Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
🎈Bugun, 1-iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami arafasida Toshkent shahar prokuraturasida bolalar uchun tashkil etilgan bayram marosimida ishtirok etdik.

📌 Bayram tadbirida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, shuningdek, xorijdan qaytgan ijtimoiy ahvoli murakkab bo‘lgan oilalardan 120 nafardan ortiq bolalar ishtirok etdilar.

👫 Bizning tabriklarimizga javoban bolajonlarning o‘zi ham so‘zga chiqib, tengdoshlarini bayram bilan tabriklashi, sevimli she’rlarini aytib berishi tadbirga yanada samimiyat va quvonch baxsh etdi.

📍Bayram dasturi doirasida bolalarga yozgi kiyim to‘plami sovg‘alari topshirilib, so‘ng poytaxtimizning qator madaniy va ko‘ngilochar maskanlariga safar uyushtirildi.

Shubhasiz, bunday samimiy tadbirlar bolajonlarda eng yorqin taasurotlar qoldirar ekan, bu orqali ular hamisha davlatimiz e’tiborida, g‘amxo‘rligida ekanliklarini dildan his qiladilar.

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🖇Bugun Bolalar ombudsmani may oyida o‘zining beshinchi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan atroflicha ko‘rib chiqdi.

Jumladan, qabul davomida:

◽️voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayotgan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borishi yuzasidan ota roziligini ololmayotganligiga oid;

◽️14 yoshli bolaga bulling oqibatida sinfdoshlaridan jiddiy tan jarohatlari yetkazilganligi yuzasidan;

◽️Maktabda pedagog va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi nizoning ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri yuzasidan

◽️Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy ravishda buzilayotganligi oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Centre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Butun respublika hududlarida o'tkazilgan olimpiadada Xorazm viloyatidan 38 mingdan ortiq bolajonlar ishtirok etib, viloyatlar kesimida eng faol hududga aylandi.

Musobaqada Xorazm viloyatidan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar 🎊.

📜 Gʻolib o‘quvchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Bolalar ombudsmani sovrini olimpiadasida ishtirok sertifikatlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Sovrindor bolajonlarimizga kattadan-katta yutuqlar tilab qolamiz. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang!

Boshqa viloyatlarda sovrinlar topshirish marosimlari haqida ham ma’lumot berib boramiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM