Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.06K subscribers
1.66K photos
91 videos
1 file
599 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 [email protected]

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
加入频道
#qabul #murojaatlar #bolalar_ombudsmani

📣 Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

◽️voyaga yetmagan qizga va uning ukalariga otasi tomonidan o‘tkazilayotgan oilaviy zo‘ravonlik holati yuzasidan;

◼️nogironligi bo‘lgan onaga bolasi uchun nafaqaning muntazam to‘lanmayotganligi yuzasidan;

◽️bugungi kunda yashash joyi bo‘yicha bolani maktabga joylashtirishga oid to‘sqinliklar yuzasidan;

◼️bolalarning ajrim jarayonida bo‘lgan ota-onalardan qay biri bilan yashash (shu jumladan, O'zbekistondagi onaning xorijda otasi bilan bo'lgan farzandini unga qaytarilishi) masalasiga oid;

- ajrim jarayonidagi onaning farzandlariga jismoniy zarar qilishi va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmasligiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #bola_huquqlari #huquqiy_savodxonlik

🖇 Mamlakatimizda bolalarning huquqiy bilimlarini hamda huquqiy ong darajasini oshirish, muhimi esa, ularda qonunga hurmat, huquq buzilishi holatlariga nisbatan murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan manzilli ishlar olib borilmoqda.

📌 Mazkur ishlarni samarasi va ta’sirchanligini oshirish maqsadida bugun Bolalar ombudsmani va Jamoat xavfsizligi universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va anglashuv Memorandumi imzolandi🤝.

📄Memorandumda:

✔️ Bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilish va uning qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek bu borada o‘zaro monitoringlar o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

✔️ Bolalar ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan hamda o‘quvchilar o‘rtasida nazoratsizlikni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda choralar ko‘rish;

✔️ Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asl sabablaridan kelib chiqqan holda uning barvaqt oldini olish bo‘yicha fundamental ilmiy amaliy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Bunday hamkorlik bolalar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasida o‘zining samarasi va ijobiy natijasini berishiga ishonamiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌Bolalar ombudsmani kotibiyatiga Toshkent shahrida yashovchi D.I. dan murojaat kelib tushdi.

📃D.I. o‘z murojaatida o‘zining 2009-yilda tug‘ilgan qizi S.S. bilan 10 kunlik muddatga xorijga chiqish niyatida ekanligi, biroq sobiq turmush o‘rtogi A.S. bolani xorijga chiqishiga ruxsat bermayotganligini aytgan. Shuningdek, mazkur masalani kelishgan holda hal etish imkoni bo‘lmaganligini bildirib, S.S. bilan bilan 10 kunlik muddatga xorijga chiqishda amaliy yordam berishilishini so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Toshkent shahar IIB tomonidan mazkur holat o‘rganildi

Natijada D.I. ning sobiq turmush o‘rtog‘i A.S. tomonidan farzandi S.S. ning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi taqdim qilingan bo‘lib, shu asosda unga joriy yilning 15-fevral kuni Yakkasaroy tumani IIO FMB tomonidan xorijga chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirildi✔️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati

📌 Bolalar ombudsmaniga 2008-yilda tug‘ilgan N.X. (qiz bola) dan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda N.X. uning onasi S.X. sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli N.X. ta’lim olayotgan Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabdan Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 35-sonli maktabga ko‘chirish yuzasidan joriy yilning 14-fevral kuni tegishli organlarga murojaat qilganligini va murojaati qanoatlantirilganligini bildirgan.
So‘ng onasi S.X. ning sog‘lig‘i yaxshilanganligi tufayli N.X. ning o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabiga qayta ko‘chirish yuzasidan bergan murojaati mazkur maktabda joy yo‘qligi sababli bekor qilinganligi, mazkur holat yuzasidan bir nechta davlat tashkilotlariga murojaat qilganligi, biroq arizasi oqibatsiz qoldirilganligi aytilgan.

Shuningdek, mazkur yilning 17-fevral kunidan beri maktabga bora olmayotganligini va maktabda o‘qishni juda xohlashini bildirib, o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabda davom ettirish yuzasidan amaliy yordam berilishini so‘ragan.

‼️Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holatni har tomonlama xolisona o‘rgandi.

Jumladan, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Mirobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari o‘rganishi natijasida N.X. o‘qishini Mirobod tumanidagi 147-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida davom ettirishi bo‘yicha xulosa qilindi hamda N.X. Mirobod tumanidagi 147-sonli maktabning 9-A sinfiga qabul qilindi va hozirda N.X. mazkur maktabda o‘qishini davom ettirmoqda ☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #maktab #bolalar_ombudsmani

📍 Bolalar ombudsmani qabuliga fuqaro J.E. kelib, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza bilan murojaat qildi.

📝 Murojaatda ota-onalar mazkur maktabning matematika o‘qituvchisi Y.P. dars jarayonida
bolalarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilishi, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotganini bildirib, o‘qituvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 103-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani o‘qituvchisi Y.P. bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini ko‘tarmasligi, o‘quvchilarning shaxsiyatiga tegmasligi, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi❗️

🖇️ Shuningdek, Y.P. ga maktab direktori tomonidan intizomiy chora qo‘llanilib, ushbu sinf o‘quvchilariga matematika fanidan boshqa o‘qituvchi biriktirildi.

Murojaat qilgan ota-onalar bilan ham holat yuzasidan muloqot qilinib, ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ta’lim muassasalari sharoitlarini imkoniyati cheklangan bolalarning manfaatlarini hisobga olgan holda yaxshilash, ular uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdan teng foydalanish imkoniyatini, barcha uchun xavfsiz va samarali o‘qitish muhitini ta’minlash” borasida o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa tashkilotlarning axborotini eshitdik.

📃 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan ilk bor nogironlik ijtimoiy himoya yoki tibbiyot muammosi emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari muammosi sifatida ta’riflandi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquq kafolatlari, ayniqsa, bolalarning ta’lim olishi, salomatligini saqlanishi, o‘zi va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‘lishining huquqiy kafolatlarini belgilovchi asosiy xalqaro-huquqiy hujjat - BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi O‘zbekistonda 2021-yil 28-iyuldan kuchga kirgan✔️.

Muayyan xususiyatga ega bolajonlarimizni alohida muhitda, izolyasiyada parvarish etish emas, balki aksincha, umumiy ta’lim muhitida bunday bolalar uchun zarur bo‘lgan barcha maxsus shart-sharoitni yaratishimiz lozim. Bu yo‘nalishda oldimizda kompleks hal etilishi zarur bo‘lgan ko‘plab ishlar turibdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM