Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.2K photos
2.18K videos
13 files
6.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
加入频道
IKAO vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 20-yanvar kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktor o‘rinbosari Elxan Naxmedov boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida parvozlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazoratni tashkil etish ustidan doimiy monitoring mexanizmi doirasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan navbatdagi Audit tekshiruvi o‘tkazilishi muhokama etildi.

Suhbat chog‘ida IKAOning navbatdagi Auditiga tayyorgarlik ko‘rish, tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Tomonlar rejalashtirilgan Auditiga puxta va sifatli tayorgarlik ko‘rish va sohada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan taklif va masalalarni muhokama qilishdi hamda hamkorlikni uzviy davom ettirishga kelishib olishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Najmiddin Davlatov – «Toshshahartransxizmat» AJ raisi o‘rinbosari


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

Shovot tumanida 2 ta avtobus yo’nalishi aholi uchun bepul xizmat qilmoqda

Noqulay ob-havo sharoitida yo‘lkira narxi asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish va aholi uzog’ini yaqin qilish maqsadida viloyat transport boshqarmasi yo’lovchi tashish faoliyati bilan shug’ullanuchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko’rmoqda.

Xususan, Shovot tumanining ichki yo’nalishlaridagi “Shovot – Monoq” va “Shovot temir yo’l stansiyasi – tuman kinoteatri” vaqtinchalik yo‘nalishlarida tadbirkorlar tomonidan bepul avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Buxoro_viloyati

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnovlarni to‘liq amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bilan hamkorlikda shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnovlarni to‘liq bajarish bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilib, transport vositalari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Xususan, Buxoro – Toshkent, G‘ijduvon – Toshkent, Qorako‘l – Toshkent va Shofirkon – Toshkent yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda avobus qatnovlari uzluksizligini ta’minlash maqsadida Buxoro–Toshkent yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi “All Comfort” korxonasi tomonidan kundalik qatnovlar to‘liq tiklandi.

22-yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishida soat 8:00, 9:00, 10:00, 11:00, 12:00, 13:00 da avtobus qatnovlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Eslatma

‼️ 2010-yilgacha olingan “prava”ni yangisiga almashtirishning oxirgi muddati – 31-mart

🔰 Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

▫️2010-yilgacha bo'lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
▫️2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
▫️2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
▫️2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

📌 Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

⚠️ Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://yangx.top/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Jamoat transporti harakati uchun ajratilgan maxsus yo`laklarda qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga tegishli chora ko`rilmoqda


‼️ Barcha yo`l harakati ishtirokchilaridan begilangan qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so`rab qolamiz.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

🚌 300 dan ortiq avtobus yo‘nalishlarga chiqarilishi ta’minlandi

Ma’lumki, bugun 23-yanvardan viloyatdagi aksar ta’lim muassasalarida o‘qish qayta boshlandi. O‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchi va pedagoglar o‘quv dargohlariga otlanishdi.

Bu esa yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari xizmatiga talab yanada oshishini anglatadi. Qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha faoliyat olib borayotgan viloyat shtabi tomonidan jamoat transporti qatnovi uzluksizligini ta’minlash borasida zarur choralar ko‘rilayapti.

Jamoat transportining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan avtobuslarning yo‘nalishlarga to‘laqonli chiqarilishiga yoqilg‘i ta’minoti ijobiy hal qilinishi natijasida erishilmoqda.

23-yanvar holatiga viloyatdagi mavjud yo‘nalishlarda jami 331 ta avtobus, 18 ta mikroavtobus, shuningdek, yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida 1160 ta “Damas” aholiga xizmat ko‘rsatayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

🚍 Viloyatda 35 ta vaqtinchalik yo‘nalishlar tashkil etildi

Noqulay ob-havo sharoitida aholini jamoat transporti bilan to‘liq ta’minlash, qolaversa, ta'lim muassasalarida dars jarayonlarining boshlanganligi sababli tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi jamoat transportlari soni oshirildi.

🚌 Xususan, viloyat transport boshqarmasi tomonidan chekka hududlardagi aholini tuman markazi bilan bog‘lovchi 35 ta vaqtinchalik yo‘nalishlar tashkil etildi, bu yo‘nalishlarda 37 ta jamoat transportlari belgilangan jadval asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi.

🚏23-yanvardan boshlab qo'shimcha ravishda tashkil qilingan vaqtinchalik yo‘nalishlar soat 07:00 dan 09:00 gacha, 12:00 dan 14:00 gacha va 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqtlarda qatnovlarni amalga oshirishi belgilandi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HUDUD | Jamoat transporti haydovchilarining oylik maoshlari oshdi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Jamoat transporti xizmati sifatini yaxshilash chora-tadbirlari


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Namangan_viloyati

23-yanvar kuni barcha ta’lim muassasalarida dars jarayonlari boshlanishi sababli jamoat transportidan foydalanuvchilar soni keskin ortishini inobatga olgan holda hududlarda qatnovlar uzluksizligini taminlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larda yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Shuningdek, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida "Qo‘qon – Andijon" shaharlararo yo‘lovchi poyezdiga qo‘shimcha 3 ta vagon ulandi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | «Uzbekistan Airways» 12 ta «Airbus» samolyotini xarid qiladi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев пахта етиштиришни қўллаб-қувватлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам поддержки хлопководства.

#Mirziyoyev #yigilish #qishloqxujaligi #paxtachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter