Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan xabarlar yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi

Jurnalist Muhammadjon Obidovning 2024-yil 2-fevral kuni O‘zA milliy axborot agentligida e’lon qilingan “Uchko‘prik – Kenagas” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bo‘yicha e’lon qilingan jurnalistik surishtiruvida ko‘tarilgan masalalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi faoliyati bo‘yicha tanqidiy xabarlar yuzasidan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Transport nazorat inspeksiyasi rahbari J.Karimovlar ishtirokidagi maxsus ishchi guruh tomonidan 3–4-fevral kunlari viloyat transport boshqarmasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganish ishlari davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan vazirlik markaziy apparati, inspeksiya hamda hududiy transport boshqarma va nazorat qilish bo‘limi rahbar va ishchi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Qatar transport vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

5-fevral kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qatar transport vaziri o‘rinbosari Abdullox Xamad Iso boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida transport logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini hamda transport koridorlarini rivojlantirish yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar muhokama etildi.

Xususan, tomonlar transafg‘on temir yo‘l qurilishi loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Состоялась встреча с заместителем министра транспорта Катара

5 февраля, министр транспорта Илхом Махкамов встретился с представителями делегaции во главе с заместителем министра транспорта Катара Хамадом Иса Абдуллой.

На встрече обсуждены вопросы сотрудничества между Узбекистаном и Катаром в области транспорта и логистики, а также совместные проекты по развитию транспортных коридоров.

В частности, стороны обменялись мнениями по проекту Трансафганской железной дороги.
Президент Шавкат Мирзиёев электромобиль ишлаб чиқаришни кенгайтириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по расширению производства электромобилей.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #elektromobil

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasi muhokama etildi

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temir yo‘l maʼmuriyati rahbariyati ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Batafsil

Обсуждение проекта строительства Трансафганской железной дороги

6 февраля текущего года в Ташкенте состоялась четырехсторонняя встреча с участием руководства министерств транспорта и железнодорожной администрации Узбекистана, Афганистана, Пакистана и Катара.

На встрече рассмотрены вопросы реализации проекта строительства Трансафганской железной дороги.

Подробнее
​​Shahar avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha ochiq tender 2024-yil 9-aprel kuni elektron tarzda o‘tkaziladi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

3-sonli “Gulbog‘ mahallasi–Konigil mahallasi (М39 a/y)”;
7-sonli “Yangi hayot mahallasi–So‘g‘diyona istirohat bog‘i”;
17-sonli “So‘lim shaharchasi–Ehtiyot qismlar bozori–Samarqand tola”;
20-sonli “Obod maskan mahallasi–Sho‘rboyi mahallasi (M-39 a/y)”;
22-sonli “Navbog‘ mahallasi–Pistamozor mahallasi”;
27-sonli “Temiryo‘l ABB–Obod maskan mahallasi”;
37-sonli “Yerteshar qishlog‘i–Temiryo‘l ABB”;
55А-sonli “Siyob bozor–Sho‘rboyi mahallasi”;
55В-sonli “Siyob bozor–Davlatobod MFY”;
64-sonli “Sattepo maskani–Sho‘rboyicha mahallasi”;
66-sonli “SamDMQO–Badal mahallasi”;
87-sonli “Sattepo maskani–Universitet xiyoboni”;
99-sonli “1-son shahar shifoxonasi–Samarqand tola”;
142-sonli “Siyob bozor–Andijoni mahallasi”;
256-sonli “Asfalt zavod (Farxod qo‘rg‘oni)–Aeroport”.

Tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Samarqand viloyati transport boshqarmasi.

☎️ Maʼlumot uchun telefon: +998 71 202-05-00 (234).
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan vazirlik binosida shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida yo‘lovchi tashuvlari sohasida qonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoyalash, hududlarda jamoat transporti yo‘nalishini tashkil etish, yo‘llarni taʼmirlash hamda logistika faoliyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan 10 nafar fuqarolardan jami 8 ta murojaatlar kelib tushdi.

Qabul jarayonida murojaatlarning 5 tasi qanoatlantirilib, ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish uchun vaqt talab etilganligi sababli 3 ta murojaat nazoratga olindi.

Batafsil