Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
🏛Respublikamiz ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yili tamomlanishiga ham oz fursat qoldi.

🧠 Farzandlarimiz yozgi ta’tilga chiqishdan avval, tabiiyki muayyan fanlardan imtihon topshiradilar.

Imtihonlarga tayyorgarlik bo'yicha Bolalar ombudsmani tavsiyalari bilan yuqoridagi slaydlarda tanishing✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️OAVlarda "Andijonda maktab direktori o‘rinbosari o‘quvchi qizlarga tegajog‘lik qilayotgani aytilmoqda" mazmunidagi xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi

📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7-may kuni Andijon viloyatida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabiga 1957-yilda tug‘ilgan U.M. (ayol kishi) kelib, muassasa ma’muriyati va inspektor-psixologga murojaat qilgan.

🖇 O‘z murojaatida uning nabirasi N.S. (6-sinf o‘quvchisi, 2012-yilda tug‘ilgan) ga nisbatan mazkur maktab direktor o‘rinbosari M.K. (1990-yilda tug‘ilgan) tegajonlik qilganligini aytib, bunday holat avval ham kuzatilganligini bildirgan.

🖇 Hozirda holat bo‘yicha Andijon shahar IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

📍Shuningdek, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holatga o‘z munosabatini bildirgan.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

🖇 Jumladan,

1️⃣ Oilaviy ajrim jarayonida otaning o‘z farzandlari bilan ko‘rishishiga to‘sqinlik qilinayotganligiga oid;

2️⃣ 2-sinf o‘quvchisi muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab mas’ullari va tegishli organlarning bunga befarqligi yuzasidan;

3️⃣ Shayxontohur tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida mental nogironligi bo‘lgan qizaloqqa boshqa tarbiyalanuvchi bola tomonidan muntazam turli jarohatlar yetkazilayotganligi va bu holatga bog‘cha ma’muriyatining e’tiborsizligi yuzasidan;

4️⃣ Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy buzilishiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Yuqoridagi murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganib, har bir holat yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda chora ko‘rish jarayoni boshlandi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldik va bu maskandagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.

🖇 Aytish kerakki, muassasada ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va ijtimoiy-huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar muayyan muddat saqlanib keladilar.

📍Markazda kasb-hunar o‘rganish, psixologik terapiya, kutubxona, dam olish, musiqa va sport xonalari mavjud bo‘lib, bolajonlar o‘qishdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish sharoitlari yaratilgan.

🗣 Muassasa hayoti bilan yaqindan tanishish jarayonida bu yerda turgan har bir bola bilan suhbatlashdik, ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdik.

Muhimi, tarbiyalanuvchilar turli murakkab hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lsalarda, kuchli iroda va aniq maqsadlarga ega bo‘lib, o‘z kelajagining egasi aynan o‘zlari ekanligini yaxshi anglayaptilar.

Aytish kerakki, bu maskandagi bolalar ahvolidan muntazam xabardor bo’lar ekanmiz, ularning markazdan keyingi hayoti, ta’limi borasida kuzatuvimizni davom ettirmoqdamiz.

Shu bilan birga, markaz mutaxassislari, xususan, psixologlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari o‘z vazifalarini bajarishi bilan tanishdik.

📝 Markaz faoliyati monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM