Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
Bugun butun mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Transport vazirligi, hududiy transport boshqarmalari va tizim tashkilotlarida bugun erta tongdan xayriya hashari uyushqoqlik, hamjihatlikda boshlandi.
Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mehnat jamoalari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Hashar davomida vazirlik markaziy apparati joylashgan bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi. Tevarak-atrof, gulzorlar tartibga keltirildi. Daraxtlar oqlanib, shakl berildi.
Har yili Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarda umumxalq xayriya hasharlari tashkil etilishi qadriyatlarimizning boqiyligidan dalolatdir.
Umumxalq hashari ezgu amallarga boy bo‘lmoqda, xususan, poytaxt jamoat transporti avtobuslarining oxirgi to‘xtash bekatlari ham tozalanib, tartibga keltirildi.

Hashar – birlik va hamjihatlik namunasidir
Respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari tadbirlarining ikkinchi kunida Transport vazirligi rahbariyati boshchiligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari jadal davom ettirildi.
Daraxt ekib, bog‘ yaratish xalqimizga xos milliy qadriyatlardan biridir. Bugungi kunda ushbu an’ana milliy harakatga aylanib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Jumladan, Transport vazirligi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani "Xojikent" sihatgohi yuqori tog‘ qismi hududida vazirlik bog‘ini barpo etish ishlari olib borildi.
O‘zaro birdamlikda olib borilayotgan bu kabi ishlar nafaqat hududlarni obod qilishda, balki insonlar orasida odamiylik, mehr-oqibat tuyg‘ularini oshirishga xizmat qilmoqda.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM