This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mazkur videodagi holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5-mart kuni Marg‘ilon shahar 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi (ayol), 2000-yilda tug‘ilgan M.E. o‘quv jarayonining 6-soat darsini 5-D sinfiga o‘tayotganda shu sinfning o‘quvchisi 23.08.2012 yilda tug‘ilgan U.J. xojatxonaga chiqib kelishni so‘ragan, o‘qituvchi javob bermagan. Bola zarurat yuzasidan sinfdan chiqqan va birozda qaytgach, o‘qituvchi uning ruxsatsiz harakatidan va gaplashib o‘tirishidan jahli chiqib o‘z qo‘l telefonini o‘quvchiga qarata otgan. Telefon U.J. ga tegib, oqibatda uning bosh qismi yorilgan.
U.J. ga maktab hamshirasi tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, boshi bog‘langan. Uyga shu holatda borgan vaqtida bolaning onasi U.G. jarohatdan xabar topib, uni shifoxonaga olib borgan va bolaga zaruriy tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.
Hozirda o‘qituvchining harakati yuzasidan tuman IIB tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. Voyaga yetmagan J.U. ni olgan tan jaroxatini aniqlash maqsadida joriy yilning 6-mart kuni sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo #bolalar #bolalar_ombudsmani
#ikkinchi_kun
☀️Bola yaqinlaridan qanchalik ko‘p mehr ko‘rsa, qalbiga, fikriga quloq tutilsa, uning o‘ziga, hayotga bo‘lgan ishonchi ortadi. Ana shu oddiy haqiqatning yaqqol isbotini kuni kecha Guliston shahridagi oilaviy bolalar uylarini o'rganishimiz davomida ko‘rdik.
Oilaviy bolalar uyida hukm surayotgan samimiy ahillik va baxtni ko‘rib chindan quvondik.
Tutingan ota-ona-onalar bolalarga berayotgan mehr va to‘g‘ri motivatsiya tufayli bolajonlar nihoyatda faol, maktabdagi turli musobaqalarda va tanlovlarda doimo faxrli o‘rinlari egallab kelishmoqda🏅.
Ular faqat maktabdagi dars mashg‘ulotlari bilan cheklanib qolmay, bo‘sh paytlarida birgalikda turli estetik buyumlar yasash, tikuvchilik bilan band bo‘lib, shuningdek, gimnastika, aykido, kurash kabi sport turlari hamda tasviriy san’at va she’riyat bilan mashg‘uldirlar.
Ota-onalar bolajonlar uchun ajoyib motivatsiya namunasi bo‘lib, har bir katta va kichik yutuq uchun bolalarni rag‘batlantirib borishadi, bu esa ularga yanada kuch bag‘ishlaydi💪🏻.
Bunday samimiy va do‘stona muhitda tarbiyalanayotgan bolajonlar albatta kelgusida jamiyatimizda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan inson bo‘lib yetishadilar.

#Sirdaryo #oilaviy_bolalar_uyi #bolalar_ombudsmani
Bolalar ombudsmanining Guliston shahridagi oilaviy bolalar uyiga safaridan fotolavha📸