Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#Sirdaryo #bolalar #bolalar_ombudsmani
#ikkinchi_kun

☀️Bola yaqinlaridan qanchalik ko‘p mehr ko‘rsa, qalbiga, fikriga quloq tutilsa, uning o‘ziga, hayotga bo‘lgan ishonchi ortadi. Ana shu oddiy haqiqatning yaqqol isbotini kuni kecha Guliston shahridagi oilaviy bolalar uylarini o'rganishimiz davomida ko‘rdik.

Oilaviy bolalar uyida hukm surayotgan samimiy ahillik va baxtni ko‘rib chindan quvondik.

Tutingan ota-ona-onalar bolalarga berayotgan mehr va to‘g‘ri motivatsiya tufayli bolajonlar nihoyatda faol, maktabdagi turli musobaqalarda va tanlovlarda doimo faxrli o‘rinlari egallab kelishmoqda🏅.

Ular faqat maktabdagi dars mashg‘ulotlari bilan cheklanib qolmay, bo‘sh paytlarida birgalikda turli estetik buyumlar yasash, tikuvchilik bilan band bo‘lib, shuningdek, gimnastika, aykido, kurash kabi sport turlari hamda tasviriy san’at va she’riyat bilan mashg‘uldirlar.

Ota-onalar bolajonlar uchun ajoyib motivatsiya namunasi bo‘lib, har bir katta va kichik yutuq uchun bolalarni rag‘batlantirib borishadi, bu esa ularga yanada kuch bag‘ishlaydi💪🏻.

Bunday samimiy va do‘stona muhitda tarbiyalanayotgan bolajonlar albatta kelgusida jamiyatimizda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgan inson bo‘lib yetishadilar.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#ikkinchi_kun #Qoraqalpogiston #Bolalar_ombudsmani

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi monitoringimizning ikkinchi kunida Nukus shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4-sonli maktab-internatida bo‘ldik.

👫 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bu maskanda bugungi kunda 218 nafar bola tarbiyalanib kelinmoqda.

Internat o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ular ko‘magida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashg‘ulot uskunalari va boshqa zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan.

🖥 Jumladan, ushbu maskandagi bolalar ehtiyojlari inobatga olinib, 2 ta maxsus kompyuter xonasi, qo‘shimcha yuvinish xonalari yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, bu maskan mutaxassislari ham sohadagi zamonaviy texnologiya va uslublarni egallash, bolalar bilan yanada samarali ishlash maqsadida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

📚Internat ma’muriyatining tashabbusi va faolligi natijasida muassasa kutubxonasidagi o‘zbek tilidagi maxsus kitoblarning aksariyati qoraqalpoq tiliga o‘girilib, chop etilmoqda.

🌈 Bolalar tomonidan turli yo‘nalishlarda yaratilgan ijod namunalari bilan tanishar ekanmiz, shunga amin bo‘ldikki, qanday xususiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar har bir bola noyob iste’dodga ega, uni to‘g‘ri namoyon qilish esa faqat va faqat biz - kattalarga bog‘liqdir.

Shuningdek, monitoring davomida maktabda yuvinish xonalari yetarli emasligi, faollar zali tashkil etish zarurati borligi aniqlandi va hudud mutasaddilariga mazkur masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍Shuningdek, monitoring doirasida 10-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘ldik. Bu yerda hozirda 164 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda.

🔗 Aytish kerakki, ushbu muassasada respublikada tiflotexnika bo‘yicha yagona vosita mavjud bo‘lib, uning ko‘magida tarbiyalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratilgan.
Brayl alifbosiga moslashgan bosmaxona ishlashi jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy I-5 rusumli kompyuterlarni, zamonaviy maxsus oftalmologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, oxirgi 2 yil ichida maskanda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik.

🗣 Shu bilan birga, maktab-internatdagi qator muammoli masalalarda mutasaddilar bilan muloqot qildik.
Jumladan, oshxonaning kichikligi sababli tarbiyalanuvchilar 3 ta smenaga ajratilgan holda ovqatlanishi, yotoqxonadagi yotoqlar soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi oqibatida xonalarga standartdan tashqari yotoq joylari o‘rnatilganligi muammo tug‘dirmoqda.

Mazkur masalalar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun Bolalar ombudsmani tegishli mas’ul idoralarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi. Hozirda bu borada tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta'minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X