyev #tanishuv #agentlik #karantin

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Namangan_viloyati

👮Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Namangan viloyati hududiy bo‘limi tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Nazorat tadbirlari davomida tender talab va shartlariga amal qilmayotgan hamda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida haydovchilarga yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan huquqiy tushuncha berib o‘tildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Seminar-trening

Bugun, Transport vazirligi markaziy apparat boshqarma, bo‘lim boshliqlari, hududiy bo‘linmalar, Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi hamda Transport nazorati inspeksiyasi mas’ullari ishtirokida mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tashkilotlar birinchi rahbarlari, moliya-iqtisod, inson resurslarini rivojlantirish hamda ijro intizomi xodimlari ishtirokida tashkil etilgan seminar treningda mehnat jamoasida ish samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.

Xususan, seminar-treningda xodimlar mehnatini moddiy rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, samaradorlik, bajarilayotgan ish sifati oshirilishidan ularning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini oshirish, belgilangan vazifalarni bajarishda tashabbus ko‘rsatilishini rag‘batlantirish, mehnat va ijro intizomini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |