Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #murojaatlar #Bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bola manfaatlariga oid turli murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan,

☑️ muayyan sabablarga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligi to‘xtatib turilgan 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid;

☑️ Yangihayot tumanidagi to‘liq ekspluatatsiyaga topshirilmagan bolalar maydonchasining bolalar salomatligiga xavfi yuzasidan;

☑️ bola o‘z buvisi tomonidan mutassil ravishda majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi masalasiga oid;

☑️ bolalar ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashashi masalasiga oid;

☑️ jinsiy jinoyat sodir etganligi tufayli shaxsni otalik huquqidan mahrum qilish masalasidagi murojaat yuzasidan;

☑️ og‘ir kasallikdan vafot etgan onaning farzandi tug‘ilganidan beri bobo-buvilari parvarishida bo‘lganligi tufayli ularning bolaning vasiylari sifatida belgilanishi yuzasidan;

☑️ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi buzilishiga oid masalalar va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Shuningdek, voyaga yetmagan qiz onasi, buvisi va uchinchi shaxs tomonidan yillar davomida sodir etilgan turli shakldagi zo‘ravonlik yuzasidan Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘radi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#murojaat #qonuniy_chora

📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "Ishonch telefoni" orqali Namangan viloyatida yashovchi M.T. dan murojaat kelib tushdi.

🖇 Ma’lum bo‘lishicha, M.T. ning 2019-yilda tug'ilgan farzandi M.X. (o‘g‘il bola) Pop tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi, joriy yilning 21-fevral kuni ushbu ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar guruhdagi bolalarni qarovsiz qoldirgan bo'lib, bu holatdan xabar topgan M.X. ning otasi Y.M. pedagog xodimlarga e’tiroz bildirgan. Shundan so‘ng, tarbiyachilar bolaga ruhiy bosim o‘tkazib, uni haqorat qilganligi uchun yuqoridagi xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, farzandining huquqlari himoya qilinishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi ushbu holatni atroflicha o‘rgandi

O‘rganish natijasida Pop tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tarbiyachi va uning yordamchilari o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lganliklari sababli tashkilot direktorining buyrug‘iga ko‘ra ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

🎥 Bolalar ombudsmanining mart oyidagi faoliyatidan qisqacha videolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Zo‘ravonlikning keng tarqalgan va murakkab ko‘rinishi – bu bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdir. Bunday zo‘ravonlik har joyda: maktabda, oilada, tengdoshlar orasida sodir bo‘lishi mumkin.

🖇 Mazkur suratlarda zo‘ravonlik nima ekanligi, undan jabrlangan bola qanday huquqlarga ega ekanligi keltirilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qo‘pol muomala qilayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni mutasaddi tashkilotlar bilan birga o‘rganishni boshladi.

Aniqlanishicha, 27-mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X. ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga yetmagan farzandiga qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan.

🖇 Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘laganligi uchun bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targanligi, buning natijasida farzandining qo‘lida ko'karishlar borligini bildirgan.

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatni o‘rganishi davomida tarbiyachi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lganligi aniqlandi.

☑️ Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yo'l qo'ymasligi zarurati ta‘kidlanib, joriy yilning 29-mart kuni tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
 
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🔷 xorijiy davlat fuqarosi bilan nikohidagi 4 nafar farzandini xorijdan O‘zbekistonga olib kelish to‘g‘risidagi murojaati masalasi yuzasidan;

🔶 bog‘chada bolaga nisbatan uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga oid;

🔷 bola muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab ma’muriyatining bunga befarqligi yuzasidan;

🔶 tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati yuzasidan;

🔷 avval vasiylikka olingan bolaga nisbatan farzandlikni bekor qilishi da’vosi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarga oid;

🔶 voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid mazmundagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda 2009-yilda tug‘ilgan M.Ya. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.Ya. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.Ya. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog‘lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.Ya. ning oilasi ijtimoiy vaziyati o’rganilib, uning onasi bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.Ya. joriy yilning 19-mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

✔️ Bundan tashqari, M.Ya. hozirda o’qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta maktabda davom ettira boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati #bulling #qonuniy_chora_korish

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qildi.

🖇 E.O. o'z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e'tiborsiz ekanligini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni xal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O. ni urishgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi.

Bo'stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V. ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

🔴Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K. larning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM