Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.05K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#bayram_muborak

Bolalar ombudsmani jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va ezgulik ramzi - Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaydi.

Yangi kun atalmish Navro‘z shukuhi, quvonch va shodlik hech birimizni tark etmasin.

Ushbu qadimiy va go‘zal bayramimiz arafasida barchaga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat tilab qolamiz!


Telegram|Facebook|Instagram|X
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltakladi" sarlavhasi ostida video tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda

📌 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-mart kuni Uchtepa tumanida 2014-yilda tug‘ilgan T.M. qo‘shnisi 2014-yilda tug‘ilgan X.K. bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida urishib turgan vaqtida T.M. ning otasi E.M. ularni o‘zaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish o‘rniga aksincha, o‘g‘li T.M. ga qo‘shnisi X.K. ni urishiga imkon yaratgan va o‘zi ham urishga ko‘maklashib, bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan va janjalni davom ettirishga o‘g‘lini majbur qilgan.

🖇 Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. lar o‘zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo’lmagan.

⚪️ Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bola_manfaati #sud_amaliyoti #qonuniy_chora

📌 Joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida bolaga (2013-yilda tug‘ilgan qizga) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 129 moddasi, 2 qismi, "v" bandi) yuzasidan yopiq tarzdagi sud protsessi bo‘lib o‘tdi.
Bola manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan Bolalar ombudsmani o'z vakolatlari doirasida mazkur ish hujjatlari bilan tanishib chiqdi.

🖇 Sud ushbu jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi Jinoyat qonuni doirasidagi jazo chorasi – 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi.

Aytish kerakki, bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotganligi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti shakllanishi zarur

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Butun xalq farovonligi bolalarning to‘g‘ri tarbiyasiga bog‘liq".

Jon Lokk - ingliz faylasufi

Telegram|Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ariza #murojaat #bolalar_ombudsmani

📝 Bolalar ombudsmani nomiga har kuni bola manfaatlariga oid turli ariza va murojaatlar kelib tushmoqda. Lekin ayrim hollarda arizani rasmiylashtirishda qator kamchiliklar uchramoqda.

🎞 Ushbu videoda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi Qonunning 26-moddasida Bola huquqlari bo‘yicha vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qonuniy_chora

⚡️Toshkentning Uchtepa tumanida farzandini boshqa bolani urishga majburlagan ota to‘g‘risida xabar bergan edik.

📌 Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) hamda 188-1-moddasida (voyaga yetmagan shaxsni ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishga jalb qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan otaga Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudi tomonidan 10 sutka ma’muriy qamoq va BHMning 10 baravari — 3 million 400 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘smir qiz o‘z otasi tomonidan turli shakldagi zo‘ravonlikka uchraganligi haqida gapirayotganligi aks etgan video kelib tushdi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

📌 Qizning murojaatiga ko'ra, 2008-yilda tug‘ilgan M.Sh. (qiz bola) va 2010-yilda tug‘ilgan N.Sh. (qiz bola) larning onasi 2018-yilda vafot etgan.
Qiz оnasining o‘limidan so‘ng, otasi N.R. unga nisbatan turli uyatsiz-buzuq harakatlar, shilqimliklar qilib, bir necha yil davomida muttasil kaltaklab ham kelganligi, turli haqoratlar bilan uning sha’ni-qadr qimmatini poymol qilganligini bildirgan.

M.Sh. va N.Sh. bir necha marotaba uydan chiqib ketganligi sababli buvisi N.L. nevaralari bedarak yoqolgani haqida bergan arizasiga ko'ra hamda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. larning otasi N.R. ning harakatlariga huquqiy baho berish uchun mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

🖇 Hozirda voyaga yetmagan M.Sh. va N.Sh. lar ijtimoiy-huquqiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lganligi sababli, Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan va ularga zaruriy ko’mak ko’rsatilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #Bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabulida bola manfaatlariga oid turli murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan,

☑️ muayyan sabablarga ko‘ra O‘zbekiston fuqaroligi to‘xtatib turilgan 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid;

☑️ Yangihayot tumanidagi to‘liq ekspluatatsiyaga topshirilmagan bolalar maydonchasining bolalar salomatligiga xavfi yuzasidan;

☑️ bola o‘z buvisi tomonidan mutassil ravishda majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi masalasiga oid;

☑️ bolalar ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashashi masalasiga oid;

☑️ jinsiy jinoyat sodir etganligi tufayli shaxsni otalik huquqidan mahrum qilish masalasidagi murojaat yuzasidan;

☑️ og‘ir kasallikdan vafot etgan onaning farzandi tug‘ilganidan beri bobo-buvilari parvarishida bo‘lganligi tufayli ularning bolaning vasiylari sifatida belgilanishi yuzasidan;

☑️ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi buzilishiga oid masalalar va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Shuningdek, voyaga yetmagan qiz onasi, buvisi va uchinchi shaxs tomonidan yillar davomida sodir etilgan turli shakldagi zo‘ravonlik yuzasidan Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘radi.

🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#murojaat #qonuniy_chora

📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "Ishonch telefoni" orqali Namangan viloyatida yashovchi M.T. dan murojaat kelib tushdi.

🖇 Ma’lum bo‘lishicha, M.T. ning 2019-yilda tug'ilgan farzandi M.X. (o‘g‘il bola) Pop tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi, joriy yilning 21-fevral kuni ushbu ta’lim tashkilotida pedagog xodimlar guruhdagi bolalarni qarovsiz qoldirgan bo'lib, bu holatdan xabar topgan M.X. ning otasi Y.M. pedagog xodimlarga e’tiroz bildirgan. Shundan so‘ng, tarbiyachilar bolaga ruhiy bosim o‘tkazib, uni haqorat qilganligi uchun yuqoridagi xodimlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, farzandining huquqlari himoya qilinishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi ushbu holatni atroflicha o‘rgandi

O‘rganish natijasida Pop tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tarbiyachi va uning yordamchilari o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lganliklari sababli tashkilot direktorining buyrug‘iga ko‘ra ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#daydjest

🎥 Bolalar ombudsmanining mart oyidagi faoliyatidan qisqacha videolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Zo‘ravonlikning keng tarqalgan va murakkab ko‘rinishi – bu bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdir. Bunday zo‘ravonlik har joyda: maktabda, oilada, tengdoshlar orasida sodir bo‘lishi mumkin.

🖇 Mazkur suratlarda zo‘ravonlik nima ekanligi, undan jabrlangan bola qanday huquqlarga ega ekanligi keltirilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM