Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
🖇 Kuni kecha Adliya vazirligi va UNICEF bilan hamkorlikda bolalar uchun ixtisoslashtirilgan odil sudlov tizimini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatini o‘tkazdik.

🗣 Muloqot davomida Oliy Majlis Senati a’zolari, mutasaddi davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildik.

Uchrashuvda xorijiy ekspertlar, xususan UNICEFning Albaniya 🇦🇱va Gruziyadagi🇬🇪 vakolatxonalari mutaxassislari, Qozog‘istondagi 🇰🇿 voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha maxsus sudi raisi, Serbiya 🇷🇸 Oliy sudi sudyasi ham onlayn ishtirok etib, odil sudlovda bolalar uchun do‘stona va muqobil muhit tashkil etishga oid o‘z davlatlari tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.

Aytish kerakki, har qanday sud jarayoniga kirishayotgan bolalarga o‘z huquqlarini himoyalash instrumentlari ishonchli ta’minlanmas ekan, chinakam odil sudlovga erishish haqida gapirish qiyin

Buning uchun esa odil sudlov jarayonlarida bolalarga samarali yuridik yordam, vakillik va qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati to‘liq ta’minlanishi zarur☑️.

🔵 Davra suhbati yakunida jinoyat va fuqarolik sudlov tizimlarini maxsus ixtisoslashtirish, odil sudlovga jalb qilingan barcha toifadagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan bepul yuridik yordam ko‘rsatish va bu yo‘nalishdagi boshqa manzilli harakatlar borasida kelishdik.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan;

2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid;

6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇 Bugun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Ichki ishlar organlarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘nalishidagi faoliyatining dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik.

📍Tadbirda Kriminologiya tadqiqot instituti, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, shuningdek, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchilari ishtirok etishdi.

📌 Aytish kerakki, Bolalar ombudsmanining IIV tizimi bilan bola manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorligi keng qamrovli bo‘lib, Bolalar ombudsmani faoliyatining asosiy vazifalari, monitoring funksiyasi, bugungi kundagi o‘zaro hal etilishi muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik.

🔸Shuningdek, konferensiyada Respublikada voyaga yetmaganlar viktimologik profilaktikasi yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish zarurati, voyaga yetmaganlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha milliy mexanizmi, bola huquqlari himoya qilish sohasida ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari borasida ma’ruzalar qilindi.

📃 Konferensiya yakunida Bolalar ombudsmani instituti va Ichki ishlar vazirligi akademiyasi hamda Bolalar ombudsmani instituti va Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtalarida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumlari imzolandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM