Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
DIQQAT VAKANSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov elon qiladi:

1. Murojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i;

2. Moliya-iqtisod bo‘limi Bosh mutaxassisi;

3. Toshkent shahar temir yo‘l transportida nazorat hududiy bo‘limi Elektr ta`minoti xo‘jaligi bo‘yicha Bosh inspektori;

4. Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi Bosh mutaxassisi;

5. Avtomobil va suv transportida nazorat boshqarmasi Bosh mutaxassisi;

6. Yo'l-qurilish ishlarini nazorat qilish Farg'ona viloyati hududiy bo'limi Bosh inspektori;

7. Yo'l-qurilish ishlarini nazorat qilish Samarqand viloyati hududiy bo'limi Bosh inspektori.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚌 ATTO va Aqlli Transport Tizimi (IVMS) o’rtasida integratsiya ishlari yakunlanib, tizim test rejimida ishga tushirildi.

Natijada yo'lovchilarga ATTO mobil ilovasining "Transport" bo’limida avtobuslar harakatini real vaqtda kuzatish va o'z sayohatlarini qulayroq rejalashtirish imkoniyati yaratildi.

📲 ATTO mobil ilovasini hoziroq quyidagi havolalar orqali yuklab oling:

Google Play

AppStore


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

👮Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Termiz shahrida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
"LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Bugun,14-mart kuni soat 9:00 da Toshkent xalqaro aeroportida aviakompaniyaning Varshava- Toshkent yo'nalishida ilk muntazam parvozni amalga oshirgan havo kemasi tantanali ravishda kutib olindi.

Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishidagi aviaqatnovlar mart oyida haftasiga 3 marotaba, aprel oyidan 4 marotaba amalga oshirilishi reja qilingan.

Ushbu reyslar O‘zbekiston va Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi turistlar almashinuviga ijobiy tas’ir ko‘rsatadi.

Aviachiptalarni kompaniyaning lot.com rasmiy veb-saytida, shuningdek, sayyohlik agentliklaridan sotib olish mumkin.

©Foto va video.
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Toshkent – Varshava – Toshkent yoʻnalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Mazkur yoʻnalishda "LOT Polish Airlines" aviakompaniyasi haftada uch marta – dushanba, payshanba va shanba kunlari Boeing 737 MAX 8 samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
TASHUVCHILAR DIQQATIGA!

Tbilisi shahrida kunning tig‘iz vaqtlarida katta hajmli yuk transport vositalarining harakatlanishi cheklanadi.

2024-yilning 20-martidan Gruziya poytaxti Tbilisida M3, N2, N3 toifali transport vositalarining shahar ichidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida harakatlanishiga cheklovlar joriy etiladi.

Cheklovlar kunning tig‘iz vaqtlarida soat 08:00 dan 11:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha amal qiladi.

Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida ushbu ma’lumotni inobatga olgan holda harakatlanishini so‘raymiz.

Batafsil


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

Yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish holati muhokama etildi

Viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlarining harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati, korxona haydovchilarining yo‘l qoidalariga qat’iy rioya etishi hamda yo‘nalishlarda tender shartnomalarida belgilangan tartibda harakatlanishini ta’minlash masalalari borasida so‘z bordi.

Batafsil