Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi V.D. (bolaning buvisi) dan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda V.D. ning 2022-yilda tug‘ilgan nevarasi Z.N. hozirda Rossiya Federatsiyasi Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotganligi, bunga sabab, bolaning onasi Z.A. bolani enagaga qoldirganligi va uni olib ketmaganligi uchun enaga politsiya chaqirgan bo‘lib, politsiya esa bolani vasiylik organiga topshirganligini bildirgan. V.D. vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topib, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Tashqi ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur murakkab holat kompleks o‘rganilmoqda.
TIVning o‘rganishiga ko‘ra, voyaga yetmagan N.Z. hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo‘lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma’lum qilingan.
Hozirda bolaning onasi Z.A. qizi N.Z. bilan oilaviy munosabatlarni (ona va farzand) rasmiy tasdiqlash uchun RFda tegishli tartibda sudga ariza bergan.
O‘z o‘rnida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D. ning nabirasi Z.N. ni uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiya Federatsiyasining vasiylik va homiylik organlariga yuborildi.
Hozirda Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan voyaga yetmagan Z.N. ni Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X

#zoravonlik #bolalar_ombudsmani
⚡️ ⚡️ Ijtimoiy tarmoqda moshinaning orqa o‘rindig‘ida oyog‘iga zanjir solingan bola tasvirlangan video tarqaldi.
Bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda❕
🖇 Dastlabki ma’lumotarga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat xarbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qiydi. Sh.Sh. ning vasiylari J.S. va E.M. lar mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh. ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi”ga olib borishni so‘ragan. 2024-yil 16-mart kuni o‘qituvchining moshinasiga bolaning vasiysi J.S. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan moshinaning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda bolani oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘yganligi aniqlangan.
‼️ Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, 17-mart kuni Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda voyaga yetmagan Sh.Sh. ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi choralari ko‘rilmoqda.
🔽 Bola qanday xulqda bo‘lishidan qat’iy nazar unga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy, noqonuniy chora ko‘rilishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday chora bolaning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqiga ziddir.
Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Xabar to’ldirildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda❕
🖇 Dastlabki ma’lumotarga ko‘ra, 2011-yilda tug‘ilgan Sh.Sh. Paxtachi tumani “Qalqon-jasorat xarbiy sport maktabi”ning 6-sinfida o‘qiydi. Sh.Sh. ning vasiylari J.S. va E.M. lar mazkur maktab o‘qituvchisi X.Sh. ni chaqirib, xulqi og‘irligi tufayli bolani Samarqand viloyati “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish Markazi”ga olib borishni so‘ragan. 2024-yil 16-mart kuni o‘qituvchining moshinasiga bolaning vasiysi J.S. go‘yoki avtomashinadan tushib qochib ketmasin degan vaj bilan moshinaning orqa o‘rindig‘ida g‘ayriqonuniy tarzda bolani oyoqlarini temir zanjir bilan bog‘lab qo‘yganligi aniqlangan.
Hozirda voyaga yetmagan Sh.Sh. ga tibbiy, psixologik va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilishi choralari ko‘rilmoqda.
Bolalar ombudsmani bolaga nisbatan bunday tarzdagi zo‘ravonlik holati yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Xabar to’ldirildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_daydjesti #bolalar_ombudsmani #murojaatlar
✔️ O'tgan hafta davomida Bolalar ombudsmani tomonidan asosiy qilingan ishlar borasida qisqacha daydjestda tanishing.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #bolalar_ombudsmani
📌 Bolalar ombudsmani Kotibiyatiga "ishonch telefoni" orqali Toshkent shahrida yashovchi D.X. dan murojaat kelib tushdi.
📝 Murojaatda D.X. 2016-yilda tug‘ilgan nabirasi F.S. Shayxontohur tumani 167-sonli maktabda 1-sinfda ta’lim olishini, mazkur sinf rahbari, o‘qituvchi M.O. qizchani koyigani va unga jismoniy chora qo‘llab, pedagog axloq-odob qoidalariga zid xatti-harakatlar sodir etganligini bildirib, M.O. ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni har tomonlama o‘rgandi❕
Shayxontohur tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rganishiga ko‘ra, holat o‘z tasdig‘ini topib, sinf rahbari M.O. bolaga nisbatan hech bir tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslik borasida ogohlantirildi va unga tegishli intizomiy chora qo‘llanildi☑️.
Murojaatchi D.X. iltimosiga ko‘ra, nevarasi F.S. o‘qiyotgan 1 “A” sinfidan boshqa sinfga o‘tkazildi.

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Мурувват" уйига ташриф чоғида Президент Шавкат Мирзиёев болалар билан самимий мулоқот қилди
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#ruhiy_zoravonlik #jismoniy_zoravonlik #firibgarlik
📌 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolashga uringani aks etgan video bo'yicha Bolalar ombudsmani o'rganish olib borgani haqida xabar bergan edik.
🖇 Bolalar ombudsmanining D.J. ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J. ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J. ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
‼️ Yunusobod tumani IIO TB olib borgan tergovga qadar tekshiruv materiallari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazorat doirasida o‘rganilib, ekspertlar ishchi guruhi xulosasi va aniqlangan boshqa holatlar asosida, D.J. ning harakatlarida aldash va odamlarni ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini va uning mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyat alomatlari mavjudligi aniqlangan va joriy yilning 27-fevral kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda❕
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
#ruhiy_zoravonlik #jismoniy_zoravonlik #firibgarlik
🖇 Bolalar ombudsmanining D.J. ning ish uslubiga ilmiy va kasbiy baho berish uchun kiritgan so‘rovi asosida malakali defektolog va logopedlardan iborat ishchi guruh o‘tkazgan o‘rganish natijasida, pedagog D.J. ning ish usuli mutlaqo ilmiy asoslanmagan, murakkab duduqlanish muammosiga tor va ibtidoiy yondashuvda ekanligi, D.J. ning duduqlanishni bartaraf etishda qo‘llayotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik usullari bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasiga jiddiy zarar keltirishi hamda pedagogika qoidalariga butunlay zidligi to‘g‘risida xulosa berilgan.
Hozirda Yunusobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda❕
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur ish bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
⚡️⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video tarqaldi.
❕Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor…

#qabul #murojaatlar #bolalar_ombudsmani
📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
📌 Qabul davomida:
✔️ sport bo‘yicha milliy terma jamoada ishtirok etayotgan qizni xalqaro musobaqada ishtirok etishi uchun xorijga chiqishga to‘sqinlik qilayotgan otaning bola manfaatiga zid hatti-harakatiga oid;
✔️ voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jinoyati bo‘yicha ishning sudda ko‘rilishida bolalar ombudsmani kuzatuvini so‘rayotgan ota-ona iltimosiga oid;
✔️ xonadon eshigini oldida topib olingan bola (qiz)ni hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;
✔️ xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga iste’mol uchun berilayotgan taomlar sifati talablarga javob bermasligi yuzasidan;
✔️ bolaga nisbatan turli shakldagi zo‘ravonlik ko‘rsatayotganligi tufayli ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasiga oid;
✔️ voyaga yetmagan qizning qonuniy vakillari bo‘la turib, bolani uchinchi shaxs qo‘lida ekanligi va u tomonidan zo‘ravonlikka uchrayotganligi yuzasidan va boshqa turdagi murojaatlar ko‘rib chiqildi va huquqiy ko‘mak choralari ko‘rildi.
Shuningdek, o‘tgan qabul davomida oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan murojaat qilgan voyaga yetmagan qizning onasi bilan suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.
🖇 Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganmoqda.

#bayram_muborak
Bolalar ombudsmani jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va ezgulik ramzi - Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaydi.
Yangi kun atalmish Navro‘z shukuhi, quvonch va shodlik hech birimizni tark etmasin.
Ushbu qadimiy va go‘zal bayramimiz arafasida barchaga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat tilab qolamiz!

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda
🖇 Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. lar o‘zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo’lmagan.
⚪️ Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o‘rganilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Aniq.uz | Расмий канал
Тошкентда "Ота ўз фарзандини бошқа бола билан уриштириб, у болани калтаклади"
Ушбу ҳолат 21-март куни Учтепа тумани "G9 A 21" уйда содир бўлгани айтилмоқда.
💻- https://aniq.uz/y/219213/t
📱- https://m.aniq.uz/y/219213/t
Кўпроқ 👉 @aniquz

#bola_manfaati #sud_amaliyoti #qonuniy_chora
📌 Joriy yilning 12-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida bolaga (2013-yilda tug‘ilgan qizga) nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyat (JKning 129 moddasi, 2 qismi, "v" bandi) yuzasidan yopiq tarzdagi sud protsessi bo‘lib o‘tdi.
Bola manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan Bolalar ombudsmani o'z vakolatlari doirasida mazkur ish hujjatlari bilan tanishib chiqdi.
🖇 Sud ushbu jinoyatni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchini aybli deb topdi hamda unga amaldagi Jinoyat qonuni doirasidagi jazo chorasi – 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
E’tiborlisi, bunday toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm qonuniy kuchga kirganidan so‘ng mahkumga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va u jazoni to‘liq o‘taydi.
Aytish kerakki, bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida alohida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanib borayotganligi nihoyatda muhimdir. Bunday yondashuv yanada barqaror davom etishi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti shakllanishi zarur❕

"Butun xalq farovonligi bolalarning to‘g‘ri tarbiyasiga bog‘liq".
Jon Lokk - ingliz faylasufi
Telegram|Facebook|Instagram|X
Jon Lokk - ingliz faylasufi
Telegram|Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ariza #murojaat #bolalar_ombudsmani
📝 Bolalar ombudsmani nomiga har kuni bola manfaatlariga oid turli ariza va murojaatlar kelib tushmoqda. Lekin ayrim hollarda arizani rasmiylashtirishda qator kamchiliklar uchramoqda.
🎞 Ushbu videoda "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi Qonunning 26-moddasida Bola huquqlari bo‘yicha vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan.